Quyoshda ham dog` bor


Download 17.85 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi17.85 Kb.
#1764953
Bog'liq
Test


MAVZU: JALOLIDDIN RUMIYNING “QUYOSHDA HAM DOG` BOR” ASARIDAN TEST SAVOLLARI (ICHINDAGI ICHINDADIR).


1. Jaloliddin Rumiy qachon va qayerda tavallud topgan?
a) 1207-yilda Balxda;
b) 1207-yilda Konyada;
c) 1217-yilda Damashqda;
d) 1217-yilda Balxda;
e) 1205-yilda Bog`dodda.
2. “Ichindagi ichindadir”(“Fihi mo fihi”) kitobi nima haqida yozilgan?
a) o`sha davr hayoti haqida;
b) olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlari;
c) muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan bo`lgan turli yozishmalari- maktublaridan iborat;
d) muallifning hayot turmushi haqida;
e) barcha javoblar to`g`ri.
3. Jaloliddin Rumiyning “ Ichindagi ichindadur” asarida keltirilishicha dunyo va oxiratda qay bir narsa eng buyuk va mushkul?
a) Ollohning g‘azabi;
b) Birovlarga yaxshilik qilish;
c) Odamlarni tog‘ri yo‘lga boshlash;
d) Ollohning buyurgan ishlarini bajarish;
e) Payg‘ambarlarga ergashish.
4. “ Ichindagi ichindadur” asarida keltirilishicha podshoh Ibrohim Ahmad ovga chiqqanda qaysi hayvon tilga kiradi?
a) kiyik;
b) quyon;
c) ohu;
d) jayron;
e) tog‘ echkisi.
5. Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadur» asari qanday qarashlar o‘rtasiga qo‘yilgan mustahkam ko‘prikni ifodalab beradi?
a) insoniylik va ilohiylik;
b) insoniylik va dunyoviy;
c) diniy va dunyoviy;
d) diniy va ilohiylik;
e) ilohiylik va dunyoviylik.
6. Asarda keltirilgan Zuxd so‘zining ma’nosi?
a) yulduz;
b) oxiratga yuzlanish;
c) dunyoviy narsalarga ko‘ngil qo‘yish;
d) nafsga ergashish;
e) dunyodan yuz o‘girish, toat va oxiratga yuzlanish.
7. Rumiy o`zining barcha asarlarida kimni ulug`laydi?
a) yeru ko`kning sohibi bo`lmish Ollohni;
b) tilsim kalitini tutqazgan Shamsi Tabriziyni;
c) Ollohning zamindagi xalifasi hazrati insonni;
d) a va c javoblar to`g`ri;
e) a va b javoblar to`g`ri.
8. Jaloliddin Rumiy “Quyoshda ham dog` bor” deganda nimani nazarda tutgan?
a) quyoshdagi chaqnashlardan hosil bo`layotgan dog`larni;
b) barcha inson yetuk komillikka ega emasligini;
c) nuqsonsiz inson bo`lmasligini;
d) iliqlik- issiqlik timsoli ekanligini;
e) b va c javoblar to`g`ri.
9. Mavlono Rumiy insonlarni to`g`ri yo`ldagi kichik bir xatosini qanday ta’riflagan edi?
a) Oppoq varoqqa bir nuqta qo`ying-da, so`ng odamlardan varoqda nima ko`ryapsizlar deya so`rang. “Qora nuqta ko`ryapmiz” deyishadi;
b) insonlarga yaxshilik qilasiz, vaqti kelib yordam qo’lini uzata olmasangiz. Shunda sizni yomonga chiqarishadi;
c) to`g`ri yo`ldagi inson qachondir egri yo`lga bilib-bilmay o`tadi;
d) yaxshilikdan ko`ra yomonlik tez ildiz otadi;
e) barcha javoblar to`g`ri.
10. Mavlono Rumiy “Quyosh bilan Oyni taqqoslash mumkin emas. Ikkisi ham o`z o`rnida porlaydi” deb aytganlar. Buning ma’nosi nima?
a) kun va tun har doim o`z o`rnida, hech qachon birlashib ketmaydi;
b) o`z hayotingizni boshqalarniki bilan taqqoslamang;
c) oilada ota va onaning o`z o`rni bor;
d) hech qanday ma’noni anglatmaydi;
e) to`g`ri javob yo`q.


11. Jaloliddin Rumiyning ibratli gaplari ko`rsatilgan qatorni belgilang
a) “Tashvishlanayotgan yagona men” deb o`ylamang. Bilingki, sizning qayg`uyingizni baraka deb biladiganlar bor;
b) qayerda og`riq bo`lsa davo u yerda bor;
c) qashshoqlik bo`lgan joyda baraka bor;
d) qayerda savol bo`lsa, javob o`sha yerda beriladi;
e) barcha javoblar to`g`ri.
12. Gapni davomi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping “Hayot shu sabab yana ham go`zal, …”
a) yaxshi insonlar ko`pligi urchin;
b) qoralar oqni ajratib bergani urchin;
c) har faslning o`z tarovati bo`lgani urchin;
d) insonlarning komillikka intilish kuchi ortganligi urchin;
e) a va d javoblar to`g`ri.
13. J.Rumiyning qaysi asarida “Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan”-?
a) Makotib;
b) Ichindagi ichindadir;
c) Devoni Kabir;
d) Masnaviyi ma’naviy;
e) Zarvon ahli qissasi.
14. Mavlono Rumiy qaysi tillarda ijod qilgan?
a) arab, fors;
b) arab, turkiy;
c) fors, turkiy;
d) to`g`ri javob yo`q;
e) hamma javob to`g`ri.
15. Muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari — maktublaridan iborat kitobi qaysi qatorda ko`rsatilgan?
a) Devoni Kabir;
b) Makotib;
c) Masnaviyi ma’naviy;
d) Ichindagi ichindadir;
e) Zarvon ahli qissasi.


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

a

b

a

d

a

e

d

e

a

b

e

b

d

e

b

Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling