R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inventarizatsiyada aniqlangan TMZ larning oshiqcha chiqishi quyidagi tartibda baholanadi va balansga qabul qilinadi
- Ushbu summa belgilangan tartibda joriy davr uchun soliqqa tortiladi.
a) Haqiqiy qiymati bo’yicha
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090) b) Ko’rilgan zarar summasiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» scheti Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Inventarizatsiyada aniqlangan TMZ larning oshiqcha chiqishi quyidagi tartibda baholanadi va balansga qabul qilinadi: a) Tovarlar mazkur turdagi yoki shularga o’xshash tovarlarning oshiqcha chiqishlar aniqlangan paytdagi bozor qiymati bo’yicha baholanadi va balansga kirim qilinadi. b) Tayyor mahsulotlar oshiqcha chiqishlar aniqlangan paytdagi haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha balansga kirim qilinadi. v) Materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari mazkur turdagi yoki shularga o’xshash materiallar yoki inventar va xo’jalik ashyolarining oshiqcha chiqishi aniqlangan paytdagi haqiqiy qiymati (balans qiymati) bo’yicha balansga kirim qilinadi. g) Iventarizatsiyada aniqlangan TMZ larning oshiqcha chiqish summalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet –Tovar moddiy zahiralarni hisobga oladigan schyotlar (1010-1090, 2810, 2820, 2910-2990) Kredit 9320-«Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda» scheti; Ushbu summa belgilangan tartibda joriy davr uchun soliqqa tortiladi. Kamomadlar summasining aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi. Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti yoki Debet 6710 – «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti Kredit 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti yoki Kredit 4890-»Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti Moddiy boyliklarning but saqlanayotganligini tekshirishda moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini va chiqimga to’g’ri hisobdan o’chirilganligini aniqlash muhim o’rin egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha xom ashyo hosil qilinib, undan noqonuniy maqsadlarda «chapga ketadigan» mahsulot ishlab chiqarishga yo’l ochib beriladi. Odatda, moddiy boyliklarni kirim qilishni nazorat qilish mol etkazib beruvchilardan kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday hujjatlar jumlasiga to’lov talabnomalari, schyot-fakturalar, turli ilovalar (spetsifikatsiyalar, sertifikatlar, sifat yorliqlari va hokazo) qo’shib yuboriladigan tovar-transport yuk xat (nakladnoy)lari kiradi. Korxonaga keltirilgan moddiy boyliklar tegishli omborxonaga o’z vaqtida kirim qilinishini yoki agar ular darhol tsexga beriladigan bo’lsa, omborxona orqali rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi. Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi va tsexga berilganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, moddiy boyliklarni tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: yo’ldagi moddiy boyliklar va fakturasiz jo’natilgan moddiy boyliklarni hisobga olish ishlari to’g’ri bajarilishini; balansda ko’rsatilgan, yo’ldagi moddiy boyliklar qoldiqlarining haqqoniyligi; 10-«Materiallarning pul ifodasidagi harakati» qaydnomasining to’g’ri yuritilishini;zimmalarida moddiy boyliklar qoldiqlari hisobda turgan moddiy javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda moddiy hisobotlarni topshirishini; aytilgan hisobotlar topshirilmay turib(moddiy javobgar shaxsning kasalligi yoki boshqa sabablarga ko’ra) korxona rahbarining alohida farmoyishi bo’yicha materiallar hisobdan chiqarilishini va hisobdan chiqarilgan materiallarning soni va qiymatiga keyin topshirilgan hisobot bo’yicha o’zgartirishlar qilinishi;moddiy boyliklar ishdan bo’shagan xodimlar hisobida turgan hollar borligini (agar bor bo’lsa, buning sabablarini va aybdor shaxslardan ularning qiymatini undirish uchun qanday choralar ko’rilganligini );kelib tushgan(mol etkazib beruvchilardan va hokazo ) moddiy boyliklar hisob baholari bo’yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal orderlarda aks ettirilgan baholar bo’yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va sotilgan materiallar hamda foydalanishga berilgan va ishga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi tegishli balans schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini; moddiy boyliklarning amaldagi tannarxini ularning hisob baholari bo’yicha qiymatidan farqi to’g’ri aniqlanganligini va hisobdan chiqarilganligini; hisob baholarini qo’llash qiyin bo’lgan inflyatsiya sharoitlarida moddiy boyliklarni baholash usuli borasida korxonada qanday hisob yuritish siyosati qo’llanilayotganligini; transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibi to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi; moddiy boyliklarning harakatiga doir muomalalar 16-qaydnomada to’g’ri va to’liq aks ettirilganligini;jo’natilgan moddiy boyliklar uchun xaridorlar zimmasidagi qarzlarning haqqoniyligini; da’vo qilish muddati tugagan, to’lash muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning bor-yo’qligini;xaridorlar tomonidan qisman aktseptlangan yoki bankka to’liq summada to’lash rad qilingan, bankka inkassaga qo’yilgan schyotlar bor-yo’qligini, bunday hollarda qanday choralar ko’rilganligini; omborxona xo’jaligining ahvolini;moddiy boyliklarning saqlanish sharoitlarini; materiallar miqdor va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha to’g’ri qabul qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarni saqlash va hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning bajarilishini, ularni saqlash qoidalarining buzilish sabablarini; korxona omborxonasi hududidan moddiy boyliklarning transportda yoki transportsiz olib chiqib ketilishi ustidan nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolarining texnik holatini; moddiy boyliklar biriktirib qo’yilgan xodimlar bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilganligini; moddiy boyliklarning omborxonadagi harakati to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishini; ishonchnomalarni berish va ulardan foydalanishga doir hisobotlar tuzish qoidalariga rioya qilinishini; moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga to’g’ri hisobdan chiqarilishini; amaldagi me’yorlarning hozirgi zamon texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ishlash uchun chetga berishning to’g’ri rasmiylashtirilishini; moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy kamayish me’yorlariga muvofiq ularning kamomadi va yo’qolishlarini hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o’xshashlarni. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling