R e j a: Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi
Asinxron mashinaning mexanik xarakteristikalari va asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari
Download 181 Kb.
|
Ma’ruza№9. Документ Microsoft Word
3. Asinxron mashinaning mexanik xarakteristikalari va asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari
Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichikligidan) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M o‘qdagi moment Mo‘q teng deb hisoblagan holda, quyidagi tahlillarda «elektromagnit moment M» tushunchasi o‘rniga asosan «aylantiruvchi moment M» tushunchasi ishlatiladi. Stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanish U1=U1Nbo‘lgandagiM=f (n) yoki M=f (s) ko‘rinishdagi bog‘lanishga asinxron motorning mexanik xarakteristikasi (4-rasm) deyiladi. Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi (yoki mexanik xarakteristika)–M=f(s). Mexanik xarakteristikani qurish uchun (14,а). M = (m1 p U12r'2) /{(2f1s)[(r1+ r'2/s)2 + (x1+ x'2)2]} formuladan foydalanish mumkin. Sirpanish s ga qiymatlar berib, parametrlari ma’lum bo‘lgan asinxron motor uchun izlangan mexanik xarakteristikani qurish mumkin (4,а-rasm). Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (parametrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (ya’ni dM/ds=0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz: . (15) Agarda c1 1 va qiymati ancha kichikligidan r1 0 deb olinsa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: skr = r2/(x1+x'2) = r2/ xqt , (16) Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (16) dan skr ning qiymatini (14,a) ga qo‘yib hisoblanadi: Mmax(1/2) m1pU12 / {2f1c1[ r1+ ] }, (17) (15), (16) va (17)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga tegishli (4,b-rasm). 4-rasm. Asinxron mashinaning motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlari uchun mexanik xarakteristikalari (a, b) - Mq f (s) Umumiy maqsadli asinxron mashinalar uchun stator chulg‘amining aktiv qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan ancha kichik [r1<< (x1+x2), ya’ni taxminan 1012 foizini tashkil qiladi xolos] bo‘lganligidan r1 0 deb hamda s11 ekanligini e’tiborga olgan holda Mmax ni aniqlashning soddalashgan ifodasiga ega bo‘lamiz: Mmax(1/2) m1p U12 / [2f1 (x1 + x2)], (18) (17) ifodaning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimda ishlaganida uning maksimal momenti Mmax. Мotor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Bunga sabab, generator rejimda (17) ning maxrajidagi r1 ning ishorasi minus «–» olinib kasrning maxrajidagi son motor rejimdagiga nisbatan kichikroq bo‘lganligidandir. Asinxron motorning maksimal momenti tarmoq kuchlanishi kvadratiga mutanosib ekan, ya’ni M U12. Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10 % ga kamaysa elektromagnit moment M=0,92MN=0,81MN ga, ya’ni 19 % ga kamayadi. Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MN standart tomonidan qat’iy belgilangan bo‘ladi, ya’ni kM 1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha yetadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini xarakterlaydi. (16) va (17) formulalarning tahlilidan quyidagi muhim xulosalar qilish mumkin: 1) kritik sirpanish skr rotor zanjirining aktiv qarshiligi r2 ga mutanosib ravishda o‘zgaradi; 2) maksimal moment Mmax ning qiymati rotor zanjiri aktiv qarshiligi r2 ga bog‘liq emas; 3) asinxron motorning maksimal momenti Mmax va o‘ta yuklanish qobiliyati kM asosan stator va rotor chulg‘amlari tarqoq induktiv qarshiliklari (tegishlicha x1 va x2)ga teskari mutanosibda bo‘ladi; 4) maksimal moment Mmax har qanday sirpanishdagi moment singari U12 ga mutanosibdir, ya’ni berilayotgan kuchlanish kamayganda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati pasayadi. M=f(s)– mexanik xarakterstikaning motor rejimda o‘zgarish xarakteri quyidagicha tushuntiriladi. Yuk momenti salt ishlash rejimidan oshirilsa, sirpanish s oshadi. Bunda aktiv-induktiv xarakterli rotor zanjiri qarshiligidan o‘tadigan tok I2ni va uning shu zanjirdagi EYK E2 dan orqada qoluvchi 2 burchakni hisoblash formulalariga: I2 = sE2 / (rv2 + jsx2) = E2 / (r2/s + jx2), (19) 2 = arctg(x2s/ r2) = arctg(sx2/ r2) = arctg(x2/ (r2/s) (20) asosan rotor toki I2 va faza siljish burchagi 2 oshadi, cos2 esa kamayadi. Sirpanish osha borgan sari rotor tokining induktiv xarakteri tobora osha boradi, uning aktiv tashkil etuvchisi esa (2 kichik paytda) oshib, so‘ngra (umumiy tokning oshishidan qat’iy nazar) kamaya boradi (5,b-rasm), chunki EYK E2 va tok I2 orasidagi siljish burchak 2 oshadi . M=f(s) bog‘lanishning o‘zgarish xarakterini asinxron motorning ishlash prinsipidan kelib chiqqan holda analitik yo‘l bilan ham isbotlash mumkin, ya’ni (9) ga asosan uning elektromagnit momenti ishchi oqim F va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi I2a larning ko‘paytmasiga mutanosibdir. Bundan, F = const bo‘lganda mexanik xarakteristikaning o‘zgarish xarakteri I2a= f (s) grafigi bilan aniqlanar ekan. 5-rasm. Asinxron motorning mexanik xarakteristikasi o‘zgarish shaklini tushuntirishga oid chizma (a) va uning o‘qidagi yuk o‘zgarganda rotor tokining vektor diagrammasi (b) Ishga tushirish momenti. Asinxron motorning stator chulg‘amini elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish paytdagi momenti Mi.t ni aniqlash uchun (14,a) formulaga sirpanish s = 1 qo‘yiladi, natijada quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz: M i.t = (p m1 U12r'2) / [ (r1+s1 r'2)2 + (x1+s1х'2)2]. (21) Bundagi o‘rta qavs ichidagi qarshiliklar r2qt+x2qt= z2qt ekanligini hisobga olib ishga tushirish momentining kuyidagi ifodasini olamiz: M i.t = (p m1 U12r'2) / (2f1z2qt) = rm1/ (2f1) I2 i.t r'2, (22) bunda I i.t – sirpanish s =1 bo‘lgandagi ishga tushirish toki. (22) dan ko‘rinishicha, motorning ishga tushirish momenti asosan ishga tushirish tokining kvadrati I2i.t ga mutanosib bo‘lar ekan. Undan tashqari zarurat tug‘ilganda qisqa tutashgan rotorlida «olmaxon katagi» tipidagi chulg‘amni qarshiligi oshirilishi mumkin bo‘lgan maxsus konstruksiyada ishlab chiqarish, faza rotorlida esa rotor chulg‘amiga qo‘shimcha aktiv qarshilik ulash yo‘li bilan ishga tushirish momentini oshirish mumkin ekan. Standartning talabi bo‘yicha asinxron motor nominal yukda ishga tushishi uchun quyidagi shart bajarilishi, ya’ni ishga tushirish momentining karraligi ki.t =Mi.t/ Mmax 1 bo‘lishi kerak. Mexanik xarakteristikani katalog qiymatlari yordamida qurish. (13) va (1) formulalarga asosan asinxron motorning elektromagnit momenti quyidagiga teng: (23) Motor o‘qidagi mexanik yukning o‘zgarishi bilan magnit oqim o‘zgarmaydi, shu sababli E2 const deb hisoblash mumkin. (14) formuladan topilgan momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olgandan keyin, uni 0 ga tenglab (dMds 0), kritik sirpanish skr ni topish mumkin, ya’ni skrr2x2. U holda maksimal moment quyidagiga teng bo‘ladi: . (24) (23) ni (24) ga bo‘lib ixchamlashtirishdan keyin nisbiy birliklarda hisoblashga qulay bo‘lgan quyidagi soddalashgan formulaga ega bo‘lamiz: M / Mmax 2 / (skr /s + s /skr). (25) Bu formulani Kloss formulasi deyiladi va u ba’zan amaliyotda taxminiy hisoblar uchun qo‘llaniladi. (25) formula bo‘yicha hisoblashda aniqlik past bo‘ladi, chunki stator chulg‘amidagi kuchlanish pasayishini hisobga olmaydi. Ammo asinxron motorning bitta rejimini tekshirishda, ya’ni sirpanishning kichik qiymatlarida (s0 dan skr gacha) magnit oqim juda kam o‘zgaradi va bu formula amaliyotda dastlabki tahlil uchun tezkor natijani beradi. Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari. Motor ishining turg‘unligi deb o‘qidagi mexanik yukning qisqa muddat ichida keskin oshishi va stator chulg‘amiga berilayotgan tarmoq kuchlanishi qiymatining kamayishida barqaror aylanish chastotasini tiklay olish qobiliyatiga aytiladi. Mexanikadan ma’lumki, motor rotoriga qo‘yilgan momentlarning muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi: M = Mst – Jd / dt, (26) bu yerda: M – motorning elektromagnit momenti; Mst=M0+M2 – o‘qdagi teskari ta’sir etuvchi statik moment; Jd/dt – aylanuvchi massalar inersiyasi J va rotorning tezlanishi d / dt larga bog‘liq bo‘lgan dinamik moment. M = Mst bo‘lganda rotor tezlanishi 0 ga teng: d / dt = (M – Mst)/ J = 0, (27) ya’ni rotor barqaror chastotada aylanadi. Agar M>Mst bo‘lsa, rotorning aylanish chastotasi tezlashadi, M < Mst bo‘lganda esa – sekinlashadi. Turg‘unlik asinxron motor ishlayotgan konkret shartlardan bog‘liq bo‘ladi, xususan, motorning va u yuritayotgan ishlab chiqarish mexanizmlari mexanik xarakteristikalarining o‘zgarish shakliga bog‘liq bo‘ladi. Aylanish chastotaning oshishi bilan yuk momenti Mst kamayadigan (6,b-rasmda, 2 mexanik xarakteristika) ishlab chiqarish mexanizmini yuritayotgan asinxron motorning ishini ko‘rib chiqamiz. Bu holda M = Mst sharti A va B nuqtalarda aylanish chastotalari mos ravishda nA va nB bo‘lganda bajariladi. Ammo B nuqtada motor turg‘un ishlay olmaydi, chunki yuk momenti Mst ozgina o‘zgarganda aylanish chastotasi barqaror qiymatidan og‘ishi natijasida bu farqni oshiradigan ortiqcha sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi moment (M – Mst) vujudga keladi. Masalan, tasodifan statik moment Mst oshganda motor rotorining aylanish chastotasi n kamayadi. Mashina 1 mexanik xarakteristika (Mmax– n0 qismi)ning «B» nuqtasida ishlaganida elektromagnit moment M ning kamayishiga, demak, M – Mst ayirmaning oshishiga olib keladi va, natijada rotorning sekinlashishi uning to‘la to‘xtagunicha davom qiladi. Agar statik moment Mst tasodifan kamaysa, rotorning aylanishi tezlashadi va elektromagnit moment yana oshadi. Bu jarayon mexanik xarakteristikasi (1)ning «A» nuqtasida M=Mst muvozanat hosil bo‘lguna qadar shunday davom qiladi. Bu nuqtada rejim turg‘un bo‘ladi, chunki bu holda tasodifan Mst oshsa va rotorning aylanish chastotasi n kamaysa motorning elektromagnit momenti M oshib, yuk momenti Mst ning yangi qiymatiga teng bo‘lganda yana barqaror ishlaydi, lekin bunda aylanish chastota bir oz kam bo‘ladi. 6-rasm. Ba'zi bir ishlab chiqarish mexanizmlarining mexanik xarakteristikalari (a): 1 - yuk ko‘tarish mexanizmlari (kran, lift); 2 - ventilyatorlar, markazdan qochirma nasoslar; 3 - betonyorgichlar, sharli tegirmonlar; 4 - tortish Shundayqilib, asinxronmotormexanikxarakteristikaningS – Mmaxqismidaishlaganidaichkio‘z-o‘zinirostlashxossasigaegabo‘lib, uningaylantiruvchimomentiM=Mstqonunibo‘yichaavtomatikrostlanadi (bundayrostlashstatikrostlashsistemagaxos). Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari quyidagilardan iborat: 1. Agar rotorning aylanish chastotasi n ning oshishida statik moment Mst, momentning aylantiruvchi momenti M ga nisbatan sekin kamaysa, motorning ishi turg‘un bo‘ladi. Bu shart quyidagi tengsizlik ko‘rinishida ifodalanadi: dM / dn < dMst / dn . (28) Bu shart Mst=f(n) xarakteristikasi kamayuvchi bo‘lgan barcha mexanizmlar uchun bajariladi, demak, sirpanish 0 < s < skr oraliqda o‘zgarganda asinxron motor turg‘un ishlaydi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, rotor chulg‘amidagi isroflar sirpanishga mutanosib bo‘ladi, shu tufayli asinxron motorning iqtisod nuqtai nazaridan normal ishi sirpanishning kam qiy-matlarida bo‘lishligidir. 2. Amaliy jihatdan (28) shart zaruriy hisoblanib, lekin yetarli emas. Asinxron motorni ekspluatatsiya qilish jarayonida qisqa muddatli yuk momentining o‘zgarishi faqat kichik bo‘lmasdan, uning ish rejimida keskin o‘zgaradigan katta qiymatli yuk momenti ham sodir bo‘lib turadi. Bunday holda motorning sirpanishi skr dan kam bo‘lib, lekin unga yaqin sirpanishda ishlayotganda tasodifan katta yuk qo‘yilsa, unda Mst> Mem bo‘lib uning to‘xtashiga olib keladi. Shuning uchun asinxron momentning maksimal momentini ayrim hollarda barbod qiluvchi (to‘ntaruvchi) moment deyiladi. Katta ortiqcha yuklanishlarda motor ishining turg‘unligini nominal momentni MN< Mmax qilib tanlash bilan ta’minlanadi. Maksimal momentning karraligi yoki o‘ta yuklanish bilan ishlash qobiliyati kM = Mmax/ MN standart tomonidan belgilanadi. Umumiy maqsadli asinxron motorlar uchun kM = 1,72,5 oraliqda bo‘ladi. 3. Asinxron motorlarning turg‘un ishlashini ta’minlash uchun elektr ta’minotining sifati katta ahamiyatga egadir. Asinxron motorning aylantiruvchi momenti unga berilayotgan kuchlanishning kvadratiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, hatto kuchlanishning ozgina kamayishi ham maksimal momentga ta’sir qiladi, kuchlanish nisbatan ko‘proq kamayganda (masalan, U1 = 0,7UN bo‘lganda) esa motorning nominal yuk bilan ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi, chunki bu holda aylantiruvchi moment M U12 = 0,49, ya’ni elektromagnit moment taxminan 2 marta kamayadi va motor nominal yukda ishlashi mumkin bo‘lmay qoladi. Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling