R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari


Download 1.08 Mb.
bet19/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari. Bu holda ta’mirlash ishlari tuzilgan shartnomalar asosida pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladi, bunda 6010«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladigan, korxonaning ta’mirlash tashkilotlari bilan hisob-kitoblari tekshirish ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, ta’mirlash ishlari tadbirkor jismoniy shaxslar yoki tadbirkor bo’lmaganlar bilan tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan ham bajarilishi mumkin. Sarflarni ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shish faqat ta’mirlash ishlarini bajarish smetasi shartnoma bilan ko’zda tutilgan holatdagina mumkin. Agar bunday bo’lmaganda, jismoniy shaxslar bilan tuzilgan pudrat shartnomalari bo’yicha bajarilgan ishlar uchun qilingan xarajatlar korxonaning sof foydasi hisobiga hisobdan o’chirilishi lozim. Jismoniy shaxslardan byudjetga daromad solig’i ushlanishi va o’tkazib berilishi lozim.
Xo’jalik usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari. Avval ta’kidlab o’tilganidek, ta’mirlash fondi tashkil etmaydigan ko’pchilik korxonalar barcha qilgan xarajatlarini ularning qilinish me’yoriga qarab mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlariga qo’shadilar. Katta va o’rta korxonalarda maxsus ta’mirlash xizmatlari (tsexlar, uchastkalar) bo’lishi mumkin. Bunday bo’linmalarning xarajatlari amalda ta’mirlash turlari: joriy, o’rta, kapital ta’mirlash bo’yicha 2310«Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyotining «Ta’mirlash ustaxonasi» analitik schyotida oldindan yig’ilib ta’mirlash ishlari tugallanganidan keyin korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatiga ko’ra 2310-schyot kreditidan ishlab chiqarish schyotlari (2010, 2510, )ning debetiga yoki ta’mirlash fondi (8910-schyot «Ta’mirlash fondi» analitik schyoti) hisobiga hisobdan o’chiriladi. Kapital va o’rta ta’mirlash uchun smetalar tuzilgan bo’lishi lozim. Bularning hammasi auditor tomonidan tekshiriladi.
U xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. Dastlabki hujjatlar (materiallarni olish uchun talabnoma va boshqalar)da xarajatlarning yo’nalishi, ya’ni ta’mirlash ishlari ko’rsatilishi lozim. Auditor korxona ma’muriyatiga nuqson (defekt)lar vedomostiga asosan tuziladigan, choraklarga bo’lingan, ta’mirlash ishlarini o’tkazishning 1 yillik rejasini tuzishni tavsiya qilishi mumkin. Bu tadbirlar o’z navbatida korxonalarga ta’mirlash maqsadida mablag’lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga imkon yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalarni malakali auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, sifatli auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish uchun ushbu hisob ob’ektini har tomonlama sinchiklab tekshirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, bu ishga kirishishdan oldin asosiy vositalar hisobiga doir barcha me’yoriy hujjatlar hamda boshqa zarur manbalardan iborat ma’lumotlar to’plamini shakllantirish zarur. Shundagina auditor malakali tekshiruv o’tkazib, korxonaga (mijozga) sifatli xizmat ko’rsatishi va qimmatli maslahatlar berishga erishishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling