R a s m I y I s h y u r I t I s h a s o s L a r I


Ish qog`ozlarini qanday yozish kerak?


Download 114.5 Kb.
bet2/11
Sana26.01.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1128275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ICHKI VA TASHQI HUJJATLAR

Ish qog`ozlarini qanday yozish kerak?

  1. Ish qog`ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada (ko`k, qora, gunafsharang sterjen bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi (raport) kompyuterda yozilmay, faqat qo`l bilan yoziladi. Dalolatnoma (akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin.

  2. Hujjatlarda o`chirish yoki tuzatishga yo`l qo`yilmaydi.

  3. Ish qog`ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.

  4. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so`z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo`nda bo`lishi lozim. Ish qog`ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari - “Sizga”, “Sizning”,”Sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.

  5. Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so`ng qavs ichida shu raqamning so`zdagi ifodasi ko`rsatiladi.

  6. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so`ng qo`shimcha yozilmay, uning o`rniga defis (-) qo`yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so`ng hech qanday qo`shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs.

  7. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %, (telegrammalarda bular so`z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)

  8. Ish qog`ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so`ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko`rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3- shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo`ladi.




  1. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o`zbekcha gap tuzilishidan kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Bunda dastlabki to`rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.




Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling