Quyosh kollektorining effektivligini issiqlik izolyatsiyasining funksiyasi sifatida aniqlash


Download 24.56 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi24.56 Kb.
#1280451
1   2   3
Bog'liq
3-lab

Tajriba qurilmasini yig’ish


  • 3.1-rasmda ko’rsatilgan tajriba qurilmasini yig’ing.

  • Buning uchun eng avvalo nakonechniklar bilan quvurlarni ulash uchun mos silikon quvurlar va ulagichlardan foydalaning;

  • suv nasosini shunday ulangki, u suvni quyosh kollektorining tubidan quyosh kollektori orqali haydasin, ya’ni nasos nakonechnigini kirish kamerasining nakonechnigi bilan ulash kerak;

  • harorat datchigini bevosita rezinali jipslagich yordamida quyosh kollektorining chiqish kamerasidagi 1,5 mm qilib parmalangan teshikka o’rnating;

  • haroratni o’lchashning bu usuli quyosh kollektorini qizib ketishining oldini olish uchun ham qo’llaniladi. Kollektordagi suvning harorati 60°C dan ortib ketmasligi kerak;

  • chiqish kamerasining nakonechnigini bak nakonechnigi bilan ulang;

  • bak chiqish nakonechnigini suv nasosining kirishi bilan ulang;

  • bakga 1000 ml suv soling;

  • bakni shunday ko’taringki, suv nasosi orqali suvning oqib tushishi quyosh kollektoridan o’tib, ortga bakning kirishiga qaytsin. Suv qarshiliksiz oqishi uchun, barcha quvurlar doimo to’g’ri (burishgan va egilgan joysiz) bo’lishi kerak;

  • bakni shtativ ustunidagi oldindan belgilangan joyga o’rnating;

  • suv nasosining elektr ta’minotini ulang va qutbga rioya qilib, taxminan 6 V kuchlanish o’rnating;

  • quvur shlanglar sistemasida pufaklar yo’qligiga amin bo’ling.

Haroratni o’lchash.

  • universal tutgich yordamida ikkinchi harorat datchigini bakdagi suvga o’rnating. Harorat datchiklarini NiCr-Ni- adapteri bilan CASSY ko’chma qurilmasiga ulang.

Yoritish vositasi.

  • cho’g’lanma lampani shtativga o’rnating va uni quyosh kollektorining old tomonidan taxminan 50 sm masofada joylashtiring;

  • cho’g’lanma lampani ulang va uni shunday joylashtiringki, bunda kollektorning faol qismi to’liq yoritilsin. Ehtiyoj bo’lganda, korpusning plastmassa qismi yoritilmasligiga erishing;

  • cho’g’lanma lampani o’chiring va quyosh kollektorining sovushiga yo’l qo’ying.



Download 24.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling