R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva  xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana18.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1212608
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
3-mavzu

Zero Cash Project larni ham kiritish mumkin. To’liq anonimlikni ta’minlashni 
amalga 
oshirgan 
loyihalardan 
biriga 
misol 
sifatida 
Monero 
(https://getmonero.org) loyihasini keltirish mumkin.Monero (esperantoda 
valyuta ma’nosini anglatadi) da ikki asosiy hususiyat mavjud: 
 U pul mablag’larini jo’natish va qabul qilib olishni tranzaktsiyalar 
barchaga ko’ringan holda amalga oshirish imkonini beradi; 
 U noaniqlik yaratib, sarf qilingan mablag’larni kuzatish imkonini 
yo’qqa chiqaradi. 
Monero protokoli bir martalik aylanma imzo usuli (one-time ring 
signatures) dan foydalanadi. Ushbu texnologiya tranzaktsiyalarni to’liq yashirishga 
imkon beradigan juda kuchli anonimlilik texnologiyasidir. Tranzaktsiyani tasodifiy 
ravishda amalga oshirish uchun aylanma usulda imzo qo’yiladigan boshqa bloklar 
zanjiri tanlanadi. Bu esa nashr qilish uchun barmoqlarning raqamli tasvirini hosil 
qiladi. Tranzaktsiyani aniqlaydigan bunday raqamli tasvirni key-image (kalit 
tasvir) deb ataladi. Bunday mug’ombirlik kuzatuvchilardan haqiqiy imzoni 
yashirish uchun hizmat qiladi hamda amalning qonuniyligini va firibgarlik 
emasligini kafolatlaydi. View-keys kalitlaridan foydalanish ham to’lov oluvchini 
aniqlashga imkon qoldirmaydi. Bunda tranzaktsiya ochiq kalitdan foydalanmagan 
holda bir martagina ishlatiladigan adresga jo’natiladi. Tranzaktsiyani o’qish huquqi 
esa to’g’ri view-key (ko’rish uchun kalit) ga ega bo’lgan oluvchigagina tegishli 
bo’ladi. Monero da shifrlanmagan operatsiyalar ma’n etiladi, shaffof emaslik 
to’liq ta’minlanadi va amallarni kuzatuv imkoniyati yo’q. Loyihaning eng oxirgi 
yangilanishiga esa trazaktsiyaning summasini ham yashirishga chora topishdi. 
Monero ga o’xshash valyuta tizimlari dunyo bo’ylab tarqalib ketsa nima bo’ladi? 
Hozirda uning kapitalizatsiyasi 150 million dollardan oshib ketdi, Microsoft 
kompaniyasi esa uni Baas (Blokcheyn-as-a-service) tizimiga qo’shib qo’ydi. Lekin 
bitkoinga o’xshab, Monero foydalanuvchiga to’liq anonimlilikni u tizim ichida 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qolgandagina ta’minlaydi. Moneroni boshqa shaffof to’lov tizimlari bilan 
ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov 
tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni 
ta’minlamoqchi bo’lsangiz, Monerodan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida 
keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy 
topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab 
o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u 
bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka 
chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning 
izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi. 
Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik 
qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish 
qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar 
uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va 
energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan, 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling