R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Download 1.27 Mb.
bet16/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

for takrorlash operatori
for operatori takrorlanishlar soni aniq bo‘lgan jarayonlarni hisoblashda foydalaniladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
for (boshlang‘ich_o‘zlashtirish; shart; qadam) operatorlar;
Bu yerda, boshlang‘ich_o‘zlashtirish – vergul bilan ajratilgan operator yoki operatorlar guruhi bo‘lib, siklda ishlatiladigan qiymatlarga boshlang‘ich qiymatlarni, shu jumladan sikl parametrini belgilash uchun ishlatiladi va sikl boshida bir marta bajariladi; shart – siklga kirish shartini belgilaydigan butun yoki mantiqiy ifoda, agar shart rost bo‘lsa (nolga teng bo‘lmasa), u holda sikl bajariladi; qadam – operator yoki vergul bilan ajratilgan operatorlar guruhi, ular har bir takrorlanishdan keyin bajariladi va sikl parametrini o‘zgartirishga xizmat qiladi; operator - siklning tanasi bo‘lgan har qanday C++ dasturlash tili operatori.
For takrorlanish operatorining blok-sxemasi 16-rasmda keltirilgan.

16-rasm. For takrorlash operatori blok sxemasi.
Bunda qadam yoki operator natijasi shartga ta’sir qilishi kerak, aks holda sikl hech qachon tugamaydi. Masalan:
for(int i=n1; i<=n2; i++) m;
Bu yerda i sikl parametri, n1, n2 esa i parametrining boshlang‘ich va oxirgi qiymati hisoblanadi (bunda n1<=n2 bo‘lishi shart). Ular o‘zgarmas son yoki ifoda bo‘lishi mumkin. Bunda m sikl tanasi bo‘lib, bir nechta operatorlardan iborat bo‘ladi. Agar sikl tanasi bir necha operatordan iborat bo‘lsa, ular {…} ichiga olinadi.
Agar for(int i=n1; i<=n2; i--) ko‘rinishda berilsa, sikl parametri teskari bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni -1 qadam bilan (bu yerda n1>=n2 bo‘lishi shart). U holda sikl quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: for(int i=n1; i<=n2; i--) m;
for operatori tarkibidagi boshlang‘ich_o‘zlashtirish, shart yoki qadam ni tushirib qoldirish ham mumkin, ammo nuqta-vergul joyida qolishi kerak. Masalan, eng sodda ko‘rinishdagi takrorlash operatori quyidagi ko‘rinishga ega:
for ( ; ; ) cout <<”Cheksiz takrorlash…” ;
Agar takrorlanish jarayonida bir nechta o‘zgaruvchilarning qiymati bir vaqtda o‘zgarishi talab etilsa, bunda boshlang‘ich_o‘zlashtirish va qadam ifodalarida bir nechta operatorlarni vergul bilan yozish orqali amalga oshirish mumkin:
for (int i=1, j=10; i<=10; i++, j--)
{

};
Yuqoridagi takrorlanish operatorining har bir qadamida i va j o‘zgaruvchilarning qiymatlari mos ravishda o‘zgarib boradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling