20-BOB. HISOB-KITOBLAR AUDITI.
REJA:
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
2. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi.
4. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
5. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi.
6. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.
7. Da’volar va olingan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
8. Byudjet bilan hisob - kitoblar auditi.
9. Ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar auditi.
10. Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi.
11. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko’p hato-kamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
to’liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi;
mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |