Quyidagi gaplardan ilmiy atamalarni topib, qaysi fanga tegishli ekanligini ko‘rsating


Download 13.4 Kb.
Sana11.10.2020
Hajmi13.4 Kb.
#133339
Bog'liq
Topshiriqlar


1-topshiriq. Quyidagi gaplardan ilmiy atamalarni topib, qaysi fanga tegishli ekanligini ko‘rsating.

1.Tekislikdagi tuproqning tarkibi, undagi nam miqdori, turli yil fasllardagi issiqlik va yorug‘lik miqdoriga qarab tog‘ oldi va tog‘larda turli-tuman o‘simliklar o‘sadi. 2.Pragmatika tilshunoslik fanining yangi sohalaridan bo‘lib, u bir qancha masalalarni o‘z ichiga oladi. Lingvistik pragmatikaning umumnazariy masalalari quyidagilardan iborat: til birliklarining nutq vaziyati, kontekst bilan bog‘liq jihatlari, kishilar o‘rtasidagi munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi, ifodaning sub'yektiv modal aspektiga aloqador kirish, baho bildiruvchi so‘z va vositalar, insonning ichki ruhiyatini ifoda etuvchi diskurs hamda presuppozitsiya hodisasini o‘rganish. 3.Integratsiyalashuvning navbatdagi darajasi ajratilgan mazmunli yo‘nalishlarni hisobga olgan holda tayanch tushunchalar tizimi aniqlanishini nazarda tutadi.


2-topshiriq. So‘z va terminlar qaysi sohaga tegishli ekanligini aniqlab, alohida ustunlarga ko‘chiring.

1.Argument, afilliya (bargsizlanish), oqsil, g‘uncha, miqdor, kattalik, noto‘g‘ri kasr, toq son, nomerlash, proyeksiya, astronavtika, teleskop minorasi, oy tutilishi, fonetika, fonema, akustika, meteor, nurlanish, gultoj, novda, vilt, cheksiz yechim, ehtimoliy xato, sig‘im, grafik usul, punktuatsiya, semasiologiya, o‘zak, kabisa yili, komgonik, gipoteza.



2. Katta ayiq, vaqt, absolyut vaqt, negiz, so‘z yasovchi, affiks, bo‘luvchi, yopiq chiziq, tenglik ishorasi, logarifm, urg‘u, milliy til, bo‘g‘in, tovush, leksikografiya, kometa, meteor, oy o‘rog‘i, assimilyatsiya, moslik, elliptik nuqta, dukkak, yon ildizlar, vegetativ hujayra, Omega tumanligi, bachki, kurtak, gerbariy, Yulduzsimon yadro, turkiy tillar, ko‘chirma gap, kallak, g‘allasimonlar, nektar, moslashuv, harakat nomi.
Download 13.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling