Takrorlash uchun savollar:
Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?
Nomoddiy aktivlar baholanishining to’g’riligi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralar qo’llaniladi?
Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishni va kirimga olinishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schetlari tekshirishni manbalari bo’lib xizmat qiladi?
16-BOB. MOLIYAVIY QO’YILMALAR (INVESTITSIYALAR) AUDITI
REJA:
1. Moliyaviy qo’yilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari.
2. Moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda qo’llaniladigan ma’lumot manbalari.
3. Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiyadan o’tkazish va oldin o’tkazilgan inventarizatsiyalar to’g’riligini tekshirish.
4. Korxona aktivlarini moliyaviy qo’yilmalar qatoriga qo’shishning to’g’riligini tekshirish.
5. Moliyaviy qo’yilmalar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni baholashning to’g’riligini tekshirish.
6. Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir muomalalarni tekshirish.
7. Moliyaviy qo’yilmalarning daromadliligi, olingan daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish.
1. Moliyaviy qo’yilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bozor munosabatlarining tezlik bilan o’zgarishiga moslashish har bir korxona faoliyati muvaffaqiyatining garovidir. Bunda nafaqat o’z mahsulotlari va xizmatlarining bozorda tutgan o’rni (mavqey)ni, shuningdek, xarajatlarni nazorat qilish bilan cheklanmasdan, balki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samaradorligini muttasil tekshirish, o’zgaruvchan bozor sharoitida korxonaning o’z huquq va imkoniyatlaridan qay darajada foydalanayotganini tahlil qilish ham zarur.
Korxonaning vaqtincha bo’sh to’rgan pul mablag’laridan samarali foydalanish usullaridan biri – bu ularni qimmatli qog’ozlar sotib olishga yo’naltirishdir.
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish o’z tavsifiga ko’ra yuqori tavakkalchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tavakkalchilik darajasini imkoni boricha pasaytirish maqsadida emitentning moliyaviy holatini va bozor kon’yunkturasini bilish fond birjasi ma’lumotlarini muntazam ravishda monitoring qilib turishni taqazo etadi.
Ma’lumki, qimmatli qog’ozlar muomala jarayonida uchta bosqichdan o’tadi. Bulardan birinchisi, emissiya bosqichi bo’lib, unda qimmatli qog’ozlar birlamchi joylashtiriladi va o’zining birinchi egasi (anderrayting yoki investor)ga o’tadi. Ikkinchi bosqich deganda, ularning ikkilamchi, ya’ni aktiv bozordagi harakati tushuniladi. Yakuniy - uchinchi bosqichda qimmatli qog’ozlarni so’ndirilishi (emitent tomonidan qaytarib olinishi) amalga oshiriladi. Ushbu muomala jarayonida qimmatli qog’ozlar harakati fond birjalarida amalga oshirilib, vaqtga teskari mutanosib (proportsional) ravishda nominal va haqiqiy (bozor) narxlari o’zgaradi. Ushbu o’zgarish iqtisodiyotda bozor kotirovkasi deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |