Farmoyish
Muassasa ma`muriyati (dirеktor, uning o`rinbosarlari, bosh muhandis, uning o`rinbosarlari), shuningdеk bo`limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati chеklangan bo`lib, bo`limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo`ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so`zi o`rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, Н.Махмудов. Иш юритиш. Т. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2000.
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo`ldoshev. Davlat tilida ish yuritish. T., “Sharq” 2004.
Ризаев С. Иш қоғозларининг айрим намуналари. Т., "Меҳнат" 1990.
Т.З. Имамова, Л.А. Тухватуллина. Иш қоғозлари қандай ёзилади? Как писать деловые бумаги? Т., “Ўзбекистон”, 1992.
www.ziyonet.uz
www.uzedu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |