R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Idishlar bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
Idishlar bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish. Ayrim korxonalarda idishlar soni va ularning qiymati katta miqdorni tashkil etadi. Auditor idishlar qiymatining to’g’ri shakllanganligi va hisobda aks ettirilganligini tekshiradi. Sintetik hisobda idishlar, ularni sotib olish uchun ketgan barcha xarajatlardan tashkil topadigan haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, idishlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligi ham tekshiriladi.
Mahsulotlarni tashish va joylashtirish uchun ishlatiladigan idishlar mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlar 1060-«Idish va idishlik materiallar» schyotida umumlashtiriladi. Agar mahsulotlar joylashtirilgan idishlar qiymati ularning sotish bahosiga qo’shilgan bo’lsa, idishlar qiymati hisobdan o’chiriladi va mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladi (agar idishga joylashtirish bevosita asosiy ishlab chiqarish tsexlarida amalga oshirilsa), yoki tijorat sarflariga olib boriladi (mahsulotlar tayyor mahsulotlar omboriga topshirilganidan so’ng idishlarga joylashtirilganda). Savdo tashkilotlarida 2950 - «Tovar bilan band va bo’sh idishlar» schyotida, chakana savdodagi tovar bilan band shisha idishlar va bo’sh idishlar esa tovar sifatida 2920 - «Chakana savdodagi tovarlar» schyotida hisobga olinadi. Transport shaklidagi idishlarni aylanuvchanlik hususiyatiga ko’ra ikkita asosiy toifaga bo’lish mumkin: 1. bir marta aylanadigan - sotib olish bahosi mol etkazib beruvchida sotiladigan materiallarning qiymatiga qo’shilgan idishlar (ular mol etkazib beruvchilarga qaytarilmaydi); 2. ko’p marta aylanadigan - muomalada bir necha marta bo’ladigan idishlar, mol etkazib berish shartnomasiga muvofiq bunday idishlar mol etkazib beruvchilarga qaytariladi. «Qaytariladigan» va «qaytarilmaydigan» idish tushunchasi faqatgina sotuvchi va xaridor o’rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi. Tovar bilan birgalikda etkazib beriladigan, ayrim turdagi ko’p marta aylanadigan tovarlar uchun xaridordan garov olinib, u bo’shatilgan idish qaytib olinganidan so’ng xaridorga qaytariladi. Idishlarning garov qiymati mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlarida alohida satr bilan ajratib ko’rsatiladi. Garov bahosi bilan aylanib yuradigan ko’p marta aylanadigan idishlar mol etkazib beruvchining mulki bo’lib qoladi. Sotuvchi uni sotishni, xaridor esa sotib olishni mo’ljallamagan. Idishlar uchun garov to’lash idishlarni qaytarib berishni ta’minlash vositasi bo’lib hisoblanadi. Tovarlar ko’p marta aylanadigan idishlarda sotilganida mol etkazib berish shartnomasi shartlariga xaridorning ushbu idishlar hammasini yoki ma’lum bir qismini qaytarish majburiyati kiritiladi. Agar idishlar mol etkazib beruvchiga shartnomada ko’rsatilgan muddatda topshirilmasa, idishlarning garov qiymati xaridorga qaytarilmaydi. Agar korxonada garovli idishlardan foydalanilayotgan bo’lsa, u holda auditor bunday muomalalarni hisobga olishning to’g’riligini tekshirishi zarur. Ko’p hollarda garovli idishlarning qiymati mulkiy huquq va haqqoniylik qoidasi buzilib, korxonaning o’z mulklari tarkibida aks ettiriladi. Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasida normal tovar harakati sodir etilganida garovli idish mol etkazib beruvchining mulki bo’lib qoladi va uning hisobida aks ettiriladi. Ko’p marta aylanadigan garovli idishga mulk huquqi mol etkazib beruvchida qolishi sababli, uning qiymatini xaridorning buxgalteriya hisobida aks ettirish mulklar qiymatining oshib ketishi va oshiqcha mulk solig’i to’lashga olib keladi. Mol etkazib beruvchi tomonidan qabul qilinmaydigan ko’p marta aylanadigan garovli idishga egalik huquqi, qaytarishni rad etishga hujjatlar rasmiylashtirilganidan so’ng xaridorga o’tadi. Idishlar analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha nomma-nom yuritilishi kerak. Auditor uni tekshirish chog’ida moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari va saldo vedomostlari bo’yicha ma’lumotlarni taqqoslash yo’li bilan xatolarni aniqlashi mumkin. Normal tovar harakati jarayonida vujudga keladigan va tashish, yuklash hamda tushirish bilan bog’liq sarflar xarajatlarni hisobga oladigan schyotlarda aks ettiriladi. Idishlarning sinishi, darz ketish va buzilishi, normal tovar harakatining buzilishi oqibatida ular qiymatining pasayshi idishlar bilan sodir bo’ladigan muomalalar bo’yicha zararlar sifatida «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi…. . Nizom»ga muvofiq realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibiga qo’shiladi. Tovar-moddiy zahiralar aktivlarning boshqa har qanday turi-ga qaraganda xo’jalik faoliyatiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Tekshi-ruv natijalarini umumlashtirib, auditor ishchi hujjatlarida to’plangan dalil-isbotlarni bir tizimga keltirishi zarur. Munta-zam yo’l qo’yib kelingan qoidabuzarliklar bo’yicha aniqlangan xato-larni to’liq tekshirishga tadbiq qilish zarur. Tafovutlarning katta-kichikligi tanlov ko’lami va xatolarning muntazam sodir bo’lishini hisobga olgan holda aniqlanadi. Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishda yo’l qo’yilgan katta xatolar buxgalteriya hisobotlarida oborot mablag’lari, sotish tannarxi, yalpi va sof foydaning buzib ko’rsatilishiga olib keladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling