Potentsial toʼsiq balandligi.
p-n o‘tishga diffuziyalangan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar, potensial to‘siq bo‘lganligi sababli, ikkiga ajratiladi. Ortiqcha hosil bo‘lgan (to‘siq yordamida ajratilgan) va to‘plangan, n-sohadagi elektronlar va n-sohadagi teshiklar p-n o‘tishdagi mavjud hajmiy zaryadni kompensatsiya qiladi, ya’ni mavjud bo‘lgan elektr maydoniga qarama-qarshi elektr maydonini hosil qiladi. Yoritilish tufayli tashqi elektrodlarda potensiallar ayirmasi hosil bo‘lishi bilan birga yoritilmagan p-n o‘tishdagi mavjud potensial to‘siqning o‘zgarishi ro‘y beradi. Hosil bo‘lgan foto-EYUK bor bo‘lgan potensial to‘siq qiymatini kamaytiradi. Bu esa o‘z navbatida qarama-qarshi oqimlarning paydo oqimini, p-qismdan teshiklar oqimini hosil qiladi. Bu oqimlar bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni elektron qismdan elektronlar p-n o‘tishga qo‘yilgan elektr kuchlanishi ta’siri natijasida to‘g‘ri yunalishdagi tok bilan deyarli teng bo‘ladi.
3.25-rasm. Yoritilmagan n-p o‘tishli yarim o‘tkazgichda energetik zonalar strukturasi (a) elektrostatik potensial taqsimoti (b) 2l – fazoviy zaryad sohasining kengligini, UE – p- va n- sohalar chegarasidagi muvozanat xol uchun elektrostatik potensial, Eg – man qilingan soha kengligi, shtrixlangan chiziq – muvozanat holi uchun Fermi sathi.
Oʼtkazuvchanlik va valent soha.Yorug‘likning yarimo‘tkazgichlarda yutilishi. Optik nurlanish yarim o‘tkazgichlar bilan o‘zaro ta’siri vatida qisman yutiladi, qisman uning yuzasidan akslanadi, qisman yutilishsiz o‘tib ketadi. Yutilgan, akslangan va o‘tgan energiyaning ulushlari mos keluvchi koeffitsientlar bilan baholanadi. Yorug‘lik nurlanishini o‘tkazish koeffitsienti (T) quyidagicha:
(3.2)
akslanish koeffitsienti esa
( 3.3 )
o‘z navbatida yutilish koeffitsienti
(.3.4)
bu yerda Ro‘tish – o‘tgan nurlanishning quvvati; Raks – yuzadan akslangan nurlanishning quvvati; Ryutil – yutilgan nurlanishning quvvati; Rtush – tushayotgan nurlanishning quvvati.
Yutilish ko‘rsatgichi x tushayotgan nurlanishning boshlang‘ich quvvati e martta kuchlanishi lozim bo‘lgan, yuzadan yutilgan chuqurlikkacha bo‘lgan teskari masofaga teng qiymat hisoblanadi, x chuqurlikda:
(3.5)
(3.6)
bu yerda R (x) – x chuqurlikda nurlanish quvvati.
Do'stlaringiz bilan baham: |