Quyidagi savollarga javob bering
Download 235.28 Kb.
|
Jaloliddinov Fazliddin 204-G seminar 1
Aqliy hujum savollari
1.Ekologiyaning predmeti nima? 2.Ekologiya qaysi fanlar bilan ko'proq boģliq? 3.Ekologiya fani nimani o'rganadi, u qachon vijudga kelgan? 4.Ekologiyaning vazifalari nimalardan iborat? Aqliy hujum savollariga javoblar. 1.Ekologiya fani, uning predmeti Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya» so`zi tez-tez uchraydi. Buning sababi atrof-muhit holatining o`zimiz ya'ni insonlar tomonidan noqulay holatga keltirilganligida. Shuning uchun ham bu atama ko`pincha «Jamiyat», «Inson», «Atrof-muhit», «Salomatlik» kabi so`zlar orasida tez-tez qo`llaniladi. Zeroki «Tabiat» va «Jamiyat» o`zaro dialektik birlikda bo`lib, ular doimo bir-biriga ta'sir o`tkazib keladi. Bizni o`rab turgan barcha tabiiy ne'matlar – qumligu-mo`zliklar, o`rmonu-dashtlar, tog`u-toshlar, havoyu-suvlar, xullas, barchasi o`zaro o`zviy bog`lik bo`lib, bir-birini muvozanatda saqlaydi. Tabiatning biror bir yerida, biror-bir jabhasida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tabiiy muvozanatga ta'sir etmay qolmaydi. Bunday muvozanatni saqlab turish hayotning ekologik qonun-qoidalarini o`rganishni talab qiladi. Sirasini aytganda ekologik tushunchaning ildizi tarixan chuqur ketgan bo`lib, antik davrga borib taqaladi. Hayvon va o`simliklarining Yer yuzida tarqalishi va ular hayotining tashqi muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi ekologik ma'lumotlar eramizdan avval yashab o`tgan grek faylasuflari Gerakmit, Aristotel va Teofrastlar tomonidan to`plangan. Ammo «ekologiya» atamasi fanga kechroq kirib keldi. Uni birinchi marta nemis olimi E. Gekkel 1866 yilda o`zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida qo`llab, u ekologiyani tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o`rtasidagi munosabatlarni o`rganuvchi fan deb qabul qildi. Ekologiya so`zi grekcha bo`lib, «oykos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so`zlarni keng ma'noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o`tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S. Shvarts: men ekologiya fani to`g`risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ozmi-ko`pmi to`g`ri bo`lib chiqadi, degan edi. Darhaqiqat bu tushunchani kengaytirishda, ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida ko`pgina olimlar hissa qo`shdilar. Ingliz olimlaridan CH. Elton populyatsion ekologiya nazariyasini yaratgan bo`lsa, rus olimi V.N. Sukachev biogeotsenozlar tushunchasini asosladi. Shuningdek rus olimlaridan K.F. Rulye zoobiologiya faniga, A.N. Beketov esa fitogeografiya faniga asos soldi. Ekologiya fani tarixida ayniqsa CH. Darvinning evolyutsion ta'limoti hamda akademik V. I. Vernadskiyning biosfera to`g`risidagi ta'limoti tub burilish yasadi. Shunday qilib, ekologiya fani to`g`risidagi tasavvurlar tobora kengayib bordi. Xulosa qilib aytganda ekologiya biologiya fanlarining rivojlanishidan kelib chiqqan yangi tarmoq bo`lib, u biologik makrotizimlar ya'ni populyatsiyalar va biotsenozlar darajasidagi organizmlarning bir-birilari bilan va atrof muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi fandir. Uning predmeti–bunday bog`lanishlarning zamon va makonga qarab o`zgarib borishni o`rganish ya'ni atrof muhitdagi tabiiy muvozanatni monitoring qilishdan iboratdir.
matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish; fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish; iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish; kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish; huquqshunoslik bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash; konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo`llarini o`rganish. Shunday qilib, ekologiya fanining qamrovi keng hisoblanadi. Ayniqsa o`tgan asrning ikkinchi yarmida u ko`pchilik fanlar ichiga kirib bordi. Buning sababi ekologik bilimlar ahamiyatining kattaligidir. Bu bilimlar nafaqat inson faoliyatining tabiatga zarar yetkazishi, balki bu bilan insonning o`z yashash sharoitlarini o`zgartirib yuborib, hatto uning hayoti uchun xavf tug`dirishi mumkinligini ham o`rgatadi. Tabiat biz tasavvur etgandan ko`ra ancha murakkabdir. Shunga ko`ra ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko`pincha oldinda bilib bo`lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi». Kelib chiqadigan oqibatlar zararli bo`lmasligi uchun u o`z faoliyatini ekologik tahlil qila olishi zarur. Buning uchun esa turli fanlar bilimidan foydalanishi zarur bo`ladi. Shunday qilib, ekologiyani tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asosi deyish mumkin. 3.Ekologiya, populyatsiya, autekologiya, biosfera, landshaft, ijtimoiy ekologiya, koinot ekologiyasi, urbanizasiya, taqqoslash, tajriba, modellashtirish, tasvirlash. Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo'limga bo’lib o'rganiladi. 1. Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi. 2.Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi. 3.Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi. 4.Ekologiya fanining vazifalari uning ma'nosi singari keng bo`lib, Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o`rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta'sirini o`rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish-bu atrof muhitga antropogen ta'sirning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lib meyorini belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S. Shvarts ishlab chiqib, qo`llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning yo`lga qo`yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi. Ma'lumki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan atrof muhitga antropogen omillarining ta'siri kuchayib ketdi. Ayniqsa keyingi yillarda bunday ta'sir biosfera chegarasidan chiqib, koinotgacha yetib bordi va muhitning ekologik tozaligini saqlash dunyo miqyosidagi global masalaga aylandi. Shunga ko`ra ekologiya fani vazifalarining doirasi ham yanada kengaydi. Buni ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog`likligida ham ko`rsa bo`ladi. Download 235.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling