R. H. Kushatov axborot xavfsizligi va intellektual mulkka kirishni boshqarish
Intellektual mulk va uni boshqarish……………………..157-164
Download 0.72 Mb.
|
Интелектуал мулкни бошакаришда
13. Intellektual mulk va uni boshqarish……………………..157-164
13.1. Intellektual mulk huquqining shakllanish tarixi…………………. 13.2. Intellektual huquqlar sohasidagi xalqaro standartlar…………….. 13.3. Intellektual mulk huquqlarining obyektlari va uning tuzilishi…… Kirish XXI asr insoniyat hayotiga axborot texnologiyalarining g‘oyatda rivojlanishi va inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur qo‘llanishi bilan kirib keldi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining to‘xtab qolishi insoniyat hayotida halokatli natijalarga olib kelishi mumkin. Axborot texnologiyalari jamiyatning muhim ustunlaridan bo‘lsa, axborotning o‘zi hozirgi kunning eng bebaho mulkiga aylandi. Inson o‘zining qimmatli buyumlarini har doim avaylab asragan, uni o‘g‘irlashlariga yoki buzishlariga yo‘l qo‘ymagan. Yuqorida aytilgan fikrlar esa, axborot texnologiyalari va axborotni eng avaylab asrash lozim bo‘lgan mulk ekanligini ko‘rsatib turibdi. Chunki, axborot texnologiyalari deganda nafaqat axborotga avtomatlashtirilgan ravishda ishlov berish tizimlari, balki ixtiyoriy jarayonni amalga oshirishda axborot asosida taroziga solingan, rejali ish tutish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tizim (hattoki, u qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lsa ham) ko‘zda tutiladi. Shu sababli axborot va axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlash davr talabiga aylangan bugungi kunning dolzarb muammosidir. "Axborot xavfsizligi va intelektual mulkka kirish" darsligi "Raqamli iqtisodiyot" ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kengaytirilgan guruh talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmadan boshqa sohalar va mutaxassisliklar talabalari tomonidan axborot xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda ham foydalanish mumkin. Qo‘llanma axborotni himoya qilish ob'ekti sifatida xususiyatlari, himoyalangan axborot tizimlarini yaratish usullari aniqlanadi, davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash tamoyillari ochib beriladi, axborot urushlari va axborot qarama-qarshiligiga e'tibor beriladi. Xavfsizlik modellari va siyosatining qisqacha tahlili (erkin foydalanishni boshqarish), shuningdek, axborot sohasidagi xalqarostandartlar darslikda xavfsiz axborot tizimlarini yaratishning ham nazariy, ham amaliy asoslari aniqlangan. Xavfsiz tizimlarni yaratishda ilmiy yondashuvni tushunish dasturiy ta'minot va texnik vositalarni, axborot xavfsizligini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy, texnik usullarini o‘rganish uchun zarurdir. Axborot xavfsizligi nazariyasi asoslarini bilish, amaliy himoya masalalarini hal qilish bo‘yicha mohirona harakatlarga yordam beradi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling