Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari


Quyosh nurlarini zichlashtiruvchi kontsentratorlar va ularning xususiyatlari


Download 0.89 Mb.
bet34/60
Sana31.01.2024
Hajmi0.89 Mb.
#1819035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari

Quyosh nurlarini zichlashtiruvchi kontsentratorlar va ularning xususiyatlari. QE yorug‘lik yutuvchi material qalinligiga ko‘ra yupqa plenkali (bir necha mkm) va qalin plenkali (o‘n va yuz mkm) turlarga bo‘linadi. Yorug‘likni yig‘ish intensivligiga ko‘ra QE birlik va konsentratorli turlarga bo‘linadi. Birlik QE faqat egallab turgan yuzaga tushayotgan Quyosh nurlanishi oqim zichligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib yorug‘lik yig‘ish uchun hech qanday maxsus jihozlar bilan ta’minlanmaydi. Konsentratorli QE yorug‘lik oqim zichligini element yuzasida bir necha marta oshirishga imkon beradigan konsentratsiyalovchi qurilmalar (linzalar yoki ko‘zgular) bilan ta’minlanadi. Qoidaga muvofiq, konsentratorli QE yorug‘likni yuqori fotoelektrik o‘zgartirish ko‘rsatkichlariga ega qimmat yorug‘lik yutuvchan materiallardan tayyorlanadi. Bunday QE belgilanishida Quyoshlarda (Suns) o‘lchanadigan yorug‘lik yig‘ish koeffitsientlari ko‘rsatiladi.

Koʼzgu va alyuminiy qoplamali reflektorlar. Kombinatsiyalashgan gibrid foto-termoelektrik qurilmasida FEB frontal qismida to‘rtta akslantirgich reflektorlar ishchi sohaga α ~1100 ÷1200 burchak ostida joylashgan (7.6, 7.7 rasmlar). Ushbu laboratoriya ishini bajarishda reflektorlarni operativ boshqarish va FEB maksimal qisqa tutashuv tokiga qarab α burchak tanlanadi.
Hisob kitoblarga ko‘ra akslantiruvchi reflektorlar (alyuminiy folga, nikel qoplama) yordamida quyosh nurlanishi oqim zichligini FEB frontal ish sohasida 1,6-1,7 marta, ko’zgu yordamida 2 marta va undan ko’p oshirish mumkin, shuningdek FEB quvvatini 30-40% ga, TEG quvvatini 40-70% va undan ko‘p ko‘tarish mumkin


Quyosh nurlanishi konsentrator. Nurning qaytishi va sinishi hodisalariga asoslangan quyosh nurlanishi zichligini oshiruvchi optik qurilma.



Optikaviy konsentratsiyalash tizimi. Bir yoki birlashgan jamlagichlardan tashkil topgan quyosh energiyasi qabul qilgichdan quyosh nurlanishi energiyasini bevosita jamlovchi tizim.

Ko‘zguli konsentrator. Akslantiruvchi (ko‘zgu) qoplamali quyosh nurlanishi jamlagich.

Parabolatsilindrik konsentrator. O‘zaro parallel siljuvchi parabolik yasovchidan iborat ko‘zguli quyosh nurlanishini jamlagich.

Parabolik konsentrator. Parabolaning o‘z o‘qiga atrofida aylanishdan hosil bo‘lgan yasovchidan iborat kulguli shaklga ega akslantiruvchi parabolotsilindrik jamlagich ko‘zguli quyosh nurlanishini jamlagich.

Fatset ko‘zguli konsentrator. Umumiy qaytaruvchi yuzani tashkil qiluvchi alohida oynali yassi yoki egri chiziqli shakldan tashkil topgan, quyosh nurlanishining ko‘zguli jamlagichi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling