4.14-rasm.AFES ning soddalashgan strukturaviy sxemasi
Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta’minoti va quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur. Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta’minoti uchun tez-tez qo‘llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta’minlashi mumkin (yoritish manbai, ba’zan televizor yoki radio), o‘ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan (4.15-rasm).
4.15-rasm. Avtonom fotoelektrik tizim:
1 – quyosh paneli; 2 – kontroller; 3 – AB; 4 – yuklama
. Lokal elektr tarmog‘i bilan integrallashgan fotoelektrik stansiyalar
FES lardan elektr tarmog‘i mavjudligida foydalanish avtonom FES dagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Mohiyatan elektr tarmog‘i 100% FIK ga ega hamma ishlab chiqarilgan ortiqcha energiyani qabul qiluvchi katta akkumulyator hisoblanadi.
“Tarmoq” FES ning strukturaviy sxemasi 4.21-rasmda keltirilgan.
4.21-rasm. Elektr tarmog‘i bilan integrallashgan FES ning strukturaviy sxemasi
1-Tashqi elektr tarmog‘i; 2- kirish hisoblagichi; 3- yashil hisoblagich; 4-xususiy iste’molchilar.
“Tarmoq” FES tarkibiga FEB tashqari quyidagilar kiradi:
- Tarmoq invertorlari, ya’ni FEB yordamida doimiy tokni (DC) o‘zgaruvchan tokga (AC) o‘zgartirib berish vazifasini badjaradi;
- FES ish rejimlari parametrlarini kuzatishga imkon beruvchi monitoring tizimlari;
- “Yashil tarif” bo‘yicha elektr energiyasini sotish va ishlab chiqarish tizimini monitoring qilish uchun mo‘ljallangan hisoblagichlar;
- Yerda, bino tomida FEB ni joylashtirish uchun tayanch metall konstruksiyalari yoki qo‘zg‘almas Quyoshni kuzatish tizimlari;
- Markazlashtirilgan tarmoq – Elektr stansiyasi ulangan elektr uzatish liniyalari;
- Elektr energiyasining xususiy iste’mol qiluvchilar (sanoat yoki maishiy elektr jihozlari).
4.22-rasmda “Tarmoq” FES ning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |