R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Download 1.08 Mb.
bet40/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Oddiy veksellar yuridik yoki jismoniy shaxsning ma’lum summani belgilangan vaqtda to’lashi haqidagi qarzdorlik majburiyatidir.
O’tkazma veksellar ma’lum summani o’tkazma vekselni taqdim etuvchiga to’lash uchun qarzdorga beriladigan farmoyishidir.
Oddiy vekseldan farqli o’laroq, o’tkazma veksellar qo’llaniladigan hisob-kitoblarda ikkita emas, balki ko’p sonli yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Depozit sertifikati O’zbekiston Respublikasining 2 sentyabr 1993 yildagi «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi haqidagi» qonuniga muvofiq ma’lum bir bankda depozit uchun huquq (ya’ni bankning qarz majburiyati) beradigan hujjatdir va 22 dekabr 1995 yildagi «O’zbekiston Respublikasining qonuniy aktlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish haqidagi» qonuniga muvofiq mamlakat hududida qimmatli qog’ozlarning hosilalari: optsionlar, f’yucherslar va orderlar muomalaga chiqarilmoqda.
Optsion uning egasiga qimmatli qog’ozlar yoki tovarlarni kontraktda ko’rsatilgan bahoda belgilangan muddatda sotib olish yoki olishdan voz kechish huquqini beradigan shartnomalardir. Mazkur korxonada xodimlarning ma’lum miqdordagi aktsiyalarni imtiyozli asosda sotib olish huquqlari; konvertatsiyalanadigan imtiyozli aktsiyalar yoki obligatsiyalarni oddiylariga almashtirish huquqlari; emitentning obligatsiyalarni oddiylariga almashtirish huquqlari; emitentning obligatsiyalarni muddatidan oldin qoplash huquqlari va boshqalar optsion hisoblanadi. Bu barcha huquqlar ikkilamchi qimmatli qog’oz hisoblangan optsion shartnomasi tuzilganidan so’ng vujudga keladi. Optsionlarning ikki turi mavjud: 1-sotish optsioni (put) qimmatli qog’ozlarni sotish huquqi; 2-xarid optsioni (call) qimmatli qog’ozlarni sotib olish huquqi.
F’yucherslar optsionlardan farqli o’laroq, ma’lum qimmatli qog’ozlarni yoki boshqa moliyaviy instrumentlarni yoki tovarlarni kelgusida ma’lum bir sanada, kontraktda belgilangan baholar bo’yicha sotish yoki sotib olish uchun so’zsiz guvohlik beruvchi ikkilamchi qimmatli qog’ozdir.
Qimmatli qog’ozlar hosilalaridan olinadigan daromad bitta yoki bir nechta bozor ko’rsatkichlari (indekslar)ga bog’liq. Masalan, f’yuchers muomalalaridan olinadigan daromad oldi-sottini amalga oshirishda tovarning kelgusidagi bahosi qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va bu tovarga talab qanday ekanligiga bog’liq.
Korxonalar bo’sh turgan pul mablag’larini qimmatli qog’ozlarga qo’yishdan tashqari boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush qo’shish (pay) shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga qarz berish uchun ham ishlatishlari mumkin.
Bunday barcha moliyaviy investitsiyalar ularning muddatiga qarab quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: a)qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar (1 yilgacha):
5810 «Qimmatli qog’ozlar»
5830 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar»
5890 «Boshqa joriy investitsiyalar»
b) Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» (1 yildan oshig’i):
0610 «Qimmatli qog’ozlar»
0620 «Sho’’ba korxonalarga investitsiyalar»
0630 «Tobe korxonalarga investitsiyalar»
0640 «Xorijiy kapitalga ega korxonalarga investitsiyalar»
0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar»
Korxonalar yaqin vaqtlargacha o’zlarining pul mablag’larini asosan kapital qo’yilmalarga sarflashlari mumkin edi. Bush to’rgan pul mablag’laridan foydalanish imkoniyatlarining paydo bo’lishi bilan yangi hisob ob’ektlari kabi yangi audit ob’ektlari ham vujudga kelmokda.
Qimmatli qog’ozlarda ifodalangan huquqlarni aks ettirish shakli bo’yicha ular hujjatlashtirishli va hujjatlashtirishsiz turlariga bo’linadi.
Hujjatlashtirishli shaklda qimmatli qog’oz egasi tegishli tarzda rasmiylashtirilgan qimmatli qog’oz sertifikatini taqdim qilish asosida aniqlanadi, bunday deponentga o’tkazish hollarida depo schyoti bo’yicha yozuv asosida aniqlanadi. Bunda auditorga qimmatli qog’oz sertifikati yoki depo schyotidan ko’chirma taqdim qilinishi lozim.
Hujjatlashtirishsiz shaklida qimmatli qog’oz egasi qimmatli qog’ozlar egalari reestridagi yozuvlarga asosan, yoki qimmatli qog’ozlar deponentlangan hollarda depo schyoti bo’yicha yozuvlar asosida aniqlanadi. Bunda auditorga reestr yoki depo schyotidan ko’chirma taqdim qilinishi lozim.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish uslubiyotiga muvofiq moliyaviy qo’yilmalarni turlari va qaytarish muddatlari bo’yicha turkumlash quyidagi jadvalda keltirilgan.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling