R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Moliyaviy qo’yilmalarning daromadliligi, olingan daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
7. Moliyaviy qo’yilmalarning daromadliligi, olingan daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish.
Korxonaning moliyaviy qo’yilmalardan oladigan daromadlari 9520 - «Dividend ko’rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot ( ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi. «Xarajatlar tarkibi ....... to’g’risidagi Nizom» da (V bo’limi 3§ «Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar», 3, 5-modda«qimmatli qog’ozlarga qilingan qo’yilmalar», shu’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilarni qayta baholashdan olingan foyda, shuningdek, V. bo’limi, 3§ «Moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar», 3, 4-modda «Qimmatli qog’ozlarga qilingan qo’yilmalar» (sho’’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilar) ni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar qimmatli qog’ozlarga qilingan qo’yilmalar va shu’ba korxonalarga berilgan mablag’larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya’ni ularni balansda bozor bahosi bo’yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog’ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo’lishi mumkin. Auditor sotib olingan qimmatli qog’ozlardan tashqari korxonaning o’zida chiqarilgan qimmatli qog’ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog’ozlar o’z jamoasi a’zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga qadar 006-«Qat’iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi. Qo’shimcha daromad olish maqsadida ikqilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, korxona xodimi ishdan bo’shab ketayotganida) sotib olingan korxona aktsiyalari 8620-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli» schyotida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Dt 8620-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli» schyoti va Kt 5010, 5110-schyotlar - qimmatli qog’ozlarning harid qiymatiga. Korxona aktsiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi: 1. Dt 5010, 5110, 5210, 5220 Kt 9220- ikkilamchi sotish qiymatiga. 2. Dt 9220 Kt 5610 (maxsus subschyot) qimmatli qog’ozlarning harid bahosi. 3. Dt 9220 Kt 9590 ikkilamchi sotish qiymatining harid bahosidan oshgan qismi. Agar xarid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda Dt 9690 Kt 9220 provodka tuziladi. Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga oshirilganliining ob’ektiv (balki sub’ektiv) sabablarini aniqlash, oqilona ish yuritilganda yo’l qo’yilmasligi mumkin yo’qotishlar ko’lamini aniqlashi va bu haqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar majlisida bildirishi zarur. Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga hissa qo’shish ko’rinishidagi qilingan moliyaviy qo’yilmalar auditi ushbu korxonalar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday qo’yilmalar samaradorligining to’g’riligi va hisobda to’liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, vekselga berilgan qarzlar ham moliyaviy qo’yilmalar bo’lib hisoblanadi. Ular quyidagicha aks ettiriladi: Dt 0610, 5810 Kt 5110, 5210, 5220 vekselga berilgan qarz summasiga. Veksellar ularda aks ettirilgan summalar, ya’ni nominal qiymati va sotib olish bahosi o’rtasidagi farqdan daromad olish maqsadida sotib olinganida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Dt 5810 Kt 5110, 5210, 5220 vekselning sotib olish qiymatiga. Dt 5810 Kt 9590 vekselda ko’rsatilgan summa va sotib olish qiymati o’rtasida farq daromadga olinganida. Moliyaviy qo’yilmalar boshqa korxonalar faoliyatida hissa qo’shib ishtirok etish, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Dt 5110, 5220, 5220 Kt 9520, (9530)- olingan dividendlar (foizlar) summasiga. Daromadlarning to’liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganda tan olinadi: korxona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega; daromadlar summasi aniqlangan bo’lishi mumkin; muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko’payishiga ishonch bo’lganida. Korxonaning moliyaviy qo’yilmalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo’linadi: umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar); maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aktsiyador - korxonaga tegishli va bu qimmatli qog’ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aktsiyalar bo’yicha olingan daromadlar; O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog’ozlari; O’zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo’shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to’lash manbalaridan to’lanadi. Aktsiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o’sib borishi ham korxona rahbariyatining oqilona ish yuritayotganligidan dalolat beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling