Inventarizatsiyada aniqlangan tovar-moddiy zahiralar (TMZ) kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Kam chiqqan TMZ larning haqiqiy qiymati (balans qiymati) bo’yicha hisobdan o’chirilishi.
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti
Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090)
Agar baholash natijasida TMZ larning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan TMZ lar haqiqiy qiymatidan yuqori bo’lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti
b) Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olinishi lozim bo’lgan bozor qiymatida
Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti
Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti
v) Aybdor shaxslar yoki modiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo’lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o’rtasidagi farq summaga
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» scheti
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Agar baholash natijasida kam chiqqan TMZ larning bozor qiymati (undiriladigan summa) haqiqiy qiymatidan past bo’lsa ko’rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) Kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti
b) Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymatiga
Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti
Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti
v) Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo’lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o’rtasidagi farq summaga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti
Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
TMZ lar kamomadining aniq aybdorlari topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo’lmagan hollarda TMZ larni hisobdan o’chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |