C++ dasturlash tili alifbosi va xizmatchi so‘zlari
Tanlab olingan algoritm asosida qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun har qanday algoritmik tilning o‘z alifbosi, buyruqlar majmuasi va maxsus dasturlar jamlangan kutubxonasi bo‘lishi zarur. Bu imkoniyatlar C++ dasturlash tilida ham mavjud bo`lib, uning alifbosi quyidagica bo`ladi.
1-jadval
C++ dasturlash tili alifbosi
t/r
|
Nomi
|
Ishlatiladigan belgilar
|
1
|
Katta va kichik lotin alfaviti xarflari
|
(A,B,..,Z, a,b,…,z)
|
2
|
Raqamlar
|
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
|
3
|
Maxsus belgilar
|
“ , {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^
|
Keltirilgan jadvaldan tashqari satrlarni o‘zaro ajratish uchun ishlatiladigan belgilar (misol uchun bo‘shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o‘tish belgilari) ham mavjud.
Izohlar satrini tavsiflash
C++ dasturlash tilida ikki turdagi izohlardan foydalaniladi:
1. Bir satrli. Masalan: // Beriladigan izoh (satr boshida ikkita drop belgisini qo‘yish orqali bir satrli izoh yoziladi);
2. Ko‘p satrli. Masalan: /* Beriladigan izoh */ (izoh boshiga /* belgilari, izoh oxirida esa */ belgilari yoziladi).
C++ tilida operatorlar
C++ dasturlash tilida tuziladigan dastur kodi, kutubxona fayllariga murojaat va bir nechta funksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda, main nomli asosiy funksiya bo‘lishi zarur. Agar dasturda faqat asosiy funksiyadan foydalanilsa, dastur kodi quyidagicha yoziladi:
#include
using namespace std;
int main(){
// dastur tanasi;
}
2-rasm.
Bunda:
1. #include – xizmatchi so‘zi, kutubxona fayliga murojaat qiladi. Foydalanuvchi tomonidan qiymat kiritiladigan yoki ekranga qandaydir ma’lumot chiqariladigan dasturda iostream kutubxona fayli yoziladi. Masalan, kiritish va chiqarish operatoridan foydalanish uchun iostream kutubxona faylidan foydalaniladi;
2. using namespace std – standart nomlarni e’lon qilish;
3. int main() – asosiy funksiya hisoblanib, misol va masalalarning dastur kodi, ushbu bo‘limga, ya’ni { va } belgilari oralig‘iga kiritiladi;
4. { va } – dastur kodi bloki hisoblanadi. Bunga dasturchi tomonidan kiritiladigan buyruqlar bitta operator sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |