R. Maraximov
Download 15.23 Kb.
|
2 5276481083934776222
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN “FAYZ ISTIQLOL BUNYODKORI MCHJ raxbari H. Hakimov ________________________________
- Umumiy qoidalar
Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha SHARTNOMA №______ Termiz shahri 2022-yil “____”_____________ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universiteti Bino inshootlar arxitekturasi va qurilish kafedrasi (keyingi oʻrinlarda Kafedra) nomidan (bir tomondan) Universitet Ustavi asosida rektor A.R. Maraximov “FAYZ ISTIQLOL BUNYODKORI” (keyingi oʻrinlarda Korxona), ikkinchi tomondan “FAYZ ISTIQLOL BUNYODKORI” boshlig‘i H. Hakimov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma tuzildi. Umumiy qoidalar Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiya-larning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi: 1.1. Kafedra va korxonaning oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish. 1.2. Korxonaning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish. 1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda Korxonaning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish. 1.4. Hamkorlikda Korxonani istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish. 1.5. Kafedraning taʼlim yoʻnalishida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash. 1.6. Korxonaning muammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish. 1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish. 1.8. Korxonada kafedralar filiallarini ochish. 1.9. Korxonada talabalar amaliyotini tashkil etish hamda boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish. 1.10. Kafedra oʻqituvchilarining korxonada amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish. 1.11. Korxonaning tegishli xodimlari tomonidan kafedra bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish. 1.12. Hamkorlikda korxonani istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. 1.13. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish; 1.14. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Kafedra va Korxona orasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart. Download 15.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling