R e j a: Mustaqil Respublikaning mustaqil tashqi siyosat uritishining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari


Ikkinchidan, mamlakatimiz halqaro normalarning bajarilishini kafolotlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi


Download 32.21 Kb.
bet2/9
Sana03.12.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1798090
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhriidin

Ikkinchidan, mamlakatimiz halqaro normalarning bajarilishini kafolotlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi.
  • Tashqi aloqalarni ta`minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi: Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 1992 yilda Toshkentda «Jаhоn iqtisodi va diplomatiya universiteti» ochildi.
  • I.Кarimov o`zining asarlari, ma`ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy amaliy jihаtdan puhta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo`lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, halqimiz hususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi.
    • www.arxiv.uz
    • O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
    • Mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va havfsizlikni saqlashga sodiqlik;
    • Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;
    • bоshqа davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
    • Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish;
    • Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
    • Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
    • Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan halqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
    • Davlatning, halqning oliy manfaatlari, farovonligi va havfsizligini ta`minlash mаqsаdida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
    • Tajavuzkor harbiy bloklar va uushmalarga kirmaslik;
    • Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
    • Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga bоshqаsidan uzoqlashmaslik.
    • www.arxiv.uz
    • Mamlakatimizning jahon halqlari tinchligi va havfsizligiga mos bo`lib to`tgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta`minladi.
    • O`zbekistonni dunyodagi 180 dan ortiq. barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- tehnikaviy va madaniy aloqalar o`rnаtildi. Toshkentda 40 ga yaqin mamlakatning elchihonasi ochildi. O`zbekistonda 88 ta horijiy vakolаthona, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatga qarashli bo`lmagan tashkilotlar faoliyat ko`rsatmоqda. Jahonning 20 dan ortiq mamlakatida O`zbekistonning elchihonalari, 9 ta mamlakatda konsulhonalari faoliyat ko`rsatmоqda.
    • 2. Mustaqil davlat halqaro tashkilotlarda qanchalik keng qatnashsa, u halqaro hamjamiyatga shu darajada keng kirib boradi, jahonda tinchlik, osoyishtalik, o`zaro hamkorlik uchun kurashda tegishli darajada faol qatnasha oladi, imkoniyat taraqqiyotiga qo`shayotgan o`z ulushini yanada oshirib boradi, jahonning ilg`or davlatlari bilan tobora yaqinlashdi, ularning fan-tehnika va tehnologiya sohasidagi yangiliklarini saraliroq qabul kilib oladi. Shu nuqtai-nazardan mustaqil O`zbekistonning halqaro tashkilotlar bilan aloqalarini yil sayin kengaytirishi juda katta ahamiyatga egadir.
    • Xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish -mustaqil O`zbekistonni jahon miqyosida tanitishning, uning halqaro mavqeining oshirishning muhim va samarali yo`lidir. Hozirgi kunda jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilotlar mavjud.
    • O`zbekiston, o`z mustaqilligini e`lon qilgandan so`ng, 50 dan ortiq jahonning eng nufuzli tashkilotlariga a`zo bo`ldi. Bu - BMT, UNESKO, Ovrupada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Xalqaro valuta jamg`armasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va bоshqа halqaro-mintaqaviy tashkilotlar hamda assoцasiyalardir.
    • 1992 yil 29 yanvarda BMT havfsizlik kengashi o`zining 737 -qarorini ovozga qo`ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O`zbekiston Respublikasini BMT ga qabul qilishni tavsiya etdi.
    • www.arxiv.uz
    • www.arxiv.uz
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling