R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirish


Download 1.08 Mb.
bet55/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

6. Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirish.
Auditor, avvalo ishlab chiqarish zahiralarini sotishga doir muomalalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini, barcha hujjatlar - shartnomalar, ishonchnomalar va tovar-transport nakladnoylari va boshqa dastlabki hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini (jumladan, ularda QQS alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligini) aniqlashi lozim.
Moddiy boyliklarni sotishga doir muomalalarga materiallarni hisobga oladigan schyotlar (1010-1090) kreditlanib 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi va xaridorlardan olingan (olinadigan) daromad summasiga esa 5110-«Hisob-kitob schyoti» (4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti) debetlanib, 9220-schyot kreditlanadi.
Moddiy boyliklarni tekinga berish bo’yicha auditor soliqqa tortish maqsadida ular qiymatini aniqlashning to’g’riligini tekshiradi. Ularni hisobdan o’chirish quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtirilishi lozim: hisobdagi bahosiga 9220-schyot debetlanib, 1010-1090 va 2910 schyotlar kreditlanadi.
Foyda solig’ini hisob-kitob qilish uchun berilgan moddiy boyliklar qiymati o’rtacha sotish bahosi yoki oxirgi sotish bahosi bo’yicha hisoblab chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralar yo’qolishining hisobdan o’chirilishini tekshirish. Tovar-moddiy boyliklarning kamomadi, buzilishi va qayta baholanib bahosining pasaytirilishini hisobdan o’chiradigan hujjatlar, hamda ayrim turdagi materiallarni tashish chog’idagi tabiiy kamayish me’yorining to’g’ri qo’llanilishi maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazilishi lozim. Masalan, zich (germetik) yopiladigan idishlarda tashiladigan tovar-moddiy zahiralar bo’yicha tabiiy kamayish me’yorlari qo’llanilmaydi. Shisha idishlarda tashiladigan materiallar bo’yicha esa ruxsat etilgan sinish me’yori qo’llaniladi. Tabiiy kamayish me’yori doirasidagi va undan oshgan yo’qotishlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hujjatga asosan faqat korxona rahbarining ruxsati bilan taqqoslash vedomostidagi kamomaddan oshib ketmagan miqdorda hisobdan o’chirilishi mumkin.
Belgilangan tabiiy kamayish me’yoridan oshiqcha hisobdan o’chirish, hamda buzilish va arzonlashtirishdan ko’rilgan yo’qotishlarga doir muomalalar auditordan maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Arzonlashtirish va buzilishdan ko’rilgan yo’qotishlar dalolatnomalar va inventarizatsiya ro’yxatlari, arzonlashtirish yoki buzilish sodir bo’lgan sanadagi bozor baholari, hamda arzonlashtiriladigan materiallarning xarid baholari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Bundan tashqari, auditor dastlabki hujjatlar asosida analitik va sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarni ham tanlab tekshiradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling