Quyidagi savollarga javob bering


Download 235.28 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi235.28 Kb.
#1442366
  1   2   3   4
Bog'liq
Jaloliddinov Fazliddin 204-G seminar 1


204-guruh Jaloliddinov Fazliddin
Quyidagi savollarga javob bering.
1.Ekologiya atrof-muhitni muhofa qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish tòģrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
2.Ekologiya va tabiatning o'zaro uyģunligi
3.Ekologiya va atrof-muhitni muhofa qilosh fanining insonlar hayotidagi roli
4.Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi
5.Qadimgi ekologik tushunchalar bugungi ekologik tuahunchalardam farqi
6.Yangi zamonaviy ekologiya deganda nimani tushunasiz?
Savollarga javoblar
1.EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;
er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish;
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tashkil etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi va rais o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlar sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslarni o‘rnatilgan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga egadir.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining apparatlarida Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va shaharlarda hamda respublika tumanlarida tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchastkalari negizida ularning filiallari tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin, uning hududiy inspeksiyalari tuzilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida tabiatni muhofaza qilish respublika va hududiy jamg‘armalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasini tashkil etish, uning mablag‘larini, birinchi navbatda, atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targ‘ibot va ta’lim ishlarini tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan aloqador boshqa maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari loyihasini kiritsin, Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tuzilishini nazarda tutsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80 va 93-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorlarini oshirishni nazarda tutib, fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
2.Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.

Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoqyaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.

Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.Jamiyat tabiatning rivojlanishi natijasida uning ta'sirini doimiy ravishda boshdan kechirdi. Dastlabki bosqichlarda uning tabiatga bog'liqligi to'liq edi: insoniyat tabiatning vayronkor kuchlariga (toshqinlar, muzliklar, vulqon portlashlari, zilzilalar) qarshi tura olmadi.

Ularning o'zaro ta'sirining ikkinchi bosqichi jamiyat manfaati uchun foydalanish uchun tabiat qonunlarini intensiv o'rganish bilan tavsiflandi.

Uchinchisi - zamonaviy, tabiiy resurslardan salbiy foydalanish natijalarini (intensiv o'rmonlarning kesilishi, okeanning ifloslanishi, gazning ifloslanishi, botqoqlanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish).

Shunday qilib, ularning o'zaro ta'siri tabiatan tabiiy-tarixiydir: jamiyatning o'zgarishi bilan ularning o'zaro munosabati o'zgargan. Taraqqiyot natijasida tabiatdan bir oz ajratilgan insoniyat, shunga qaramasdan, unga qaram bo'lib kelmoqda. Har bir insonning hayoti uchun tabiiy (biologik) va ijtimoiy omillarning doimiy o'zaro ta'siri.


3.Insonning atrof-muhit bilan o'zaro aloqasi har doim dolzarb va shu bilan birga zamonaviy mavzu hisoblanadi. Inson tabiatning elementi sifatida "tabiat - jamiyat" murakkab tizimining bir qismidir. Tabiat tufayli insoniyat ko'plab ehtiyojlarini qondiradi.

Tabiat - mavjud bo'lishning tabiiy shartlari to'plami inson jamiyati, insoniyat bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladigan, u iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq.


Tabiatning barcha elementlari atrof-muhitni anglatadi. "Atrof-muhit" tushunchasi inson tomonidan yaratilgan ob'ektlarni (binolar, avtomobillar va boshqalar) o'z ichiga olmaydi, chunki ular umuman odamlarni emas, balki atrofni o'rab oladi.


So'nggi yillarda tobora xavfli hududlar vujudga kelganligi, inson faoliyati natijasida atrof-muhitning noqulay sharoitlariga ega bo'lgan alohida zonalar, insonning atrof-muhit bilan munosabatlari tizimida aholi salomatligini baholash tobora dolzarb bo'lib bormoqda.Inson butun umri davomida atrof-muhitdan ijtimoiygacha bo'lgan butun atrof-muhit omillarining doimiy ta'siri ostida. Inson sog'lig'ining holati ko'plab omillarga bog'liq, ular orasida tabiiy sharoitlar, iqtisodiy faoliyat turi, turmush tarzi, madaniyat darajasi va sanitariya-gigiena ko'nikmalari, tibbiy yordam, kasalliklarning tabiiy shart-sharoitlari, texnogen kelib chiqadigan zararli moddalar mavjudligi.


Hozirgi vaqtda Rossiya ko'plab ekologik muammolar bilan ajralib turadi. Ularning aksariyati Sovet Ittifoqidan Rossiya tomonidan meros bo'lib o'tgan, bu erda boshqaruv ko'pincha atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelgan. O'sha paytda, hokimiyat ko'pincha ekologik muammolarga ahamiyatsiz va keraksiz deb qaragan.


Rossiyada aholining turli xil ekologik sabab bo'lgan kasalliklarning rivojlanishi, mamlakatdagi demografik vaziyat bilan bevosita bog'liq bo'lgan ko'plab dolzarb muammo hisoblanadi.Ichida yaqinda tobora ommaviy axborot vositalarida asosiy mavzulardan biri inson va atrof-muhitning o'zaro ta'siri. Mutaxassislar inson salomatligiga zararli ta'sirlardan voz kechishni va sog'lom turmush tarzini olib borishni, amaliy maslahatlar berishni va aholiga bularning barchasi bizga qanday ta'sir qilayotganini va undan qanday qochishimiz mumkinligini tushuntirishni taklif qilmoqdalar.


Ushbu ishning maqsadi atrof-muhit va inson salomatligi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni to'liq ochib berishdir.

Ushbu ishning maqsadlari:

Atrof muhitning ifloslanishi turlari va ularning oqibatlarini tahlil qilish;

Atrof muhitni muhofaza qilish hayot xavfsizligi va inson salomatligi uchun muhimligini ko'rsating;

Atrof-muhit va aholi salomatligini saqlash muammolarini hal qilish usullarini taklif eting.

4.Ekologiya fanining rivojlanish tarixi. Markaziy Osiyoda ekologiya faniga hissa qo’shgan
tabiatshunoslar. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan malum. Antik davrda
yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning
migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi malumotlar
keltiriladi.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo’lib, ularning
ishlarida biz ekologik yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel
(eramizdan 384 - 322 yil avval), qadimgi yunon faylasufi Teofrast (371-280 yil) hayvon va o’simliklarni
yashash sharoitiga bog’liq holda ko’rib chiqishgan, Aristotel 500 tur hayvonlarni o’rganib, ularning xulq-
atvori, ko’chib yurishi haqida, Teofrast – o’simliklarning shakli va o’sishi - iqlim, tuproq sharoitiga
bog’liqligini aniqlagan.
Frantsuz M.Byuffon (1707-1788)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning tasiri
masalasi ko’tarilgan.
J.B.Lamark (1744-1829) dastlabki evolyutsion talimotning muallifidir. U o’simlik hamda
hayvonlarning evolyutsion o’zgarishlarida eng muhim omil deb tashqi muhit tasirini xisoblagan.
A.Gumboldtiing ishlari o’simliklar geografiyasida yangi ekologik yunalishlarni aniqlab berdi. U fanga
landshaft «fizionomiyasi» o’simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi.
O’xshash zona va vertikal poyaslarda har xil taksonomik guruhlarda o’xshash «fizionomik» shakllar ishlab
chiqiladi; Bu shakllarning tarqalishi va nisbatiga qarab joyning fizik - geografik xususiyatlari haqida fikr
yuritish mumkin.
Biogeotsenoz
1. Tabiiy xodisa hisoblanadi.
2. Malum tabiiy chegaraga ega bo’lgan
fazoviy birlik
3. Uning tarkibiga odam kirmaydi.
5.Buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy merosida tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash borasida ko‘plab ibratli fikrlar bayon etilgan. Bugungi kunda bu noyob merosdan nafaqat xalqimiz, balki jahon ahli bahramand bo‘lmoqda.

Misol uchun, Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” asarida mingdan ziyod dorivor, yetti yuz ellik turdagi o‘simlik hamda yuzdan ortiq hayvonga batafsil ta’rif berilgan. Alloma arab, yunon, hind, fors, so‘g‘d va boshqa tillarda ataladigan to‘rt yarim mingta o‘simlik nomi, hayvon, mineral va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Ilmiy tadqiqotlari, tajribalariga tayangan holda, tabiatdagi barcha hodisalar muayyan qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta’siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Uning bu so‘zlari ayni kunlarda ham mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Tabiat ne’matlarini qadrlash va har tomonlama o‘rganish milliy ma’naviyatimizga chuqur singgan, xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Davra suhbatida ekologik hodisalar, mutafakkirlar asarlarida o‘z ifodasini topgan sohaga oid tushunchalar xususida so‘z yuritildi.

– Yoshlarning ekologiyaga oid bilimini boyitish, ularda tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi Asror Muzaffarov. – Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar navqiron avlodning o‘z yurti, zamini va boshqa voqea-hodisalarga nisbatan daxldorligini oshirishga xizmat qilayotir.

Tadbirda ekologik islohotlar, atrof-muhitni asrashga oid izlanishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar xususida fikrlashildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.
6.Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo’lardi, chunki “ekologiya” terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o’zaro aloqasini o’rganadigan fan deb qaralar edi.

Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo’llanila boshladi va inson bilan atrof-muhit o’rtasida bo’ladigan xoh tabiiy, xoh o’zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda.

Ekologiya so’zi o’zining ilmiy biologik termin ahamiyati o’rnini, muhim sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta‘biri bilan aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin.Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o’zining uzoq tarixiga ega.

Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o’zaro aloqalarini, munosabatlarini o’rganadi.

Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy ob’ekti hisoblanadi.

Shuning uchun ham umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’linadi.Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada qondirishga qaratilgan holda antropogen biostenozlarni qayta ko’rib chiqish va ularni mahsuldorligini va barqarorligini oshirilishga qaratilishi zarur.

“Inson va biosfera ” deb nomlanuvchi xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda inson tomonidan atrof-muhitni o’rganishning aniq ilmiy o’ynalishlari belgilab berilgan:

----- Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish.

----- Insonni tabiiy tizimlarga va biosferaga ta’sirini bir butun holda o’rganish.

----- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

----- Inson faoliyati natijasida tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilish.

-----Biosferada kuzatilgan jarayonlarni boshqarish va insonning yashash muhitini saqlash.

---- Populyastiyalar sonini boshqarish.

---- Zararkunanda turlarga qarshi kurash uchun kimyoviy moddalarni qo’llashni minimum darajada foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

---- Sanoat majmualarini ko’rishda ekologik ekspertiza o’tkazish.

---- Buzilgan va izdan chiqqan tizimlarni qayta tiklash.{K/X oborotidan chiqqan erlarni rekul’tivastiyalash, yaylovlarni tiklash, suv xavzalari mahsuldorligini oshirish.}

---- Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tkazish.

----- Biosferaning ayrim uchastkalarini etolon sifatida saqlash.




Download 235.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling