R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish


Download 1.08 Mb.
bet31/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to’g’ri olib borilishini tekshirish chog’ida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to’g’risida isbotga ega bo’lishi lozim.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miqdori bo’lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o’rnatilgan foydali xizmat qilish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining mosligini №7 BHMS 46 bandiga muvofiq tekshirib ko’rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 - NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobga qabul qilishda asos bo’lgan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi.
№7 BHMS 39 bandiga muvofiq nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda taqsimlab borilishi uchun amortizatsiya muddatlari quyidagicha belgilangan:

  1. nomoddiy aktiv ob’ektining foydali xizmat ko’rsatish muddati davomida (lekin bu muddat xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat qilish muddatidan oshmasligi lozim);

  2. foydali xizmat ko’rsatish muddatlarini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha 5 yil hisobida (lekin bu muddat xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatidan oshmasligi lozim).

Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo’yicha auditor quyidagilarni tekshiradi:

  1. qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi;

  2. tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar ob’ektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to’g’ri o’tkazilishini.

№7 BHMS 42 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning uch usuli ko’zda tutilgan. Ular:

  1. to’g’ri chiziqli (yoki bir tekis);

  2. kamayib boruvchi qoldiq;

  3. ishlab chiqarish birliklari summasi bo’yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To’g’ri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog’ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy aktivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bog’liqdir.
Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulidan foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.
Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin:



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling