R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov
Download 1.27 Mb.
|
C qo`llanma 29.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-§. C++ dasturlash tilida shartli operatorlar
II BOB. BOSHQARUV OPERATORLARIUshbu bobda C ++ dasturlash tilining asosiy operatorlari tasvirlangan: if shartl operatori; switch tanlash operatori; for, while, do ... while takrorlanish operatori. Shuningdek, blok-sxemalar yordamida algoritmlarni tuzish haqida ma’lumotlar berilgan hamda turli xil murakkablik darajasidagi masalalarni dasturlashga oid misollar keltirilgan. 2.1-§. C++ dasturlash tilida shartli operatorlarKo‘pgina misol va masalalarni dasturlashda hisob-kitoblar tartibi ma’lum shartlarga, masalan, dastlabki ma’lumotlarga yoki dasturning oldingi bosqichlarida olingan oraliq natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda hisob-kitoblarni tartibga solish uchun, shartga qarab, C ++ dasturlash tilining if shart operatoridan foydalaniladi. Ushbu operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha yoziladi: if (shart) 1_operator; else 2_operator; Bu yerda shart mantiqiy (yoki butun sonli) ifoda, o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, 1_operator va 2_operator esa C ++ dasturlash tilining ixtiyoriy operatori bo‘lishi mumkin. if operatori quyidagi tartibda ishlaydi. Birinchi, qavs ichidagi shart tekshiriladi. Agar u nolga teng bo‘lmasa, yoki rost (true) qiymat qabul qilsa, 1_operator bajariladi. Aksincha, agar shart nolga teng bo‘lsa, yoki yolg‘on (false) qiymat qabul qilsa 2_operator bajariladi. if shart operatori qo‘llanilgan algoritm tasviri 14-rasmga tasvirlangan. Masalan, x va y o‘zgaruvchilarning qiymatlarini taqqoslash uchun quyidagi dastur kodi yoziladi: cin>>x; cin>>y; if (a==b) cout<<" x o‘zgaruvchi y ga teng " ; else cout<<" x o‘zgaruvchi y ga teng emas " ; Eslatma: == tenglik belgisi va = o‘zlashtirish operatorini aralashtirmang. Masalan, if (z = 0) k = 1; yozuvda sintaksis xatosi yo‘q. Bunda z = 0 o‘zlashtirish amali natijasi hosil qilanadi va uning qiymati esa shart sifatida tekshiriladi. Ushbu dastur kodida k = 1 operator hech qachon bajarilmaydi, chunki z o‘zgaruvchining qiymati har doim nolga teng, ya’ni yolg‘on (false) bo‘ladi. Bunda to‘g‘ri yozuv esa quyidagicha yoziladi: if (z == 0) k = 1; 14-rasm. if shart operatori blok sxemasi. Agar berilgan masalada shartning qiymatiga qarab bir nechta operator bajarilishi kerak bo‘lsa, operatorlar figurali qavslar { } ichiga yozilishi lozim. Bunday holda, kompilyator operatorlar guruhini bitta ifoda sifatida ko‘rib chiqadi. Masalan: if (shart) { 1_operator; 2_operator; ... } else { 3_operator; 4_operator; ... } Shart operatorida else bo‘limidan foydalanish talab etilmasa, ya’ni shart yolg‘on bo‘lganda hech qanday operator bajarilmasa, u holda else bo‘limini tushirib qoldirish mumkin. Masalan: if (shart) operator; yoki if (shart) { 1_operator; 2_operator; ... } Ushbu “qisqartirilgan” shakldagi shartli operatorning ishlash algoritmi quyidagicha: operator (operatorlar guruhi) shartli ifoda qiymatiga qarab bajariladi yoki o‘tkazib yuboriladi. Ushbu shartli jarayonni bajarish algoritmi 15-rasmda tasvirlangan. 15-rasm. Qisqa shart operatori blok sxemasi. else bo‘limi ishtirokisiz shart operatoridan foydalanishning dastur kodi quyidagicha: cin>>a ; cin>>b; c=0; // c o‘zgaruvchining qiymati faqat a va b teng bo‘lmaganda o‘zgaradi. if (a!=b) c=a+b; cout<<"c="< Shart operatorlari o‘zaro ichma-ich holda qo‘llanilishi ham mumkin. Ichma-ich joylashgan shart operatorlarining ishlash algoritmi quyidagicha (bunda else bo‘limi har doim eng yaqin if ga tegishli bo‘ladi): if (1_shart) if (2_shart) 1_operator; else 2_ operator; Bu yerda 2_operator har doim 2_shart ga aloqador bo‘ladi. Quyidagi dastur kodida esa 1_shart ga aloqador bo‘ladi: if (1_shart) { if (2_shart) 1_operator; } else 2_ operator; Yuqorida bayon etilgan fikrlarni tekshirish uchun C++ dasturlash tilining shartli operatorlardan foydalangan holda bir nechta misollarni ko‘rib chiqamiz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling