R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Download 1.27 Mb.
bet2/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

So‘z boshi


Amaliyotdan ma’lumki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning samaradorligi, bu borada belgilangan vazifalarni bajarishga safarbar qilinadigan mutaxassislarning kasbiy yetukligiga bog‘liqdir.
Ushbu maqsadda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 27-iyil PQ-3151-sonli Qarori, hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018- yil 5- iyun PQ-3775-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Bu esa o‘z navbatida yangi ta’lim tizimida dunyo axborot-ta’lim olamiga kirib borishga, o‘quv-tarbiya jarayonini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘zgartirishga, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni axborot jamiyatida yangicha bilim olishga va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashga keng yo‘l ochib berdi.
Kompyuter vositalariga tayangan holda, axborot texnologiyalarini turli tarmoqlarda keng ko‘lamda qo‘llanilishi hozirgi kunda samarali natijalarga olib kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimining kompyuter texnalogiyalari asosida tashkil etishdagi yutuqlari, o‘qitishning samaradorligini oshirishga asos bo‘lmoqda. Ushbu tizim asosida mashg‘ulotlarning olib borilishi va zamonaviy dasturiy vositalarni qo‘llanilishi, o‘quvchi-talabalarning ijodiy, mantiqiy fikirlash qobiliyatini rivojlanishiga, ma’lumot va axborotlarning ko‘payishi asosida bilimlarini oshirishga zamin yaratmoqda.
Shu sababli, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan, jumladan, innovatsion texnologiyalar tizimlarini yaratish va undan ta’lim jarayonida unumli foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish, bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Shunday qilib, ta’lim tizimida dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni shakllantirish, uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etmoqda.
Demak, ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarni, davr talabiga javob bera oladigan yetuk mutaxassis, komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, yaratuvchanlik tamoyili asosida yangi g‘oyalarga tayangan holdi dasturlash tillaridan kreativ fikrlashini shakillantirishda “Dasturlash tillari” fanini o‘qitish katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada bayon qilingan ma’lumotlar, 5110700- informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, davlat ta’lim standarti va o‘quv rejasiga mos keltirilgan mavzular asosida taqdim etilgan. Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari va mustaqil dasturlash bilan shug‘ullanuvchilarni C++ dasturlash tili bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishlariga qaratilgan.
Qo‘llanma ikkita bobdan iborat bo‘lib, har bir bobda keltirilgan tushunchalardan foydalanish aniq misollar yordamida yoritilgan hamda bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar keltirilgan. Jumladan, birinchi bobda o‘quv dasturiga mos tarzda mavzular ketma-ketligi bo‘yicha C++ dasturlash tilining boshlang‘ich nazariy ma’lumotlari, tilni ishga tushirish va foydalanish usullari yoritilgan. Keyingi bobda C++ tilining boshqaruv operatorlari: shartli operatorlar, takrorlanuvchi jarayonlar, funksiyalar, massivlar, satrlar ustida amallar, struktura va birlashmalar hamda fayllar bilan ishlashga oid ma‘lumotlar va mavzularga mos zaruriy tushunchalardan foydalanish imkoniyatlari misollar orqali taqdim etilgan.
Yuqoridagi fikirlarimizning asosi sifatida ushbu o‘quv qo‘llanmada, foydalanuvchilar C++ dasturlash tilidan barqaror dasturlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi uchun qo‘shimcha misol va masalalar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma ba‘zi kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. Uni yanada mukammal bo‘lishi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling