R e j a: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish. O’rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo’ljalga olishga o’rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo’ljalga olishga o’rgatish


Tevarak- atrofda fazoda mo’ljal olish


Download 151 Kb.
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi151 Kb.
#242516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-seminar Egamberdiyeva Maftuna

Tevarak- atrofda fazoda mo’ljal olish. Narsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga qarab terish ko’nikmasini mustakkamlash.

U yoki bu predmetning o’ziga nisbatan joylashuvini so’z bilan ifodalashni o’rgatish (oldimda - stol, orqamda - shkaf, pastda - pol, yukorida - ship, o’ng tomonimda - deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf - uzokda, stul - yaqinda ).

Bolalarga berilgan yo’nalishda (oldinga-orqaga, ungga-chapga) harakat kilishni o’rgatish.

Tevarak- atrofda fazoda mo’ljal olish bo’yicha ishlash bir necha yo’nalishda o’tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo’lib qolishadi, o’yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o’rnatilgan tartibga amal qilishadi. O’rta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o’rgatiladi, o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashg’ulotga tayyorlash o’rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o’quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o’zlashtirish bilan bog’lik. Bolalar endi binoda va bolalar bog’chasi uchastkasida erkinroq mo’ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, tibbiyot xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning xammasi atrofni o’rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo’ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo’nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o’qishdan tashkari vaqtda ham keng joriy qilinadi.

O’rta guruhda o’quv faoliyatini tashkil kilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni

mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni uyinlarda, dasturning boshqa bo’limlariga bag’ishlangan mashg’ulotlarda xar xil xayotiy situatsiyalarda qo’llashga o’rgatadi. «Bolajon» dasturining «Tevarak- atrofda muljal olish bo’limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o’ziga nisbatan yo’nalishni aniqlashni, berilgan yo’nalishda xarakat qilishni (oldiga-orqaga, yuqoriga-pastga, o’ngga-chapga), uziga nisbatan buyumlarning xolatini suzlar bilan tushuntiradi.

Ammo oldin bolaga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishda turgan, ya’ni oldida-orqasida, ungda-chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniklashga doir topshiriq beriladi. O’yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirigiga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o’z oldida, chapida va o’ngida qanday buyumlar turganini aytadi. SHundan keyin tarbiyachi boladan o’ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yunalishda turganligini aytishni suraydi.

Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling-chi, nima o’zgaribdi?” tipidagi) muljal olishga doir mashqlar o’yin xarakteriga ega bo’lishi kerak.



  1. Katta guruhda bolalarni vaqt bo’yicha mo’ljalga olishga o’rgatish


Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling