R e j a: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish. O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish


Download 151 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi151 Kb.
#242516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-seminar Egamberdiyeva Maftuna

Vaqtni chamalash. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechkurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so’zlardan tug’ri foydalanish ko’nikmasini mustahkamlash.

Bolalarni xafta kunlari bilan tanishtirish va xafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o’rgatish. Kecha xaftaning qaysi kuni bo’lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo’lishini aniqlashni o’rgatish.

Bolalarning vaqt xakidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to’g’ri ketma-ketlikda aytishga o’rgatish. Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o’tkazish kerak. Anik kun tartibi (qat’iy o’rnatilgan turish vaqti, ertalabki badantarbiya, mashg’ulotlar, ovqatlanish, hordik chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish uchun real sharoitdir.

Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog’lik har xil vaqt oraliklari o’rtasidagi munosabatlarga qaratadi.

Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o’tadi, masalan: “Xozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Xozir kunduzi. Kunduzi ota- onalarimiz ishlashadi, biz esa shug’ullanamiz” Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg’onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so’raydi.

Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bag’ishlangan mashg’ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustakkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oraligi uchun xarakterli bo’lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o’zlariga ko’rsatiladi va ulardan so’raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda?”, “Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda?”

Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va hk.

Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan kismi uchun xarakterli bo’lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o’qishdan ham foydalanish mumkin.



  1. O’rta guruuda bolalarni fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish


Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling