11-chizma. Iktisodiy konunlardan foydalanish tizimi.
Ko’rastilgan shaklni taxlil etish jarayonida uchta o’zaro boglik va ketma-ket, iktisodiy konunlar tizimidan foydalanilgan xolda yechiladigan masalalarni ko’rib o’tish zarur:
mavjud konunlarni ularning u yoki bu boskichda namoyon bo’lish xususiyatlarini xisobga olgan xolda chukur va xar tamonlama bilish;
iktisodiy va ijtimoiy rivojlanish maksadlarini belgilash va ularni xal etish yo’llarini aniklash;
xo’jalik yuritishning bozor iktisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va uslublarni ko’llash.
Iktisodiyotni boshkarish tizimida iktisodiy konunlar yetakchilik kiladi. Insonlar mexnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshkaruv tizimi maksadlarini anik belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarga baxo berish, iktisodiy samaradorlikda aks etuvchi iqtisodiy konunlarning talablarini aniq xisobga olish lozim.
1. Jamiyat extiyojlarini mumkin qadar resurslarni kam sarflab, extiyojni iloji boricha to’lik qondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iktisodiy va ijtimoiy jarayonlar, ularni amalga oshrishda shu qonunga amal qilinadi, chunki u kuyidagilarni ifodalaydi:
ishlab chikarishning obektiv yo’nalishi, uning xalq farovonligini oshirish, xar tamonlama shaxsiy rivojlantirishga qaratilganligini;
insonlarning xo’jalik faoliyati asosiy sabablarini umumxalk iktisodiy mafaatlarining ustivorligini;
ishlab chiqarish samaradorligining ijtimoiy-iktisodiy moxiyatini.
Bozor munosabatlari sharoitida bu konunning mazmuni xar tomonlama boyib boradi.
2. Qiymat qonuni yoki narx konuni. Tovarlarning pulda ifodalangan kiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga boglik ravishda aniklanadi. Narx bozor barometridir: agar talab va narx yukori bolsa, ishlab chikarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chikarish kiskaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo’lgan xoldagi narx muvozanat narxi deyiladi.
Ishlab chikariladigan xar bir tovar turi, xajmi ularga bo’lgan ijtimoiy extiyojlarga teng bo’lishi, ya‘ni to’lov kobilyatiga ega talabga teng bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |