Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang


Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang


Download 18.96 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi18.96 Kb.
#1289214
1   2   3
Bog'liq
topshiriq

Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

172-modda.M ulkni qo’riqlashga vijdonsiz munosabatda bo’lish.
Shaxsning, mulkni qo’riqlash yuzasidan o’z vazifalarini vijdonsiz bajarishi, natijasida mol-mulk, talon-taroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko’p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo’lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari bo’lmasa,- eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

Bojxona nazoratini chetlab, yoki, bojxona nazoratidan yashirib, yoxud, bojxona hujjatlari va vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda, yoki, deklarasiyasiz, yoxud boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o’tkazish:

  1. Juda ko’p miqdorda;

  2. Xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo’lsa;

Eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

O’g’rilik , ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

  1. Jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo’l yukidagi ashyoga nisbatan(kissaburlik);

  2. Ancha miqdorda;

  3. Bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa;

Eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.




  1. Download 18.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling