R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Byudjet bilan hisob - kitoblar auditi


Download 1.08 Mb.
bet87/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

8. Byudjet bilan hisob - kitoblar auditi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq ko’pchilik korxonalar byudjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigimlar to’laydilar.
Soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog’liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
Byudjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e’tibor berishi lozim bo’lgan murakkab ob’ekt hisoblanadi. Birinchidan, byudjetga to’lanadigan soliqlarning noto’g’ri hisoblanganligi va to’langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo’llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to’g’riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So’ngi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik hulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir.
Agar auditor xulosasi davlat byudjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq sanktsiyalar kuchga kiradi. (S. K. 135-m). Bunday hollarda auditorlik firmasi aditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga huquq beradigan litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to’lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’yicha ko’rsatkichlarning to’g’riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi, tekshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan korxonalarning byudjet bilan o’zaro munosabatlari kengaymokda. Respublikamizning barcha hududlarida byujetga to’lanadigan to’lovlarning to’g’riligini aniqlaydigan va ularning o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat soliq komitetiga katta huquqlar berilgan. Xususan, Respublika soliq komiteti hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq inspektsiyalariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan ob’ektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko’rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo’llash. Bunday xato ikkinchi marta takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lash uchun zarur bo’lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasidan o’n foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh barobaridan etti barobarigacha ma’muriy jarima solinadi.
Shuning uchun auditor byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to’liq hamda o’z vaqtida bo’lishi uchun hayrhoh bo’lmog’i lozim. Byudjet bilan hisob-kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni ko’rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspektsiyasi tomonidan qo’llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan bog’liq bo’lgan zararlardan qutilib qolishga yordam beradi.
Shunning uchun u byudjet to’lovlariga doir hisob-kitoblarning to’g’riligi va ularning O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o’z vaqtida o’tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Byudjetga to’lanadigan to’lovlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi bilan, ayrim to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi esa Davlat Soliq Komiteti va Moliya vazirligining tegishli yo’riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Soliqlar bo’yicha qarzlar yuridik shaxslarning byudjet oldidagi majburiyati bo’lib hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to’lanadi. Soliq qonunchiligining tez-tez o’zgarishi va me’yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo’yicha qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o’tkazilganida quyidagi hatolar aniqlanishi mumkin:

  1. soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari va yo’riqnomalarning noto’g’ri qo’llanishi;

  2. soliq stavkalarining noto’g’ri qo’llanilishi;

  3. soliqqa tortiladigan bazaning noto’g’ri aniqlanishi;

  4. penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi:

  1. soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;

  2. soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib ko’rsatilishi yoki yashirilishi;

  3. byudjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto’g’ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;

  4. soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho’’ba korxonalar o’rtasidagi hisob-kitoblar bo’yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.

Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo’llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to’lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va hakazo talablar aks ettiriladi.
Soliq majburiyatlarining noto’g’ri aniqlanishi katta moliyaviy yo’qotishlar keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tekshiruvlarni tashkil etish va o’tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor berishlari lozim. Tekshiruvlarni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  1. byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;

  2. xodimlarni soliqqa tortish masalalariga oid tezkor axborotlar va me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash;

  3. auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamasliklari uchun, korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga doir axborotlar va ishlanmalarni almashishni tashkil etish;

  4. mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;

  5. korxona ichida soliq bo’yicha maslahat berish texnologiyasini barpo qilish va byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab chiqish.

Byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditorlik amallariga shaklan rioya qilinishigagina tayanish mumkin emas. Shuning uchun byudjet bilan hisob-kitoblar ahvoli to’g’risida yakuniy hulosani auditorlar guruhining rahbari qilishi kerak. U asosiy soliqlar bo’yicha aniqlangan barcha tafovutlarni va ularning soliqqa tortiladigan baza shakllanishiga ta’sirini baholash imkoniga ega.
Foyda solig’i va qo’shilgan qiymat solig’i korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga eng katta ta’sir ko’rsatib, hisob-kitob qilishda ham, tekshiruv o’tkazishda ham hammadan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan umum davlat soliqlaridan shu ikkalasiga batafsil to’xtalib, qolgan soliqlar va yig’imlar bo’yicha esa auditorlar tomonidan qo’llaniladigan umumiy tekshiruv qoidalarini bayon qilamiz.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling