R e j a: Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi


Download 181 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi181 Kb.
#1141309
  1   2   3
Bog'liq
Ma’ruza№9. Документ Microsoft Word


Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi. Аsinхrоn mоtоrning elеktrоmаgnit mоmеnti. Аsinхrоn mоtоrning mехаnik vа ish хаrаktеristikаlаri.


R E J A:

  1. Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi.

  2. Аsinхrоn mоtоrning elеktrоmаgnit mоmеnti.

  3. Аsinхrоn mоtоrning mехаnik vа ish хаrаktеristikаlаri.



  1. Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi.

Asinxron mashina motor rejimida ishlayotganda (1-rasm) u tarmoqdan elektr energiyani oladi va uni mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu jarayonda motorda energiya isroflari bo‘ladi. Asinxron motor tarmoqdan
(1)
aktiv quvvatni oladi. Bu quvvatning bir qismi stator chulg‘amidagi elektr isroflari P'е1ni va stator po‘lat o‘zagidagi magnit isroflari P'т1 ni qoplashga sarf bo‘ladi:
. (2)
Aylanma magnit maydon vositasida rotorga elektromagnit quvvat Pem uzatiladi:
. (3)
Elektromagnit quvvatning bir qismi rotor zanjiridagi elektr isrofi (Pe2)ni qoplash uchun sarflanadi:
. (4)
Elektromagnit quvvat Pem ning qolgan qismi esa to‘la mexanik quvvat P' 2(твх) ga aylanadi:
. (5)
Motor ishlaganda podshipniklarning ishqalanishi va aylanuvchi qismlarining havoda ishqalanishi oqibatida ham quvvat isrofi bo‘ladi.
Bundan tashqari tarqoq magnit oqimlari, stator va rotor po‘lat o‘zagitishlarida hamda yaxlit po‘lat qismlarida magnit maydonning o‘zgarib turishi natijasida ham qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘ladi.
Asinxron motorning to‘la mexanik quvvati P2 mexanik isrof P'твхva qo‘shimcha P'qo‘sh isroflarni ayirib, motor orqali ishchi mexanizmga uzatilayotgan foydali quvvat Р2 aniqlanadi.
P2 = Pmex – (P'твх + P'qo‘sh). (6)

1-rasm. Asinxron motorning energetik diagrammasi
2. Asinxron mashinaning elektromagnit momenti.
Elektromagnit momentni ikki xil yo‘l bilan, ya’ni: a) elektromagnit kuchlar va b) elektromagnit quvvat orqali aniqlash mumkin. Quyida shularni alohida ko‘rib chiqamiz.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling