R a s m I y I s h y u r I t I s h a s o s L a r I
Download 114.5 Kb.
|
ICHKI VA TASHQI HUJJATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy faoliyatga oid buyruqlar
- Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling
Farmoyish hujjatlari
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko`rmatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi. Buyruq Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo`llaniladi. Mohiyat-e`tibori bilan buyruqlar ikkiga bo`linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo`limlari faoliyatini tartibga solishda qo`llanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi. Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko`rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo`lmagan hollarda to`g`ridan-to`g`ri buyruqning farmoyish qismi beriladi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so`zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo`yib yozishdan boshlanadi. Shundan so`ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo`lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe`lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o`tkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi. Ba`zan farmoyishdan so`ng buyruqqa asos bo`lgan hujjat nomi ham ko`rsatiladi. Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling: — hujjat jo`natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to`la muvofiq holda yozish; — hujjat matniga aniq sarlavha qo`yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida; — hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o`rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to`g`ri belgilash; — gap qurilishida so`zlar tartibiga qat`iy rioya qilish; matnda ko`chma ma`noli so`z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma`noli so`zlarni qo`llamaslik; — murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik; — norasmiy va asoslanmagan ma`lumot yoki dalillarni kiritmaslik; — muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan birikmalarni qo`llash; — qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo`llamaslik; — so`zlar va gaplarda imlo me`yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o`z o`rniga to`g`ri qo`yish, tuzatish yoki o`chirishlarga yo`l qo`ymaslik; — matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq ko`rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi. Buyruq shakli
Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling