R eja Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi Innovatsion faoliyat va uning samaradorligini yonalishlari


Birinchidan raqamli iqtisodiyot – bu


Download 1.71 Mb.
bet5/11
Sana05.05.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1429648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdullayeva Ozoda innovatsion iqtisodiyot (2)

Birinchidan raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi xisoblanib, u ijodiy mexnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni blan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga xos tushuncha bo’lib, uning o’rganish obyekti axborotlashgan jamiyat xisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o’z rivojlanishining boshlang’ich davrida bo’lib,zamonamizning raqamli axborot bosqichiga butunlay o’tishi atiga bir necha yilni tashkil etadi.

Mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishga bag’ishlangan xalqaro konfrensiya o’tkazildi.


12-oktyabr kuni poytaxtimizda «O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish: xorijiy tajriba, rivojlanish yo'nalishlari va istiqbollari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Unda mamlakatni innovatsion rivojlantirishning institutsional bazasi, uning modellarini shakllantirishda xorij tajribasi va strategiyasining asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Shveysariya, XXR va Isroil davlatlarining uzoq yillik tajribasi tahlil qilindi. Jumladan, Isroil - 5500ta startaplari, Xitoy - qishloq xo'jaligidan ishlab chiqarish jarayonlarigacha innovatsion texnologiyalarni qo'llagani, Shveysariya esa texnologik yangiliklari – zamonaviy soatlari bilan dunyo iqtisodiyotida alohida o'ringa ega.
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori Durbek Ahmedov: Ko'plab mamlakatlarda, fundamental - amaliy fanni rivojlantirish birinchi vazifa hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni turli usullar bilan rag'batlantirish kerak va infratuzilmani yaratish zarur. Shuningdek, tijoratlashtirish masalasini ham ko'rib chiqish kerak, chunki innovatsion mahsulot yoki xizmat iste'molchisi bo'lishi lozim. Jahon tajribasidan kelib chiqqan xolda, innovatsiyali tadbirkorlikni ham rivojlantirish lozim, ya'ni biznes-inkubatorlar, venchurli moliyalashtirish va boshqalarni yaratish kerak.
Ma'lumki, Hindiston, Shveysariya, XXR va Isroil innovatsion ishlanmalar bo'yicha ko'p yillik va boy tajribaga ega. Ta'kidlanganidek, bu yo'nalishni mamlakatda rivojlantirish uchun yangi yo'lni bosib o'tish shart emas. Balki rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling