R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Moliyaviy qo’yilmalar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni baholashning to’g’riligini tekshirish


Download 1.08 Mb.
bet42/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

5. Moliyaviy qo’yilmalar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni baholashning to’g’riligini tekshirish.

Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki hujjatlarning rasmiylashitirilishini tekshirishda shuni hisobga olish zarurki, qimmatli qog’ozning o’zi - qat’iy shakldagi hujjat bo’lib, uning shakli va majburiy rekvizitlari qimmatli qog’ozlarning ma’lum turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan talablarga mos kelishi lozim. Qimmatli qog’ozlarda majburiy rek-vizitlarning yo’qligi yoki qimmatli qog’ozning belgilangan shaklga mos kelmasligi uning yaroqsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun auditor qimmatli qog’ozlar blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, mohiyatan ham tekshiruvdan o’tkazadi. Shuningdek, qimmatli qog’ozlar qiymat ko’rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham o’tkazilishi zarur.


Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olishda qo’llanilgan dastlabki hujjatlarni tekshirish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki ular qimmatli qog’ozlarga doir mulkiy huquqning bir sub’ektdan ikkinchisga o’tishida maxsus tartibni belgilaydi.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’luvchi hujjatlarda muayyan qimmatli qog’ozni sotib olish maqsadi va undan foydalanish muddati ko’rsatilishi shart.
Moliyaviy qo’yilmalarni baholash va qayta baholashning umumiy qoidalari O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunda va №12 «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli buxgalteriya hisobi milliy stnadartida belgilangan.
Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha qimmatli qog’ozlar sotib olinganida qilingan moliyaviy qo’yilmalar investor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasida buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi.
Auditor qimmatli qog’ozlarni baholashni tekshiruv chog’ida №12 «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMSning 9-19 bandlaridagi qoidalarga asoslanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha haqiqiy xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: shartnomaga muvofiq sotuvchiga to’lanadigan summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olish bilan bog’liq informatsion va konsultatsion xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki shaxslarga to’lanadigan summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olishda ishtirok qilgan vositachi tashkilotlarga to’lanadigan to’lovlar. Qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilgunga qadar ishlatilgan qarz mablag’lar bo’yicha foizlar to’lash uchun qilingan sarflar; qimmatli qog’ozlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sarflar.
Qimmatli qog’ozlarni hisobga oladigan qiymatini shakllantiruvchi barcha haqiqiy xarajatlar 0610-«»Qimmatli qog’ozlar» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schetlar debetida hisobga olinadi. Auditor qimmatli qog’ozlar sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tarkibini, ushbu xarajatlarni moliyaviy qo’yilmalar qiymatiga qo’shishning qonuniyligini, bu xarajatlarning tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligini tekshiradi.
Moliyaviy qo’yilmalarning hisobga qabul qilingan bahosi, qoidaga ko’ra, o’zgatirilmaydi. Qarzli qimmatli qog’ozlar bundan mustasno.
Qimmatli qog’ozlar shartnomaga muvofiq tekinga olinganida olingan vaqtidagi bozor bahosi bo’yicha baholanadi.
Agar moliyaviy qo’yilmalar chet el valyutasida amalga oshirilsa, bunday muomalalarning valyuta muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish zarur.
Qiymati chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy qo’yilmalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, muomala sodir bo’lgan kunda amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab baholanadi.
Auditor qaytarish muddati bir yildan oshiq qimmatli qog’ozlar ham qayta baholanayotganligini tekshirish lozim. Chunki kurs tafovutini qayta baholash va hisobda aks ettirish faqat qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar tarkibida hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlar, hamda korxona tomonidan belgilangan tartibda depozitga joylashtirilgan pul mablag’lari bo’yicha amalga oshiriladi.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlar ta’sis shartnomasida belgilangan (kelishilgan) qiymat bo’yicha baholanadi. Korxona mulkini boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida berishda moliyaviy qo’yilmalar shartnoma qiymati va berilgan mulklar qiymati o’rtasidagi farqlarni hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini tekshirish buxgalteriya balansining «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» (I bo’lim) va «Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar» (II bo’lim) satrlari bo’yicha ko’rsatkichlarni Bosh daftardagi: 0610, 0620, 0630, 0640, 0690, 5810, 5830, 5890-schyotlarning qoldiqlari bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy qo’yilmalar alohida turlarining mavjudligi va hisobot davri davomidagi harakati to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya balansiga beriladigan tushuntirishlarda keltiriladi. Moliyaviy qo’yilmalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ko’rsatkichlar 0610-0690 va 5810, 5830, 5890-schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya hisoboti va sintetik hamda analitik hisob registrlari ko’rsatkichlarini solishtirish natijalarini auditor tegishli tarzda rasmiylashtiradi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling