R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Download 1.27 Mb.
bet7/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

Butun sonlar
Butun sonli o`zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda int tipidan foydalaniladi. int tipidagi o‘zgaruvchi kompyuter xotirasidan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt joy egallaydi. Bu protsessorning ishlashiga bog‘liq hisoblanadi.
Butun sonli qiymatlarning toifa nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi 5-jadvalda keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, barcha butun sonlar ishorali bo‘lganligi sababli signed spetsifikatorini yozish majburiy emas.
5-jadval
Butun sonli tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi

t/r

Toifa nomi

Hajm, bit

Qiymatlar chegarasi

1.

int

4 bayt

–2147483647 ... 2147483647

2.

unsigned int

4 bayt

0 ... 4294967295

4.

short int

2 bayt

–32767 ... 32767

5.

long int

4 bayt

–2147483647 ... 2147483647

6.

unsigned short int

2 bayt

0 ... 65535

8.

long long int

8 bayt

–(263–1) ... (263–1)

10.

unsigned long int

4 bayt

0 ... 4294967295

11.

unsigned long long int

8 bayt

0 ... 264–1

Jadvalda keltirilgan butun sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflashga quyidagi misolni keltirish mumkin:


int x, y, z;
unsigned long int M, N, K;
Haqiqiy sonlar
Haqiqiy sonli o`zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda float yoki double tiplaridan foydalaniladi. Haqiqiy sonning kompyuter xotirasidagi ko‘rinishi, butun sonning tasviridan farq qiladi. Son mE ± p eksponensial shaklida ifodalanadi. Bu yerda m – mantissa (o‘nli ko‘rinishdagi butun yoki kasr son), p – tartibi (butun son). Eksponensial yozuvdagi sonni odatdagi yozuvga aylantirish uchun, mantissa (m) ni tartib (p)ning o‘ninchi darajasiga ko‘paytirish kerak. Masalan,
,
.
Odatda float tipi kompyuter xotirasidan 4 bayt joy egallaydi, shundan bitta ikkilik bit belgiga, 8 bit tartibga va 23 mantissaga beriladi.
double tipidagi qiymatlar kompyuter xotirasidan 8 bayt joy egallaydi, unda tartib va ​​mantissa uchun mos ravishda 11 va 52 bit ajratilgan. Mantissaning uzunligi sonni aniqligini belgilaydi va tartibi uzunligi esa uning diapazoni anglatadi. double tip nomi oldida long xizmatchi so‘zi yozilsa, xotiradan 10 bayt joy ajratiladi. Haqiqiy tiplarning toifa nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi 6-jadvalda keltirilgan.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling