R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda ko’p uchraydigan xato-kamchiliklar


Download 1.08 Mb.
bet17/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda ko’p uchraydigan xato-kamchiliklar



Amortizatsiya ajratmalari bo’yicha aniqlangan xatolar

Qaysi hujjat qoidasi buzilgan

Xatoning oqibati

Asosiy vositalar dastlabki (inventar) qiymatining noto’g’ri aniqlanishi (oshirilishi yoki pasaytirilishi)

?



Amortizatsiya ajratmalari summalari oshib (kamayib), soliqqa tortiladigan foydaning buzib ko’rsatilishiga olib keladi.

Korxona zarar ko’rib ishlaganida amortizatsiya hisoblanmaslik

?

Xo’jalik faoliyati moliyaviy natijasining buzilishi va amortizatsiya hisoblanadigan ob’ekt foidali xizmat muddatining cho’zilishi

Amortizatsiya ajratmalarini har chorakda bir marta (choraklik hisobot tuzish paytida) hisoblash.

?



Xo’jalik faoliyati faktlarining vaqtinchalik aniqlik tamoyilining buzilishi. Alohida davrlar bo’yicha moliyaviy natijalar buzib ko’rsatilishi

To’liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblashning davom ettirilishi

?

Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining buzilishi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining sun’iy ravishda oshib ketishi, soliqqa tortiladigan bazaning, hamda yuridik shaxslarga mulk solig’ini hisoblashda mulklar qiymatining kamaytirilishi

Amortizatsiya ajratmalari hisoblashning boshlanish va to’xatilish muddatlarini aniqlashdagi xatolar

?

Amortizatsiya hisoblashni vaqtidan oldin boshlash soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishiga, shuningdek, amortizatsiya hisoblashning vaqtidan oldin tugashini bildiradi

Ijaraga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital xarajatlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi

?

Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxining pasayishi. Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining buzib ko’rsatilishi

Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish chog’ida quyidagi tahliliy amallar qo’llanilishi mumkin:



  1. asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) bo’yicha qoldiqlarni va joriy yilda hisoblangan amortizatsiyani oldingi davrlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash va ularning o’zgarishini baholash;

  2. joriy yilda jamg’arilgan amortizatsiya qoldig’ini oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash.

Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirishda auditor korxonada o’rnatilgan amortizatsiya normalarining mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ularning yo’qligi yo’l qo’yilgan xatolarga sabab bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga muvofiq (23-modda) 1998 yil 1 yanvaridan boshlab asosiy vositalarga quyidagi normalarga asosan amortizatsiya hisoblanadi:



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling