R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov


Download 140.16 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi140.16 Kb.
#1158295
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xrpt jhzcs2xe2c5ef7iy4yiscl8h1ald25tabidu02114t60pdxi3635h1c91n

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


R.D.DO‘SMURATOV, B.YU.MENGLIQULOV




QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA
STATISTIKA ASOSLARI
(O‘quv qo‘llanma)


TOSHKENT - 2014


UO‘К: 657.1(075) KBК 32.81ya73 D-32


D-32 Dusmuratov Radjapbay Davlatbayevich, Mengliqulov Baxtiyor Yusupovich. Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 392 bet.


ISBN 978–9943–4265–3–5

O‘quv qo‘llanma 600000-«Qishloq va suv xo‘jaligi» bilim sohasining 5620200- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo‘yicha), 5620300-O‘simliklar himoyasi va karantini, 5620400-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, 5620500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, 5620900-Ipakchilik, 5140900-Kasb ta’limi (5620200-Agronomiya) bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan.


Xo‘jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xil toifalari, buxgalteriya hisobining predmeti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari tushunarli va batafsil bayon qilingan.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ta’minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayon- larini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o‘rin egallagan., hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati etarli darajada bayon etilgan.
Statistikaning mazmuni, ahamiyati, predmeti va metodi hamda qishloq xo‘jalik statistikasining xususiyatlari yoritilgan. Xususan, dehqonchilik va chorvachilik statistikasi, qo‘llaniladigan statistik metodlar hamda ularning amaliy ahamiyati aniq misollar bilan keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining noiqtisod bakalavriat yo‘nalishlari talabalari mo‘ljallangan. Shuningdek, qishloq xo‘jalik kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va fermerlar ham foydalanishlari mumkin.

Download 140.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling