Oʼrtacha astronomik birlik
Quyosh nurlanishining manbasi – Quyosh hisoblanib (1-rasm) bir yil davomida Quyosh kosmik fazoga kaloriya energiyani nurlantiradi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa 147 dan 152 mln.km (o‘rtacha – 149,6 mln.km) gacha o‘zgaradi. Bu masofa bir astronomik birlik (1 a.b.=1,496 108 m, taqriban 150 mln.km) ham deb nomlanadi.
Vaqt tenglamasi grafigi.
Hozirda Yerda o‘rtacha Quyosh sutkasi deb nomlanadigan tushuncha bo‘lib uning davomiyligi har doim bir xil va 24 soatga teng. O‘rtacha Quyosh deb nomlangan o‘lchov vaqti o‘rtacha Quyosh vaqti, haqiqiy Quyosh bo‘yicha – haqiqiy Quyosh vaqti deb ataladi. Ular o‘rtasidagi farq vaqt tenglamasi deyiladi.Oxirgisining qiymati har kuni astronomik kalendarlarda beriladi. Vaqt tenglamasining o‘zgarish grafigi 1.5-rasmda keltirilgan. Unda keltirilgan egri chiziq haqiqiy yarim kunlikda o‘rtacha vaqtni ko‘rsatadi (Gorizontga nisbatan Quyosh markazining balandlik maksimumi).
1.5-rasm. Vaqt tenglamasi grafigi. Egri chiziq haqiqiy yarim kunlikda o‘rtacha vaqtni ko‘rsatadi.
O‘rtacha va haqiqiy vaqt har yili bir biri bilan 15.04, 14.06, 1.06, 24.12 larda teng bo‘ladi. Vaqt tenglamasining maksimumi 11.02 (+14I 22II) da, minimumi esa 2.11 (-16I24II) sodir bo‘ladi. Quyoshga nisbatan Yerning burchakli o‘lchami – 32I.
3. Foton energiyasi. Quyosh doimiysi. Quyosh nurlanishi spektral zichligi. Mutloq qora jism. Koinot va yer sharoitida А(φ0, ψ0) nuqtada ixtiyoriy orientatsiyalashgan qabul maydoniga asosiy, qoʼshimcha omillarning quyosh nurlanishining tushishiga taʼsiri.
Foton energiyasi. Yerda Quyosh nurlanishining fizik mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin, ya’ni shaffof muhitda elektromagnit to‘lqin tarzida energiyaning ko‘chish jarayoni deb ataladi. Kvant nazariyasiga ko‘ra elektromagnit to‘lqinlar – bu fotonlar oqimi yoki vakuumda yorug‘lik tezligi bilan tarqaluvchi tinch nol massaga ega elementar zarralardir.
Kosmosda 1 m2 yuzadan 1s davomida ta foton o‘tadi, uning energiyasi quyidagicha ifodalash mumkin:
Ef= h∙ν (1.12)
(1.13) (1.14)
bu yerda = 6,626176 s, – elektromagnit to‘lqinlar chastotasi, – to‘lqin uzunligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |