Quyosh oy va yulduzlar
Download 59.05 Kb.
|
QUYOSH OY VA YULDUZLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yulduzga qarab oriyentirlash.
Yulduzlar
Tunda osmonga qarasangiz, juda ko‘plab yulduzlar tartibsiz sochilib yotganga o‘xshaydi. Aslida ular osmonda tartibsiz sochilib yotmaydi. Hozirgi vaqtda olimlarrasadxona (observatoriya)larda yulduzlarning kattaligi, harorati, kimyoviy tarkibi va harakatlarini shuningdek, o‘zaro joylashgan o‘rinlarini ham o‘rganishmoqda. Yulduzlar nihoyatda qizib yotgan, Yerdan juda uzoqda joylashgan osmon yoritgichlaridir. Ularni odamlar qadimdan guruhlarga ajratishgan va har bir guruhga nom berishgan. Bular yulduz turkumlari deb ataladi. Masalan, Tarozu, Chayon, Mezon va boshqalar. Siz Katta Ayiq yulduzlar turkumini bilsangiz kerak. Ularni xayolan chiziq bilan tutashtirsangiz darhaqiqat, cho‘michga o‘xshaydi. Cho‘mich bandidagi ikkinchi yulduz yonida kichik yulduzcha bor. Qadimda jangchilarning ko‘zi o‘tkirligini shu yulduzni ko‘ra olishiga qarab aniqlashgan. Bizga ko‘rinib turadigan ancha yorug‘ yulduzlardan biri Oltin Qoziq (qutb) yulduzidir. Bu yulduz hamma vaqt ham osmonda bir joyda – Shimoliy qutb ustida turadi. Oltin Qoziq (qutb) yulduzini osongina topsa bo‘ladi. Buning uchun Katta Ayiq yulduzlar turkumi – cho‘michning chekkadagi ikkita yulduz oralig‘idagi masofani besh marta qo‘yib chiqilsa, Oltin Qoziq yulduziga boradi. Yulduzga qarab oriyentirlash. Oltin Qoziq yulduziga qarab shimolga, demak, boshqa tomonlarga bo‘ lgan yo‘nalishni ham aniqlash mumkin. Agar old tomoningiz bilan shimolga qarab tursangiz, o‘ng tomoningiz sharq, chap tomoningiz g‘arb, orqa tomoningiz janub bo‘ladi. O‘zi turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash oriyentirlash deyiladi. Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-q‘arb ufqning oraliq tomonlaridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ARXIV.UZ AIM.UZ HOZIR ORG.UZ Download 59.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling