R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
- sintetik va analitik hisob registrlari
huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;
baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo’yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi; hisob davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi; taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim. Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi. Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo’llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog’liq. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8-ASK va 10-ASK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’nak», 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umum xo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar», 6870-»Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo’yicha debet va kredit oborotining mashinagrammalari tekshiriladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling