Quyosh va oy tutilishilari sutkalik va yillik parallaks


Download 92.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1374486
Bog'liq
QUYOSH VA OY TUTILISHILARI SUTKALIK VA YILLIK PARALLAKS




QUYOSH VA OY TUTILISHILARI SUTKALIK VA YILLIK PARALLAKS



  1. Oy va Quyosh to`g`risida umumiy ma`lumot.




  1. Quyosh va oy tutilishlari.




  1. Quyosh va oy tutilish paytida sodir bo`ladigan hodisalar.

Qadim zamonlarda quyosh tutilishi falokat alomati sanalgan. Sharq mamlakatlarida xususan Xitoyda odamlar quyoshni yovuz ajdaho yuta boshlaydi va shu sababdan tutilish sodir bo`ladi, deb ishonganlar. Kohinlar ajdarni qo`rqitib, undan quyoshni qutqarish uchun turli xil duolar o`qiganlar, odamlar esa maydonlarga yig`ilib turli xil temir idishlarni taqillatib, do`mbira va nog`oralar chalib shovqin suron ko`targanlar bir necha daqiqadan keyin to`la tutilish tugagandan so`ng esa, ular “ajdahoning taslim bo`lgani” ga ishonib, hursandchilik qilganlar [7]


Insoniyat tarixida quyosh to`la tutilishini birinchi bor o`zida aks ettirgan manba qadimgi Xitoy Shu Ching salnomasidir. Xitoy xalqining buyuk ma`daniyati tufayli qadimda bo`lgan va boshqa xalqlarda biron bir iz qolmagan ko`pgina tutilishlari xaqidagi ma`lumotlar bizgacha yetib kelgan. Ulardan eng qadimgisi eramizdan avvalgi 2137-yilning 22-oktyabrida bo`lib o`tgan quyosh tutilishidir. Bu tutilish qayd etilganlaridan eng qadimgisi bo`libgina qolmay o`zining qayg`uli tarixi bilan ham mashhurdir.
Imperator astronomlaridan Xi va Xo ushbu tutilishni oldindan aytib bera olmaganlar. (O`sha vaqtlarda bu xaqiqatdan ham mumkin emas edi) va oqibatda ajdarhoni “qo`rqitish” uchun qilinadigan chora-tadbirlar o`tkazilmay qoldi. Imperator Chun Konga farmoniga binoan boshqalarga ibrat uchun bu ikki astronomning boshlari tanalaridan judo qilindi. Farmonda aytishlaricha bu munajjimlar ichkilikka “mukkasidan ketganlar” va xisob kitobdan adashganlar.
Qadim zamonlardan yashagan halqlar ham quyosh yoki oy tutilishlarini oldindan bilganlar. Ularga tutilish takrorlanib turadigan davr ham ma`lum edi. Bu Saros deb atalib, u 18 yilu 11 kun 8 soatga teng.
Takidlab o`tganimizdek tutilishlar oy orbitasining chiqish va botish tugunlari yaqinida ro`y beradi. Bu tugunlar har yili taxminan 20º ga buriladi va oy orbitasining 18 yilu 11 kun 8 soat ichida bir marta to`liq aylanib chiqadi [8].

Oy o`z orbitasi bo`ylab sekundiga bir kilometr tezlik bilan xarakatlangani uchun oy soyasi ham taxminan ana shunday tezlik bilan harakatlanadi. Lekin, shuni takidlash lozimki, soya o`z o`qi atrofida aylanib turgan yerga tushadi. Yer aylanishining yo`nalishi ham oy soyasining harakat yo`nalishi bilan bir xil bo`ladi. Yerning sirti go`yo orqasidan quvlab klayotgan oy soyasidan qochishga intiladi. Lekin, yer yuzasidagi ma`lum nuqtaning tezligi oy soyasi tezligidan kamroqdir. Bu tezlik ekvatorda eng katta miqdorda sekundiga 465 metrga yetadi.


Oy soyasi o`zidan shu sababdan oldinda ketayotgan yer nuqtalarini quvib yetib, katta tezlik bilan undan o`zib ketadi. Shuning uchun ham quyosh tutilishi g`arbdan boshlanib Sharqqa qarab siljiydi. Va juda katta masofalarga cho`zilib ketadi. Quyosh to`la tutilishi mintaqasining umumiy uzunligi 1000 kilometrga yetishi mumkin.
Quyosh oydan 400 marta katta va oyga qaraganda taxminan 400 marta uzoqda joylashgan. Bunday tasodif tufayli Quyosh va Oy osmonda bir xil kattalikdagi gardish bo`lib ko`rinadi. Har oy yangi oy ko`ringanda oy Quyosh bilan yer orasidagi fazadan o`tadi. Agar Oy Quyosh va Yerni tutashtiruvchi to`g`ri chiziqdan o`tsa Quyosh tutilishi yuz beradi. Lekin Oyning Quyosh tutilish sodir bo`lishi uchun zarur bo`lgan bu chiziqdan o`tishi kamdan kam bo`ladi. Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati sodir bo`ladigan tekislik bilan oyning yer atrofidagi harakat tekisliklari mos tushmaydi. Ular bir biriga nisbatan 5ºli burchak ostida joylashgan. Oy o`z harakati davomida quyoshga nisbatan goh “yuqorida” goh “pastga” bo`ladi va uning soyasi yerga tushmaydi. Bir yilda faqat ikki martagina Oy yer orbitasi tekisligini chiqish va botish tugunlari deb ataladigan nuqtalarda kesib o`tadi. Oy aynan shu nuqtalaridagina Quyosh Yer chizig`iga yaqin keladi va tutilishi kuzatiladi. [12]
Kalendar yilida ikkitadan 5 tagacha Quyosh tutilishi bo`lishi mumkin.
Tutilishlarning tabiati asosan Oy bilan Yer va Yer bilan Oy orasidagi masofalarga bog`liq. Ma`lumki yerning Quyosh atrofidagi va Oyning yer atrofidagi harakatlari cho`zinchoq orbitalar bo`ylab bo`ladi, shuning uchun bu osmon jismlari orasidagi masofalar doimo o`zgarib turadi.
Astranomiya faning taraqqiy etishi bilan olimlar bundan ming yil oldin bo`lgan va 100 yillardan keyin bo`ladigan tutilishlar vaqtini juda aniqlik bilan hisoblab chiqish usullarini kashf etdilar. Ana shunday xisob kitoblardan biri Avstraliyalik olim T.Oppolerning 1887-yilda bosilib chiqqan “tutilish qonunlari” kitobida bayon qilingan. Bu kitobda o`tmishda bo`lib o`tgan va kelajakda bo`ladigan tutilishlar bo`yicha bajarilgan katta hajmdagi hisoblash ishlari berilgan. Unda eramizdan avvalgi 1207-yilning noyabridan eramizning 2161-yil noyabr oyigacha bo`lgan davr uchun 8000 ta quyosh tutilishi va 5200 ta oy tutilishi vaqtlari juda aniq berilgan. Kitobda 160 ta kartogramma bo`lib, ularda tutilishlar ko`rinishi mumkin bo`lgan joylar tahminan ko`rsatilgan. Uzoq o`tmishda bo`lib o`tgan tutilishlar vaqtini aniq aytib berish tarixchilar uchun ma`lum voqealarning sanasini o`rgatishda imkon beradi. Shuni ham aytish kerakki, yer yuzining ma`lum joyida to`la quyosh tutilishi kamdan kam takrorlanadigan hodisa bo`lib, o`rta hisobda 300 yilda 1 marta kuzatilishi mumkin. Bundan ko`rinadiki, bir joyda doimo yashab kelayotgan odam o`z umri davomida biror marta quyosh to`la tutilishini ko`rmasligi mumkin. Yana shuni ham takidlsh joizki bazi hududlarda bu davr yanada uzoqroq bo`lishi mumkin. Masalan: T.Oppolerning kartagrammasiga ko`ra, Toshkentning 2000 yildan ortiq tarixi davomida Toshkentliklar tabiatning bu “in`omidan” atiga 3 marta baxramand bo`lganlar, vaxolanki mana shu davr ichida O`zbekiston hududida 7, 8 marta to`la tutilishlar bo`lgan [12].
Toshkentda oxirgi marta quyoshning to`la tutilishi XVIII-asrda 1761-yil oktyabrda bo`lgan , navbatdagisi 2060-yilning 30-aprelida kuzatiladi.
Yuqoridagi sabablar tufayli astronom olimlar bu noyob hodisani kuzatish maqsadida voqea sodir buladigan hududlarga ekspedetsiyalar uyushtiradilar. Safar ishtirokchilarining har biriga o`ziga xos vazifalar bo`lib beriladi. Bu vazifalarning aniq-ravshan bajarilishi uchun ekspeditsiya 10-15 kun oldin tutilish maksimal fazasi kuzatiladigan joyga yetib keladi va “ repititsiyalar” boshlab yuboriladi, har kimning o`z imkoniyati baholanadi.
Xullas, quyosh to`la tutilishini kuzatish paytida hech bir hatolik bo`lishi mumkin emas. Lekin, tutilish paytida ob-havoning ham katta ahamioyati bor. Agara havo ochiq bo`lmasa ko`tarilgan barcha chora tadbirlar zoya ketadi[14].
Quyosh faolligini o`zgarishi va uning 11 yillik davri nima sababdan yuzaga kelishi haligacha fanda nomalum. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun nafaqat quyosh fotosferasida, tojida va xromasferasidagi jarayonlarni ham tadqiq etishni ham talab qiladi. Quyosh tutlisih paytida xromosfera va tojni o`rganish uchun qulay tabiiy sharoit yuzaga keladi.
Quyosh tutilishi paytida o`rganishimiz kerak bo`lgan jarayonlar toj va xromosferadagi o`zgarayotgan fizik jarayonlarni o`rganishimiz zarurdir.
Odatda quyosh va oy tutilishlari to`g`risidagi tasavvurlarimiz ular ro`y berganda juda ham as qotadi. Shu bilan birga kelajakda yoshlarni tarbiyalshjda hodisalarning tub moxiyatlarini o`zimiz yaxshi anglashimiz zaruz bo`ladi.
Shundan kelib chiqqan holda insonlar ongiga singib qolgan notug`ri tushunchalarni yengish uchun yetarli bilim malakaga ega bo`lishimiz zarur bo`ladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, kelajak avlodni tabiatning bunday hodisalariga ilmoy yondashishiga o`rgatish juda ham muxim xisoblanadi, shu sababli ham ishning bajarilishi dolzarb hisoblanadi.
Quyosh va oy tutilishlarini yuzaga keltiruvchi sabablarni o`rganish, shu soha mutaxasislarining qilgan kuzatuv va ilmiy ishlari bilan tanishish quyosh va oy tutilishlarioga oid so`ngi ma`lumotlar va natijalarni o`rganish. Quyosh va oy tutilishlari vaqtlarini oldindan aytish, qaysi shaharda qay tarzda ro`y berishini oldindan aytib berish.
Quyosh va oy tutilishlari paytida ro`y beradigan hodisalarni va ma`lumotlarni o`rganib, uni keltiruvchi sabablarni aniqlash. Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyektini belgilab, shu joyda ro`y bergan hodisa natijalarini tasvirlarini o`rganish. Quyosh va oy tutilishlari to`g`risida umumiy ma`lumotga ega bo`lish. .
Umum etirof etilgan matematik va fizik amallar bilan ilmiy yondashiladi. Olingan ma`lumotlarga asoslanib quyosh va oy tutilishlarini oldindan aniqlab berish mumkinligi to`g`risida ma`lumotlarni berish. Sababi oddiy xalqqa ilmiy asosda tushuntira bilish kerak.
Har qanday moddani qanday agregat holatda bo`lishidan qat`iy nazar ularni fizikaviy kimyoviy hossalarini ayniqsa spektroskopik xossalarini bilish ulardan amaliyotda to`g`ri foydalanioshga olib keladi. Bu esa o`z navbatida xurmatli preidentimiz aytganlaridek tabiat in`om etgan homashyolardan to`g`ri ilmioy asoslangan holda foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi[1].
2010-yil 12 noyabr kuni hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma`ruza qildilar [2].
O`z maruzalarida 6 yo`nalishni eng muhim ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdilar. Bu yo`nalishlar quyidagi yo`nalishlardir.
1.Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlshtirish.
2.Sud-huquq tizimini isloh qilish.
3.Axborot sohasini isloh qilish , axborot va so`z erkinligini ta`minlash.
4.O`zbekistonda saylov huquqi erkinligini taminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish.
5.Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
6.Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.
Oltinchi yo`nalishda raqobat to`g`risida to`xtaldi. Raqobatlasha oladigan har qanday maxsulot yoki shu maxsulotni ishlab chiqaruvchi ilmiy asoslangan bo`lsagna bu maxsulot raqobatlasha olishi mumkin ekanligini aniqlsh mumkin.
Ushbu konsepsiya O`zbekiston zaminida yashayotgan fizik, ximik, biolog, vrach, injener, iqtisodchi, moliyachi, talaba va hokazo kim bo`lishidan qat`iy nazar xamma uchun dastur amal bo`lib xizmat qiladi.
Planetamizdagi butun tirik mavjudot va o`simliklar dunyosi o`zining vujudga kelganligi va yashayotganligi uchun quyoshdan “qarzdor”dir. Inson quyoshning kundalik harakatiga shu qadar ko`nikib qolganki buni abadiy deb biladi. Quyosh qisqa vaqt mutlaqo ko`rinmay qolganda planetamizda qanday o`zgarishlar ro`y beradi? Bu savollarning javobi hammani qiziqtiradi. Quyosh ko`rinmay qolganda yerni qorong`ulik bosar, quyosh yoritib turgan, yani uning yorug`ligini aks ettiradigan Oy va sayyoralar ham ko`rinmas, faqat yulduzlargina xira shula sochib turardi. Shu bilan birga , yer yuziga qaxraton sovuq hukm surib bir xaftaga qolmay tropiklar bilan qoplanar, daryolar oqishdan to`xtar dengizlar va okeanlar tubigacha muzlar, shamol “uvullash”dan to`xtar edi. Bunday sharoitda insonlar zapas yoqilg`ilar xisobiga umrini bir oz cho`zsa-da, baribir, halokatdan qochib qutula olmas edilar. Shuning uchun hayotimizning manbayi bo`lmish quyosh har jihatdan diqqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi.
Qadimda odamlar atrof muhitni ilmiy jihatdan tushuntirib berishga ojizlik qilib, tabiat kuchlari oldida tiz chukkanlar, ularga sig`inganlar. Masalan: qadimgi Misrliklar quyoshni issiqlik va hayot in`om qiluvchi Ra Xudo deb bilib unga sig`inganlar: Yunonlar va rumoliklar esa quyoshni nur, muzika va poeziya Xudosi hisoblab, Feb, Gelios va Apollon nomlari bilan ataganlar.
Eramizdan oldingi 430-yillarda yashagan yunon faylasufi, materialist Anaksagor quyoshni chug`langan tiosh jism degan fikrga kelgan va hatto uning kattaligini o`zi yashayotgan Peloponnes yarim oroliga qiyoslash (orolning kengligi qariyb 100 kilometrga teng) o`zi aniqlagan. Quyoshning kattaligini va quyoshgacha bo`lgan masofani o`chashda to`g`ri yo`l tutgan birinchi olim-Aristarx Semosskiyd (eramizdan oldingi IV asr). Uning taxminicha quyosh oydan qariyb 19 barobar uzoqda bo`lib, bu masofa 1 million 160 ming kilometrni tashkil qiladi. Garchi quyoshgacha bo`lgan masofa Aristar taxmin qilgan masofadan 130 barobar katta bo`lsa-da, quyoshning yerdan oyga nisbatan uzoqroqda va oydan bir necha barobar ulkan ekanligini aniqlashning o`zi o`sha davr uchun muxim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda quyoshning massasi , harorati fizik tabiatini o`rganish borasida to`plangan ma`lumotlar quyosh to`g`risida yetarlicha aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko`pgina fizakaviy biologic hodisalar quyosh tasirida sodir bo`ladi.
Garchi oddiy ko`z bilan qaraganda quyosh sokin osmon jismidek ko`rinsa-da, osmonda u yirik va quvvatli va fizikaviy protseslarni “boshdan kechirayotgan” yulduzlardan biridir. Shu sababdan quyoshni o`rganishni barcha tabiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahmiyati bor. Milliardlab yulduzlarning vakili hisoblanuvchi quyosh kattaligi va haroratiga ko`ra yulduzlar sayyoramiz quyoshiga hamda boshqa yulduzlarga nisbatan million barobar yaqinroq bo`lganligidan u bizga 32˚ ga burchak ostida ko`rinadi. Barcha sayyoralar (Merkuriy,Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatori yer ham quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Yerdan quyoshgacha bo`lgan 149,5 million kilometr masofa astronomiyada eng kichik uzunlik o`lchovi birinchi sifatida qabul qilingan va bir astronom birlik (1.a.b) deb yuritiladi. Yorug`lik nuri bu masofani qariyb 8,5 minutda bosib o`tadi.
Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr, yani yerning diametridan qariyb 110 barobar katta. Boshqacha qilib aytganda, quyoshning hajmi yerning hajmidan million 300 mingdan ham ziyodroq. Quyoshning sirtidagi harorat 5800˚ k atrofida: harorat quyoshning markaziga tomon ortib borib, markazda taxminan 16 million gradusga yetadi. Quyoshdan chiqayotgan energiya miqdorini quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Quyoshdan bir sekund davomida chiqadigan energiya 12 ming trillion tonna ko`mirni yoqqanda hosil bo`ladiga energiya miqdoriga teng. Quyoshdan chiqayotgan jami energiyaning atigi 2 milliarddan bir qismigina yer qabul qiladi.
Quyosh olovli shardan iborat bo`lib uni jamiki qilgan gaz oddiy gazlardan o`z xusuyitati jixatidan keskin farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatidagi modda ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo`ladi . Bunday modda neytral atomlarning ko`p yoki kamligi uning haroratiga bog`liq.
Barcha osmon jismlari kabi quyosh ham o`z o`qi atrofida, sayyoralar aylanishi yo`nalishida aylanadi. Quyoshning aylanish o`qi yer orbitasi tekisligiga nisbatan 83˚ ga yaqin burchak hosil qiladi. Quyosh qattiq jism bo`lmaganligidan uning turli gemografik kengliklarning aylanishi burchak tezligi har hildir. Aylanish davri quyoshning ekvator qismi uchun 25 kun, qutb qismi uchun esa 30-31 kunga teng. Buni vaqt o`tishi bilan quyosh dog`larining vaziyati o`zgarishiga qarab osongina aniqlash mumkin. Quyosh ekvatori yaqindagi dog`lar, garchi katta gemografik kengliklardagi dog`lar bilan bir meridiandapaydo bo`lsalarda vaqt o`tishi bilan ulardan ilgarilab ketadilar.
Quyoshning o`z o`qi atrofida aylanishini birinchi bo`lib Kerrington aniqladi. Keyinchalik eyinchalik ton aniqladi.birinchi bo'lar.agi do'tb qismi uchun esa 30-31 kunga teng. qiladi.
adusga yetadi. hukkanlar, ularga s Spektroskopik metod qo`llanila boshlagach, unga katta aniqlik kiritildi. Quyoshning aylanishi davomida quyosh diskining Sharq tomoni yerga yaqinlashib, G`arb tomon, aksincha, izohlashadi. Sovet olimi A.A.Biolopolskiy quyoshning Sharq va G`arb nqtalarining yerga yaqinlashishi va uzoqlashishi tezligini birinchi bo`lib spectral metodda aniqladi. Bu tezlik ekvator qismida 2 kilometrga yaqin. Keyingi kuzatishlar quyosh ekvatori nuqtalari chiziqli tezligining bu qiymatini tasdiqladi. [5].
Ko`pgina osmon jismlarining ekvatorial diametrlari qutbiy diametrlaridan katta. Jumladan yerning bu diametrlari orasidagi farq 41 kilometrdir. Kuzatishlar quyoshning qutbiy va ekvatorial farq qilishini va bu farq qariyb 150 kilometrga tengligini ko`rsatdi. Quyoshning ufqqa (gorizontga) qaragan va unga qarama qarshi qismlaridan kelayotgan nurlar yer atmosferasidan o`tganda turlicha sinadi. Shu sababdan quyoshning qutbiy diametri ekvatorial diametridan kichikdek tuyulib, ellips shaklida ko`rinadi. Tuman yoki g`ubor paytida quyosh yoki oy ufqdan ko`tarilayotgan vaqtida ayniqsa yaqqol seziladi. Biroq bu quyoshning qutbiy va ekvatorial diametrlari nisbatiki aniq belgilshga halaqit beradi.
Quyoshning ekvatrila diametrini aniq o`lchash mumkin. Tush paytida quyoshning shariy va g`arbiy nuqtalari bir xil balandlikda bo`lganliligida 1.lardan kelayotgan nurlarga yer atmosferasi bir xilda tasir ko`rsatadi, shu sababli ekvatorial diametr o`lchashi o`zgarmaydi. Quyosh diametric quyoshning aktivlik darajasiga qarab o`zgarib turadi.
Quyosh bepoyon koinotdagi yulduzlarning yerga eng yaqini bo`lib, u quyosh sistemasining markaziy jismi va bu sistemada yorug`lik , issiqlik va hayot manbayidir. Quyosh gardishining( yerdan 1 a.b uzoqlikda) diametri 32˚ 00˚ ga, yer afemiyda (iyul boshida) bo`lganda esa, 31 31``ga teng bo`lib ko`rinadi.
Quyoshning radiusi 696000 ki,xajmi 1,41·10³³ sm ³ , o`rtacha massasi 1,99·10³³ g va hamma sayyoralarning jami massasidan 750 marta katta. Quyi nurlanishini kuzatish quyosh atmosferasi deyiladi.
Quyosh atmosferasidagi temperaturaning o`zgarishiga qarab u shartli ravishda 3 qismga bo`lingan.
Kuzni qamashtiradigan yorug` fotosferani (yorug`lik sferasi) quyi gardishi qilib kuzatamiz. Uning yorug`ligi quyosh gardishi chetlariga tomon kamayib borgani bevosita kuzatishlardan ko`rinib turadi. Fotosferaning yuqori qismida temperatura quyosh uchun eng minimal qiymat- 4300-4600 ˚ k ga teng.
Fotosfera ustida birinchi galda ko`zga tashlanadiga obyektlar quyosh dog`laridir. Ular Talimiy davridan beri ma`lum.
Quyosh dog`ining paydo bo`lishi quyosh fotosferda kichkina qora kovakchalar ko`rinishida paydo bo`lishidan boshlanadi. Odatda bir kundan keyin kovakchadan aniq chegaraga ega bo`lan bitta yoki ko`p sonli mayda dog`chalar bilan o`ralgan ikkita asosiy dog`dan iborat dog`lar gruppalari hosil bo`ladi. Yetilgan asosiy dog` qoraroq markaziy soya (yadro)dan va uni atroflama o`rab olgan yarimsoya (yadroga nisbatan yorug`roq palasa) dan iborat bo`ladi.
Dog`ning markaziy qismida temperature 4500˚ k atrofida, yani quyoshning o`rtacha temperaturadan 1500˚ pastroq. Shuning uchun dog` o`z atrofidagi yorug` fotosferaga nisbatan qora bo`lib ko`rinadi[9].
Yerga eng yaqin osmon jimi oy bo`lib, u planetamizning tabiiy yo`ldoshidir. Oyning yer atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning quyosh attrofida aylanish kabi orbitasi kabi ellips (cho`zinchoq aylana) dir. Shu tufayli oyning yerdan uzoqligi biroz o`zgarib turadi. Yerga eng yaqin kelganda(orbitasining perigeida) 363 400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405 400 kilometrli masofada bo`ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo`lib uning hajmi yer hajmining yuzdan ikki qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortish kuchi yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda G`arbdan Sharqqa tomon aylanib 27 kun 8 soatda yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Oy o`z o`qi atrofida ham huddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shuning uchun ham u bizga (yani yerga) doimo bir tomoni bilan ko`rinadi. Oy o`zidan nur chiqarmaydi. Quyoshdan o`ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi[4].
Oy sirtining yarmi quyosh bilan yoritilgan bo`ladi. Biroq yerdan qaraganda doimo oyning quyosh bilan yoritilgan yarmi sferasining hammasini ko`rishning iloji bo`lmaydi. Oyning quyosh va yerga nisbatan turishiga ko`ra, uning quyosh bilan yoritishgan yuzasidan ko`proq yoki kamrog`ini ko`rish mumkin. Agar oy quyosh tomonga o`tsa “yangi oy” , quyoshga qarama qarshi (yerga nisbatan) tomonga o`tsa, “to`lin oy” bo;lib kuzatiladi. Oyda atmosfera deyarli yo`q. oyning massasi yerning massasida 80 marta kichikdir.
Oyga tushgan kosmonavt 1-navbatda o`zini juda yengil his qiladi. Bu , esa eslatilgandek oyning tortish kuchi kamligidandir. Kosmonavt o`z skafandri bilan yerda 90 kilogramm bo`lsa oyda atigi 15 kilogramm bo`lib qoladi. Shuningdek, oyda kuzatuvchi yerda ko`ringan ko`p hodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo`ladi. Avvalo, quyosh chiqishidan oldin yerda kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq oyda kuzatilmaydi. Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko`tarila boshlaydi. Oy osmonida yulduzlar,quyosh tojining ko`rinishi va shafaqning ko`rinmasligining sababi,oy sirtida atmosferaning yo`qligidir quyosh chiqqandan so`ng to tush bo`lgunga qadar qadar 7 kun u 9 soat vaqt ketadi. Garchi bu vaqtda harorat ancha ko`trchi bu vaqtda harorat ancha ko' vaqt ketadi. yo'royli qizilrang shang hammasini ko'alari chiziqli tezligining bu qiymatini tasarilib qolgan bo`lsada, oyda salqin joyni topsih qiyin emas. Buning uchun kraterlar atrofni urovchi tog`lar tepaliklar soyasi jonga aro kiradi. Bu soyalarda etarlicha salqin bo`lishining sababi issiqni tashuvchi xavo molekulalarining yuqligidir. Shu tufayli quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug`i uzoq vaqtgacha etadi. Oyga birgalshib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo`lmasligi kerak. Chunki u xech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush to`lqinlarin tashuvchi muxit xam xavo molekulalari bo`lib oyda u molekulalar yo`q. buning uchun maxsus radioperedparatchiklardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Oy oy osmonning chiroyli xodisalardan yana biri, planetalik. Erning ko`rinishidir. Oy osmonida yer chiroyli, ko`kimtir shar shaklida, oyning osmondagi ko`rinishi to`rt martacha katta ko`rinadi. Biroq yerning yarmidan ko`pi oq bulutlar xosil qilgan “dog`”lardan iborat bo`ladi. Yer qitalari bir oz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi.
Yer ham osmonda oy kabi turli shaklllarda (fazalarda) ko`rinadi. Bu holat uning quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonida turganiga bog`liq bo`ladi. Yer o`zining “to`la yer” fazasida bo`lganda oy sirtini, “to`lin oy” yerni yoritgandagidan 40 martacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonida to`liq yer kuzatiladigan payt yerdan qaraganda oyning “yangi oy”bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi. Shuningdek, osmondagi yer shari atrofida konsentrik halqalar shaklida to`q qizil, sariq, ko`k va hokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt oy tutilayotgan paytda oy sathida bo`lsa, u quyosh tutilishini kuzatadi va bu tutilishni fazasi yerdagidek bir necha minutgina davom etmay, rosa 1,5 soatga davom etadi[9].
Oyda olam qutbi yerdan qaraganda atrofida yulduzlar aylanma harakat qiladigan qutb yulduziga mos kelmaydi. Yerda olamning shimoliy qutbi kichik ayiq yulduz turkumining alfa yulduziga to`g`ri kelsa, oy uchun qutb-ajdaho yulduz turkumining omega yulduziga to`g`ri keladi. Va shu yulduz atrofida boshqa yulduzlar aylanma harakatlanayotgandek tuyuladi. Oyda adashgan kishining ahvoli ancha mushkul bo`ladi. Oyning magnet maydoni yo`qligi tufayli u yerda kompusdan foydalanishning iloji yo`q. faqat osmondagi yulduzlar vositasida ufqning turli yo`nalishlarini aniqlash mumkun bo`ladi.
Oyning relyefi qanday? Oy relyefida yernikiga o`xshash obyekylar ko`plab topiladi. Oyda ham past tekisliklar, tepaliklar, tog`lar bor. Bu obyektlarni birinchi marta italyan olimi G.Galiley 1610-yilda o`zi yasagan teleskopda oyni kuzatib topgan edi.
U past tekisliklarga “dengizlar” deb nom bergan. Dengizlar degan nom shartli ravishda hozirgacha qo`llansa-da, aslida u yerlarda suvdan asar ham yo`q.
Oydagi tog`lardan eng yiriklari Alp, Appenina va Kavkaz tog`lari deb nomlangan. Tog`larning balandligi bazan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, oyda halqali tog`lar ko`plab uchraydi. Sirk deb ataluvchi halqali tog`larda klavi va shikardlarning diametrlari 200 kilometrgacha yetadi. Yerdagi tog`lardan farqli o`laroq, oy tog`lari ko`proq chiqqan bo`ladi.
Oy orqa tomonining relyefi, birinchi marta , sovet ittifoqining 1959-yili uchirgan “Luna-3” avtomatik stansiyasi oyning yerdan ko`rinmaydigan orqa tomonnini olgan rasmlarda ma`lum bo`ldi va oyning to`la globusini yasashga imkon berdi.
Oydan keltirilgan tuproq namunalarining analizi, oy tuprog`I asosan 4 xil jinslardan, yani mayday donadorlikdagi g`ovak jinslardan , yirik donadorlik jinslaridan, brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va rigolit (mayday zarrachalar va rang) dan tashkil topganini ko`rsatdi.
Bulardan birinchi uch xili kimyoviy tarkibiy jixatidan bir xil bo`lib, rigolit esa, meteor moddalar aralashmasidan iboratligi aniqlandi va u oy materiklariga harakterli jins degan hulosaga kelindi.
1969-yilning iyunida AQSH ning “Apollon-II” kosmik apparatiga 2 ostranovt Aristron va Oldrinlar oyga qo`ndilar. Oy ustida ular uzoq sayr qilib, yerga oy sirti tonlari, tuprog`i kristallardan iborat qimmatbaho “suviner” lar bilan qaytdilar.
Hozirgi davrda oyning kelib chiqishi 2 gipoteza bor: bulardan biriga ko`ra(Yuriy, Derbiger va Alven ) oy , quyosh atrofida yerga yaqin masofada aylanuvchi kichik planeta bo`lgan va vaqt o`tishi bilan yerga yaqinlashib, u bilan “ushlanib”qolgan.
Natijada yerning tabiiy yo`ldoshiga aylanib qolgan. Ikkinchi gipotezaga ko`ra(mualliflari:B.Y.Levin boshchiligidagi guruh) oy yer atrofida yig`ilgan chang zarrachalaridan, yerning massai hozirgi massasining qariyb 0,3-0,5 qismini tashkil qilgan davrlarda hosil bo`lgan. Bu gipotezaga ko`ra oyning “yoshi” yernikidan 100-200 million yilga kamroq bo`lishi va u hozirgi zamonda olingan ma`lumotlarga mos kelishi bilan diqqatga sazovordir. Bu ikki gipotezadan qay biriga ko`proq “yon berish” hozircha qiyin bo`lsada, oyning ichki strukturasini va yoshini aniq o`rganish yaqin kelajakda, bu kosmogonik muammoni hal qilishga imkon beradi deb umid qilish mumkin[4].
Oy yerning tabiiy yo`ldoshi bo`lib uning atrofida 27, 32 sutkalik davr bilan aylanadi. Bu davr oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning yer atrofida aylanish yo`nalishi, yulduzlarning ko`rinma aylanishiga qarama qarshi bo`lib, u g`arbdan sharqqa (yani yerning o`z o`qi atrofida aylanish yo`nalishi bilan bir xil yo`nalishd) harakat qiladi. Oyning o`z orbitasi bo`ylab, harakat tezligi 1,02 km/s ni tashkil qilib, yulduzlarga nisbatan har sutkada taxminan 13 gradus siljib boradi.
Oy orbitasining tekisligi yerning quyosh atrofida aylanish yo`li (ekliptika) tekisligi bilan 5ºbilan 9 ni tashkil qiladi.
Oy yer atrofida aylanayotganda quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga bizga ko`rinadi. Bu ko`rinish ayni o`sha paytda oyning quyoshga nisbatan fazoda qanday joylashishiga bog`liq bo`lib, uning quyoshdan burchak uzoqligiga ko`ra turlicha ko`rinishi (yangi oy, yarim oy, to`lin oy va hokazo) oladi. Oyning bunday ko`rinishlari uning fazalari deyiladi. Oy fazalarining almashinishi uning yer vaquyoshga nisbatan tutgan o`rniga bog`liqdir[4].
Oy ham yer kabi qora jism bo`lib, quyosh bilan yoritilishi tufayli hosil bo`ladi. Quyosh shunchalik (oyga nisbatan 400 martaga yaqin ) uzoqki uning nurlarini parallel deb hisoblash mumkin va shuning uchun ular oyning yarmini yoritadi, uning ikkinch yarmi qorong`u bo`ladi. Ammo yerga odatda, ham yorug` ko`rinadigan yarim sharning bir qismi o`girilgan bo`lganidan oy ko`pincha to`lin oy shaklida emas balki u yoki bu fazada ko`rinadi.
Yangi oy paytida oy quyosh bilan yer orasidan o`tayotganda bizga uning qora tomoni o`girilgan bo`ladi. Bu vaqtda oy mutlaqo ko`rinmaydi. 2,3 kundan so`ng, yani oy quyoshdan 25-30º Sharqqa siljigandan keyin bizga yoritilgan yarim sharning kichkina qismi ko`rinadi. Bu vaqtda oy qavariq tomoni o`nga (quyoshga)qaragan ingichka o`roq shaklida ko`rinadi. Oy diskining yorug` qismini qora qismidan ajratadigan chiziq terminator deb ataladi va u hamma vaqt elipsning yarmiga o`xshaydi.
Yangi oy paytidan bir xafta o`tgach, yani oy ¼ ga aylanganda bizga uning yorug` yarmi shari yarmi bilan qora yarim o`girilgan bo`ladi. Bunda biz oy diskining yorug` o`ng yarmini ko`ramiz. Bu faza birinchi chorak deyiladi. So`ngra yerdan yorug` yarim sharning ko`proq qismi ko`rina boshlaydi, yana bir haftadan so`ng yani to`lin oy paytida esa biz yoritilgan oy diskining hammasini ko`ramiz. To`lin oy paytidan so`n oyning yoritilgan qismi kamaya boshlaydi, kundan-kunga bizga yoritilgan oy yarim sharning kamroq qismi ko`rinadi, diskning o`ng tomonida brogan sari kemtik paydo bo`la boshlaydi.
To`lin oydan bir xafta o`tgach oxirgi chorak bo`ladi. Biz oy diskining chap yarim sharini yoritilganini ko`ramiz. Nixoyat qavariq tomoni chapga qaragan o`roq shaklini oladi va tez orada butunlay yo`qoladi. Yana yangi oy payti bo`ladi.
To`lin oygacha ko`rinadi, uni kunduzi osmonda quyosh botishidan ancha avval ko`rish mumkin. Oy qancha kattalashsa quyoshdan shuncha uzoqlshadi va shunch kech botadi. To`lin oy osmonda huddi quyoshga teskari tomonda bo`ladi,(uning astrolomik uzunligi quyoshnikidan 180 ºga farq qiladi),shuning uchun quyosh botayotgan vaqtida chiqib,quyosh chiqayotgan paytda botadi. Shunday qilib, bu butun tun mobaynida ko`rinadi.
Kamayayotgan oy kechqurunlari ko`rinmaydi, u quyosh botgandan keyin chiqib, faqat kunduzi botadi. Shuning uchun uni quyosh chiqqanmdan so`ng ertalab ko`rish mumkin[4].
Oy osmon sferasi bilan birgalikda qiladigan sutkali harakatidan tashqari, ko`zga oson tashlanadigan o`ziga hos harakat ham qiladi. Agar oyning harakati vaziyati bir necha soat davomida birorta yorug` yulduziga kuzatib borilsa oyning yulduzga nisbatan Sharqqa bir soatda o`zining diametriga yaqin miqdorga yani 1/2 gradusga siljishini ko`rish mumkin. Bir sutkada u yulduzlarga nisbatan 13º siljiydi va oldingi sathidagiga qaraganda meridianga taxminan 50 min kechroq keladi. 27,32 sutkadan so`ng oy yer atrofida bir marta to`la aylanib yulduzlarga nisbatan to`la yana avvalgi vaziyatda bo`ladi va o`qi atrofida ham 27,32 sudkalik davr bilan aylanadi. Oyning o`z o`qi atrofida va yer atrofida aylanish davrlari o`zaro tengligi tufayli u yerdan qaraganda doimo bir tomoni bilan ko`rinadi. Oyning sidirik davri deyiluvchi bu davrdan tashqari uning fazalariga ko`ra aniqlanadigan davrlari ham ko`p ishlatiladi. Oyning biror yulduzga nisbatan ikkita bir xil vaiyati orasida o`tgan vaqt yulduz oyi yoki siderik oyi deb ataldi. Oyning ma`lum fazasidan 2 marta ketma ket o`tishi uchun ketgan vaqt uning sinodek davri deyiladi va 21 29,53 sutkani tashkil etadi.
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling