Quyosh nurlanishi oqim zichligi Yer yuzasida Quyosh nurlanishi oqim zichligi E quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu erda to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda atmosferada yutilish koeffitsienti, atmosferada QN o‘tish masofasi, h - atmosferaning balanligi, - atmosfera yutilishini tafsiflovchi shaffoflik koeffitsienti.
Quyosh nurlanishining oqim zichligi va spektral tarkibi mohiyatan atmosferada QN o‘tish masofasiga, atmosferaning tarkibi va zichligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘rtacha quyosh nurlanishi oqim zichligi 200-250 Vt/m2 yoki 1752-2190 tushganda Yer sathining butun yuzasiga taxminan (0,85-1,2) kVt yoki (7,5-10) kVt soat/yil to‘g‘ri keladi.
Oʼzbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish.
Yer sathiga tushayotgan Quyosh energiyasidan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida quyosh nurlarini ko’zgular yordamida mujassamlash, energiya zichligini oshirishda qo’llanuvchi qurilmalar yuqori haroratli quyosh qurilmalaridir.
U yordamida materiallarni eritish, yuqori fizik va mexanik xossalarga ega yangi materiallar sintez qilish, elektr energiyasini olish, texnika qismlarining yorug’lik oqimiga ta’siriga chidamligini o’rganish kabi ishlar amalga oshiriladi.
1987- yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida Katta Quyosh qurilmasi ishga tushirildi. Bu noyob qurilma avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, geliostat maydonidan optik o’qiga parallel kelayotgan quyosh nurlarini o’z fokus zonasiga to’plab beradi. Bunday qurilma jahonda atigi ikkita bo’lib, bittasi Fransiyaning Odeyyo shahrida barpo etilgan. Katta quyosh Tandirida o’ziga xos texnologiya qo’llanib, yaratilgan funksional keramika materiallari materialshunoslik sohasida juda katta ishlarni asos bo’lgan. Quyosh batareyasi fotoelementlar to’plamidan iborat bo’lib, yorug’lik energiyasini elektroenergiyaga aylantirish vositasi hisoblanadi. Uning elektrik parametrlari me’yorlashtirilgan yoritish sharoitlarida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |