R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Download 1.27 Mb.
bet6/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

Ma’lumotlarning tiplari
C ++ dastrulash tilining ma’lumotlar tiplarini asosiy va tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin. C ++ dastrulash tilida o‘zgaruvchilarning asosiy tiplariga quyidagilar kiradi:
char - belgili;
• int – butun son;
• float – haqiqiy son;
• double - ikki karra haqiqiy son;
• bool - mantiqiy.
Ma’lumotlarning boshqa tiplarini shakllantirish uchun spetsifikator (qiymat chegarasi) lardan foydalaniladi. Spetsifikatorlar yordamida belgilangan tiplar tarkibiy ma’lumotlar deyiladi.
C ++ dasturlash tilida ma’lumotlar tipining to‘rtta spetsifikatori mavjud:
short - qisqa;
• long - uzun;
signed - ishorali;
• unsigned - ishorasiz.
Bularning imkoniyatlarini quyida ko‘rib chiqamiz:
Belgili tiplar
Belgili o`zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda char tipidan foydalaniladi. char tipidagi ma’lumotlar kompyuter xotirasida bir bayt joy egallaydi. Buning sababi shundaki, odatda 256 ta belgilardan birini saqlash uchun qancha belgi turiga teng bo‘lsa, shuncha xotira ajratiladi. Belgining turi ishorali yoki ishorasiz bo‘lishi mumkin.
4-jadval
Belgili tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi

t/r

Toifa nomi

Hajm, bit

Qiymatlar chegarasi

1.

char

1 bayt

-128 … 127

2.

unsigned char

1 bayt

0 … 255

3.

signed char

1 bayt

-128 … 127

Belgili o‘zgaruvchilar quyidagicha e’lon qilinadi:


- char a , satr; // ikkita belgili o‘zgaruvchini e’lon qilish.
Belgili ma’lumotlar bilan ishlashda shuni yodda tutish kerakki, agar bitta belgidan ifodada foydalanish kerak bo‘lsa, belgini bittali qo‘shtirnoq ichida yozish lozim. Masalan, ‘x’, ‘y’, ‘-’, ‘5’.
Belgilar ketma-ketligi, ya’ni satrdan foydalanish kerak bo‘lsa, satr qo‘shtirnoq ichida yozilishi lozim. Masalan, "Dasturlashni o‘rganamiz!"

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling