Issiq darz ketish. Kristallar chegaralari buylab suyuq fazoning bo‘lishi quymada yoriqlarni yoki yo‘luqlikni («nadrv») paydo bo‘lishga olib keladi (kirishish natijasida) 4.9-rasm. Qotishmani issiq darz ketishga moyilligi uni tabiatig‘a va eritmani quyishdan oldingi holatig‘a bog‘lik. Eritmada qo‘shimchalar va metall emas qo‘shimchalarning mavjudligi kristallanish harorat intervalini kengaytiradi, qaysiki, issiq darz ketishi extimolini kattalashtiradi.
22.9- rasm. Quymadagi darzlar
Termik kuchlanish. Quyma devorlari bo‘yicha haroratni bir xil emas maksimallanishi natijasida paydo bo‘ladi. Quymani massali – katta – savlatli qismida cho‘zilish; nisbatan yupkasida qisiluvchi kuchlanish bo‘ladi.
Sovuq darzlar– quyma elastik deformatsiya doirasida bo‘lganda paydo bo‘ladi; harorat solidus chizig‘idan ancha pastda. Sovuq darzlar ko‘pincha murakkab formadagi yupqa devorli quymalarda uchraydi. Zararli qo‘shimchalar sovuq darz ketish xavfini oshiradi. Sovuq darz ketishini oldini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- barcha ko‘ndalang kesimda bir tekis sovishni ta’minlash.
- murakkab quymalar olishda yuqori plastikli qotishmalarni ishlatish.
Qiyshayish. Quyma kuchlanishlar ta’sirida forma va o‘lchamlarini o‘zgarishi. Quyma qancha uzun bo‘lsa, formasi murakkab, quyma devorlari yupqalashsa, qiyshayish ehtimoli ortadi. Qiyshayish noto‘g‘ri sovitish natijasida chaqiriladi. Bularni oldlini olish usullaridan biri – bikrlik qovurg‘alarini qo‘llash
22.3 Qolip va sterjen materiallari va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablar.
Hozirgi quymakorlik korxonalarida ishlab chiqariladigan quymalarning qariyb 80-85% gil bilan qumga boshqa maxsus moddalar aralashtirilgan materiallardan tayyorlanadi.
Qoliplarni asosiy qismini qum tashkil etadi. Ularni bir-biriga puxta bog‘lovchi moddalar sifatida gil, suyuq shisha, sulfat bardasi va boshqalar, qolip materiali qo‘yib, quymaga yopishmasligi uchun esa ma’lum miqdorda grafit, ko‘mir ko‘quni, kvars changi va boshqalar qo‘shiladi.
Qolip va sterjen materiallariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1. Plastiklik
2. Puxtalik
3. Gaz o‘tkazuvchanlik
4. O‘tga chidamlilik
5. Siquvchanlik
6. Chidamlilik
7. Arzonligi
Do'stlaringiz bilan baham: |