R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘ni ekishga tayyorlash.
- Ayniqsa, yaxshi ogitlangan, sugorib ekilgan maydonlarda osimliklar juda o csib ketadi, yomon qishlaydi va hosilni keskin kamaytiradi.
Sug‘orish rejimi. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida kuzgi bug'doyzorlardan yuqori hosil olish uchun energetik manbalar yetarli. Zarafshon vodiysida o'tkazilgan tajribalarning ko'rsatishicha, kuzgi bug'doy o'sish davrida fotosintetik aktiv radiatsiya (FAR) o'rtacha 1 m2 ga 1638 mJ (megajoul) yoki 1 gektarga 16,38 mlrd kJ ni tashkil qiladi. Shundan kuzgi bug'doy sug'oriladigan yerlarda 0,68—2,7 % foy- dalangan va har gektar ekinzorda 75—220 s quruq massa yoki 30—90 s don hosili shakllangan. Ko'p yillik tajribalar va amaliyot O'zbekiston sharoitida yuqori hosil olishda asosiy belgilovchi omil suv ekanligini ko'rsatadi. Kuzgi bug'doy suvni vegetatsiya davrida bir tekis sarflaydi. O'simlik kuz davrida o'rtacha 850—900 m3/ga, qish davrida 1162—1230 m3/ga, bahor-yoz davrida 3834— 3799 m3/ga suv sarflaydi (N. Xalilov, 2005). O'simliklar o'suv davrida suv sarfi sug'orish rejimiga, ekish mud- datlariga, o'g'itlar me’yoriga va boshqa omillarga bog'liq holda o'zgaradi. Kuzgi bug'doy o'sish davrida sug'orish rejimiga bog'liq holda gekta riga 5153—6487 m3 suv sarflaydi. Shundan 40—55 % sug'orishlar hiso biga to'g'ri keladi. Qolgan qismi yog'ingarchiliklar va tuproqdagi nam lik hisobidan qondiriladi. Bu ko'rsatkichlar sug'orishga, o'g'itlarga, ekish muddatiga, navlarga, tuproq sharoitga qarab o'zgaradi. 104 www.ziyouz.com kutubxonasi O'zbekistonga kuzgi bug'doy urug'larini optimal muddatlarda ekib, qisqa vaqt davomida bir tekis qiyg'os undirib olish va doimiy sovuqlar tushguncha o'simlikning tuplanib, chiniqish fazasini to'la o'tishini ta’minlash yuqori hosil yetishtirishda asosiy vazifalardan biridir. Yozning ikkinchi yarmi va kuzning birinchi oylaridagi yog'ingarchiliklar tuproq suv balansining o'zgarishida muhim rol o'ynaydi. Atmosfera yog'ingarchiliklari avgust, sentabr, oktabr oylarida juda kamdan-kam yog'adi va ularning ko'p qismi havo harorati yuqoriligi tufayli tez bug'lanadi. Noyabr oyiga kelib yog'ingarchiliklar miqdori 20 mm oshadi. Sentabr oxiri, oktabrda va noyabming boshlarida kuzgi bug'doyni ekish paytiga kelib tuproq juda qurib ketadi va urug'larni o'z vaqtida undirib olishning imkoni bo'lmaydi. Tuproqning haydalma qatlami, shuningdek, chuqur qatlam larida suv miqdori kam bo'ladi. O'tmishdoshlarga bog'liq holda tuproqdagi suv zaxirasi o'zgaradi. Bu davrda tuproqda namlikning tanqisligi yuqori bo'ladi. Shuning uchun ekish oldidan o'tkaziladigan nam to'playdigan sug'orishlar tuproqdagi bu namlik tanqisligini bartaraf etadi. Kuzgi bug'doyni sug'orish samaradorligi atmosfera yog'ingarchiliklariga ham bog'liq, ammo ular miqdori va yog'ish muddatlari doimiy emas. Shu ning uchun kuzgi bug'doylarni ekishgacha, nam to'playdigan sug'orishlarni o'tkazish hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ular tuproqda nam zaxirasini to'plash, urug'larning qisqa vaqt davomida to'la unib chiqishi hamda o'simliklaming me’yorida oziqlanishini ob-havoga bog'liq bo'lmagan holda ta’minlaydi. Ekishdan oldin gektariga 1200—1500 m3 me’yorida o'tkazilgan nam to'playdigan sug'orishlar yuqori hosil shakllanishini ta’minlaydi. Samarqand viloyatida o'tkazilgan tajribalarda nam to'playdigan sug'orishlar gektariga 1200 m3 me’yorda o'tkazilganda Intensivnaya navi dan 66,3 s/ga va ular o'tkazilmaganda 46,8 s/ga hosil uiinib, qo'shimcha hosil 18,5 s/ga bo'lgan. Bunda nam to'playdigan sug'orishlar o'tkazilgan va o'tkazilmagan maydonlar ham bahorda uch marta gektariga 750 m3 me’yorda sug'orilgan. Nam to'playdigan sug'orishlar samaradorligi quruq kuz va sernam bahor bo'lganda yuqori, sernam kuz va quruq bahor kelganda kamayib, o'simlikning o'suv davrida o'tkaziladigan sug'orishlar roli ortadi. Nam to'playdigan sug'orishlar o'tkazilganda kuzgi bug'doy murtak ildizlari 140—158 sm, bo'g'in ildizlari esa 50—60 sm chuqurlikka kirib boradi, o'simlik baquvvat bo'lib rivojlanadi. Ekish oldidan nam to'play digan sug'orishlar o'tkazilmasa, kuzda atmosfera yog'ingarchiliklari bo'lmaganda ikkilamchi bo'g'in ildizlari hosil bo'lmaydi, murtak ildiz lari esa 70—80 sm chuqurlikka kirib boradi, o'simlik zaif bo'ladi. Ekish oldidan o'tkaziladigan nam to'playdigan sug'orishlar yerni haydash oldidan va undan keyin o'tkazilishi mumkin. Yerni haydash oldidan o'tkaziladigan sug'orishlar begona o'tlar urug'larining qiyg'os unib chiqishi va o'sishini ta’minlaydi. Keyin begona o'tlar yerni chu- 105 www.ziyouz.com kutubxonasi qur haydash bilan yo'q qilinadi. Ekish oldidan o'tkaziladigan sug'orishlar tuproqning me’yorida namlanishini, yer yetilishi bilan haydalganda yi rik kesaklar hosil bo'lmasligini hamda tuproqning donador bo'lishini ta’minlaydi, sug'orish davrini oshiradi, suvdan, kanallardan foydalanishda tig'izlikni kamaytiradi. Nam to'playdigan sug'orishlar ekishdan bir necha hafta oldin bosh lanadi va u tugatilgandan keyin yerni haydash va ekishni o'z vaqtida o'tkazish uchun yetarli davr qolishi kerak. Ekishdan oldin o'tkaziladigan sug'orish me’yorlarini belgilashda o'simlikning kuz davrida nam bilan yaxshi ta’minlanishi zarurligi hisobga olinadi. Ko'plab o'tkazilgan tajribalarda, tuproq bir metrgacha namlanganda hosildorlik tuproq bir yarim va ikki metr chuqurlikda namlangandagi bilan bir xil bo'lgan. Sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda nam to'playdigan sug'orishlar samaradorligi kamayadi. Bunday hollarda ekish dan oldin o'tkaziladigan sug'orish, urug'larni o'z vaqtida va qiyg'os undirib olish uchun yetarli miqdorda, me’yori kamaytirilib o'tkaziladi. O'tmishdosh ekinlar hosili kech уig'ishtirilishi va boshqa sabablarga ko'ra nam to'playdigan sug'orishlar o'z vaqtida o'tkazilmasa hamda kuzgi bug'doyni optimal ekish muddatiga oz vaqt qolsa, ekish oldidan o'tkaziladigan sug'orishlar me’yori kamaytiriladi. Bunday hollarda, kuz da o'simliklaming tuplanish fazasida gektarigi 300—400 m3 me’yorda sug'orish o'tkaziladi. Nam to'playdigan sug'orishlarni yer haydalgandan keyin o'tkazish ham yaxshi natija beradi. Kuzgi bug'doy umg'lari ekish oldidan sug'orish o'tkazilmagan dalaga ekilganda, urug'lar quruq, ko'pincha serkesak tup- roqlarga ekilgani uchun turli chuqurliklarga ko'miladi. Shuning uchun urug'lar ekilib keyin sug'orilganda maysalar bir tekis hosil bo'lmaydi, sug'orishdan keyin hosil bo'lgan qatqaloq yorilganda ildizlarning uzi- lishiga, maysalarning siyraklashishiga hamda hosilning kamayishiga olib keladi. Kuzgi bug'doyning o'sish davrida tuproqda namlikni optimal holatda ushlab turish uchun faqat nam to'playdigan sug'orishlarning o'zi yetarli emas. Bug'doydan barqaror va yuqori hosil nam to'playdigan sug'orilishlar o'suv davridagi sug'orishlar bilan uyg'unlashtirilib o'tkazilganda olinadi. Zarafshon vodiysida o'tkazilgan tajribalarda nam to'playdigan sug'orishlar o'tkazilganda Sete Serros—66 navi — 56,2 s/ga, Bezostaya—1 —46,4 s/ga hosil shakllantirgan. Nam to'playdigan va o'sish davridagi sug'orishlar uyg'unlashtirilganda hosildorlik navlarga muvofiq holda 61,5 va 74,1 s/ga yetgan. Bunda uchta vegetatsiya sug'orishlari hisobidan Bezostaya—1 navi 15,1, Sete Serros—66 da 17,9 s/ga qo'shimcha hosil olingan. Sug‘orish usullari. Kuzgi bug'doyni yomg'irlatib va yer ustidan sug'orish keng tarqalgan. Keyingisi tuproq ustidan egatlatib va dalani taxtalab sug'orishga bo'linadi. Egatlar bo'ylab sug'orilganda tuproq jo'yak 106 www.ziyouz.com kutubxonasi tagidan va devorlaridan bir tekis namlanadi. Bu usulda suv tejab sarf lanadi, o'simlik atroflda qatqaloq hosil bo'lmaydi va suv tuproqdan kam bug'lanadi. Bug'doyni ekishda egatlar bir yo'la olinadi. Buning uchun seyalka- ga egatlar oladigan moslamalar o'rnatiladi. Egatlar oralig'i tuproqning suv o'tkazish xususiyatiga qarab belgilanadi. Mexanik tarkibi yengil tup roqlarda egatlar orasi 50—60, o'rtacha bo'lganda 60—80, og'ir tuproq- lardan 70—90 sm qilib olinadi. Egatlar yo'nalishi dalaning nishabligi va bug'doy o'stirishdagi mexanizatsiya ishlarini o'tkazishni hisobga olgan holda belgilanadi. Oldin urug'lar ekilib, keyin egatlar olinsa, egat ichi- da maysalar juda kam hosil bo'lib hamma o'simliklar bir xil oziqlanish maydoniga ega bo'lmaydi. Taxtalab sug'orish — O'zbekistonda boshoqli don ekinlarini sug'orishda qadimdan qo'llangan. Bu usulda maxsus moslamalar bilan dala taxtalar (polosa)ga bo'linadi. Taxtalaniing ikki chetiga balandligi 20—30 sm qilib uvatlar olinadi. Bunday taxtalarning eni tuproqning suv o'tkazish xususiyatiga qarab 3,6; 7,2; 10,8 m bo'ladi. Suvni o'tkazish xususiyati past tuproqlarda taxtalar ensiz qilib olinadi. Bunda dalalar tekisligi ham hisobga olinadi. Taxtalab sug'orilganda bir gektarga sarf langan suv miqdori ko'p bo'ladi, tuproqning zaxlashi, namiqishi kam bo'ladi va qatqaloq hosil bo'ladi. Sho'r tuproqlarda bu usul egatlab sug'orishga nisbatan yaxshi samara beradi. Ilg'or xo'jaliklarda keyingi yillarda kuzgi bug'doyni yomg'irlatib sug'orish keng tarqalmoqda. Egatlab va taxtalab sug'orishga nisbatan yomg'irlatib sug'orish bir qator afzalliklarga ega. Uni turli xil relyefdagi barcha tuproqlarda qo'llash mumkin. Yomg'irlatib sug'orishda egatlar, o'qariqlar olinmaydi, suv dala bo'ylab bir tekis taqsimlanadi, yerdan samarali foydalaniladi. Egatlab sug'orishga nisbatan 60 % va undan ortiq suv tejaladi, tuproq sho'rlanmaydi. Sug'orish muddatlari va me’yorlari. Kuzgi bug'doylardan yuqori hosil olishda o'simlikning o'sishi, rivojlanishi davomida uni optimal miqdor da suv bilan ta ’minlash zarur. Buning uchun nam to'playdigan sug'orishlar va o'suv davridagi sug'orishlar bilan tuproqdagi namlik chek langan dala nam sig'imining 60 % yengil, 70 % o'rtacha va 80 % og'ir tuproqlarda kam bo'lmagan holda ushlash kerak. Tuproq namligi ko'rsatilgan miqdordan kamaysa, o'simlikni suv bilan ta’minlash yomon- lashadi. To'qimalarda suvning kamayishi, fiziologik jarayonlar o'tishining buzilishi oqibatida mahsuldorlik keskin kamayadi. Mexanik tarkibi o'rtacha tuproqlarda tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig'imining (CHDNS) 60 % kamaysa, o'simlikni faqat hayoti ta’minlanadi, ammo yuqori mahsuldorlik shakllanishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmay- di. S.M. Alpatevning ko'rsatishicha, kuzgi bug'doyning o'sishi davomi da 3—4 kun nam bilan yetarli ta’minlanmasa, hosil 19 %, 8—9 kunda 28 % kamayadi. Shuning uchun bug'doy o'stirishda tuproq dala chek langan nam sig'imi (CHDNS) o'simlik o'sishining ayrim davrlarida ham 107 www.ziyouz.com kutubxonasi 60 % kamayishiga yo‘l qo'ymaslik kerak. Nam tanqisligi, ayniqsa, nay chalash, boshoqlash, donning to‘lishi fazalarida hosildorlikka kuchli salbiy ta’sir ko'rsatadi. Zarafshon vodiysida o'tkazilgan tajribalarda, kuzgi bug'doy uchun tuproqning muqobil namligi tuproqdagi namlik CHDNSning 70—80% kam bo'lmaganda yaratilishi aniqlangan. Tuproqdagi namlikni muqobil darajada ushlash uchun yog'ingarchiliklar, tuproq sharoiti hisobga olingan holda sug'orishlar soni va me’yori turlicha belgilanadi. Sug'orishlar soni va ularni o‘tkazish muddati tuproqda o'simlik o'zlashtira oladigan namlik zaxirasidan kelib chiqib belgilanadi. Yog'ingarchiliklar kam bo'lib, havo quruq va issiq bo'lsa ko'p, aksincha, bahor va yoz salqin hamda sernam bo'lsa kam sug'orishlar talab qilinadi. Tuproqdagi namlikni optimal darajada ush lash uchun sernam yillari ikki-uch, o'rtacha quruq va quruq kelgan yillari 3—5 marta sug'orish o'tkaziladi. Sizot suvlar yuza joylashgan may donlarda sug'orishlar kamaytiriladi. Birinchi sug'orish naychalash fazasida o'tkaziladi, bu fazada bo- shoqning kattaligi va undagi boshoqchalar soni aniqlanadi. Naychalash fazasida (aprel) tuproqdagi kuzgi, qishki suv zaxiralari o'simlikning yaxshi rivojlanishi uchun yetarli bo'lmaydi. Birinchi sug'orishni o'tkazishda tuproqdagi namlikning pastki chega- rasi bilan harorat hisobga olinadi. Bunda tuproqning optimal namligi past haroratda fiziologik jihatdan ortiqcha bo'lishi, aksincha, harorat yuqori bo'lganda kam bo'lishi mumkin. Shuning uchun birinchi suv erta bahorda o'tkazilganda (mart oxirida) tuproq haroratini pasaytiradi — bu o'simlik uchun zararli. Bunda o'simlik ko'p massa hosil qiladi, ular bir-birini soyalatadi, yotib qolish uchun qulay sharoit yuzaga ke ladi, donning chiqishi kamayadi. Aksincha, bahor kech kelganda, haro rat keskin ko'tarilib garmsel bo'lganda birinchi sug'orishni tuproq CHDNS 70% kamayganda yoki ertaroq o'tkazish mumkin. Bunday sha roitda o'z vaqtida zarur biomassa, barglar yuzasi hosil qilinadi. Ikkinchi-uchinchi sug'orish, naychalash, boshoqlash, gullash davri- ga to'g'ri keladi. Bu davrlardagi sug'orishlar mahsuldor boshoqning shakllanishiga, gullash va urug'lanish uchun qulay sharoit yaratadi, ekin- zor havo namligini oshiradi, haroratni pasaytiradi. Tuproqda namlikning yetishmasligi, yuqori harorat va havo namli- gining pasayishi, boshoqdagi donlar sonini kamaytiradi. To'rtinchi-beshinchi sug'orish ko'pincha don hosil bo'lish, to'lish fazalarida o'tkaziladi. Boshoqlash fazasida o'tkazilgan sug'orish don ning to'lishish fazasiga kelib yetarli bo'lmaydi va ular yengil, puch bo'lib qoladi. Bu davrda tuproqda namlik qancha tez kamaysa don shuncha yengil, puch bo'ladi, hosildorlik kamayadi. Sug'orishni erta, shuningdek, kech to'xtatish ham hosildorlik pasayi- shiga olib keladi. Sug'orishlar soni yog'ingarchiliklar, sizot suvlarining 108 www.ziyouz.com kutubxonasi joylashishi, tuproq mexanik tarkibiga bog'liq holda kamaytirilishi yoki, aksincha, ko'paytirilishi mumkin. Sug'orish me’yorlari tuproqdagi namlikka, uning mexanik tarkibiga, sizot suvlarga, dalaning nishabligiga qarab o'zgaradi. Nishabligi kam, og'ir tuproqlarda sug'orish me’yori oshirilsa, aksincha, yengil, nishabli gi katta tuproqlarda kamaytiriladi. Sug'orish me’yori sug'orish usuliga ham bog'liq. O'zbekiston sharoitida kuzgi bug'doyning o'sish davridagi sug'orishlar me’yori egatlab o'rtacha 650—750 m3/ga, taxtalab 800—900 m3/ga, yomg'irlatib sug'orilganda 450—500 m3/ga bo'ladi. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Yirik, og'ir, bir xil, qobig'i, murtagi shi- kastlanmagan urug'lar ekilganda, mayda urug'larga nisbatan 3—4 s/ga qo'shimcha hosil olinadi. Urug'larni tozalash liniyalarida ular ja- rohatlangan bo'lsa, unuvchanligi va o'sish energiyasi pasayadi, ko'pincha fuzarioz bilan kasallanadi. Ekiladigan urug'lar tarkibidagi oqsil ham hosildorlikka ta’sir ko'rsatadi. Urug' tarkibida oqsil miqdori ko'p bo'lsa unib chiqishi va o'simlik o'suv organlarining, generativ organlarining rivojlanishi tezlashadi, hosildorlik oshadi. Urug'da to'plangan oqsil za- xirasi yosh o'simlikning dastlabki o'sish davrida azotli moddalar man- bayi bo'lib hisoblanadi. Qirg'izistonning sug'oriladigan yerlarida kuzgi' bug'doy urug'i tarkibida oqsil miqdori 18,6 % bo'lganda hosildorlik 36,4 s/ga, 15 % oqsil bo'lganda 28,5 s/ga ni tashkil qilgan. O'zbekistonning bir qator mintaqalarida ayrim yillari yoz quruq kelishi va garmsel esib turishi oqibatida kuzgi bug'doy doni mayda bo'lib qoladi va ekishga yaramaydi. Bunday mayda, puch urug'lar ekil ganda hosildorlik keskin pasayib ketadi. Ob-havo juda noqulay kelgan- da o'simliklar siyraklashib qolishi yoki nobud bo'lishi natijasida ko'pincha qayta ekishga to'g'ri keladi. Bulling uchun xo'jaliklarda yildan-yilga o'tadigan yirik, toza, sifatli, urug' fondlari bo'lishi kerak. Ob-havo no qulay kelganda shu fondlardan urug'lik sifatida foydalanish mumkin. Xo'jaliklarda yildan-yilga o'tuvchi urug' fondi bo'lmasa yangi yig'ishtirilgan urug'lardan ekishda foydalaniladi. Bunday urug'lar yaxshi pishgan, tozalangan, saralangan bo'lishi kerak. Urug'larni zaharli kimyoviy moddalar bilan mikroelementlarni qo'shib ishlash yaxshi natija beradi. Urug'larni yarim quruq usulda dorilashda suv o'rniga rux sulfat eritmasi 110 g 1 gektarga ekiladigan urug'ga aralashtiriladi yoki rux sulfat bilan kaliy permanganat shu dozada qo'llaniladi. Bunday mikroelementlar va zaharli preparatlar 10 1 suvda eritilib 1 tonna urug'ga ishlatiladi. Urug'lar ekish oldidan shunday usulda ishlanganda 3—3,6 s/ga qo'shimcha hosil olingan. Urug'lar I, II sinf talablariga javob berishi lozim (16-jadval). Ekishdan kamida 24 kun oldin 1 t urug' 2 kg panoktin yoki 1,5 kg 2 % raksil yoki 2—3 kg vitovaks—200 bilan ishlanishi yaxshi natija beradi. 109 www.ziyouz.com kutubxonasi Bug‘doy uriig‘ining sifat ko‘rsatkichlari 16-jcidval Sinf- lar Urug‘ tozaligi, % Boshqa o‘simliklar urugi aralashmasi 1 kg urugiikda, dona unuvchanligi, % yunishoq bug‘doy qattiq bug‘doy hainmasi begona o‘t uriiglari yunishoq bug‘doy qattiq bug‘doy I 99 99 10 5 95 90 II 98 98 40 20 92 87 III 97 97 200 70 90 85 Unig'larni ekishga tayyorlashda ularni tur (xlorxolinxlorid) bilan 0,5 kg/ga hisobida ishlash yaxshi samara beradi. Tur preparati bilan urug'lar ekishdan 3—5 kun oldin ishlanadi. Tur preparati urug'larni ekish ol didan qo'llanilganda, uning eritmasi bilan ekinzorni ishlashga nisbatan yaxshi iqtisodiy samara olingan. Urugiar tur bilan ishlanib ekilganda o'simlikni tuplanish tuguni chuqurroq joylashadi, ildiz tizimi baquwat rivojlanadi. Qish davrida o'simlikning noqulay sharoitlarga, yotib qo lishga chidamliligini hamda hosildorligini 3—5 s/ga oshiradi. Turni qollaganda urugiar muqobil muddatlarda ekilishi zarur. Ekishning kechikishi bilan uruglarni tur bilan ishlash samaradorligi kamayadi va juda kech ekilganda hosil kamayishi mumkin. Uruglarning unib chiqi shi tur qollanilganda bir—ikki kun kechikadi. Ekish muddatlari. Kuzgi bug'doyning o'sishi, rivojlanishi qishga chidamliligi va hosiliga ta’sir qiluvchi omillar orasida ekish muddatlari muhim ahamiyatga ega. Optimal muddatlarda ekilgan o'simliklar qish- gacha yaxshi tuplaydi va 4—5 poyalar hosil qiladi, yetarli miqdorda qandlar hamda boshqa himoyalovchi moddalar to'plab yaxshi qishlaydi. Bahorgi—yozgi davrda kam siyraklashadi, yaxshi rivojlangan yirik don lar soni ko'p boshoqlar hosil qiladi va eng yuqori hosilni ta’minlaydi. Juda erta ekilgan o'simlik me’yoridan ortiq o'sib ketadi, yomon qish laydi, suvdan, oziqa moddalardan samarali foydalanmaydi, kasalliklar, zararkunandalar bilan sezilarli zararlanadi va hosildorlikni kamaytiradi. Ayniqsa, yaxshi o'g'itlangan, sug'orib ekilgan maydonlarda o'simliklar juda o csib ketadi, yomon qishlaydi va hosilni keskin kamaytiradi. Kuzgi bug'doy kech ekilganda qishga kuchsizlanib kiradi. Ular qish tushguncha tuplanib ulgura olmaydi, qishlashda kuchli siyraklashadi, bahordagi o'sishi va rivojlanishi kechikadi, hosildorligi kamayadi. Har bir mintaqa uchun tuproq iqlim sharoiti hisobga olinib, opti mal ekish muddatlari aniqlanadi. Zarafshon vodiysjda o'tkazilgan taj- ribalar har bir nav uchun optimal ekish muddatlari mavjudligini ko'rsatadi. Samarqand qishloq xo'jaligi institutida o'tkazilgan tajribalar ekish muddatlari kuzda ekilgan kuzgi, bahori duvarak navlar hosildorli- giga ta’siri quyidagicha bo'lishini ko'rsatadi. Biologik kuzgi navlar uchun optimal ekish muddati oktabrning bi rinchi o'n kunligi, bahori navlar va duvarak navlar uchun oktabrning ikkinchi o'n kunligi ekish uchun optimal hisoblanadi. Hozirgi paytda 110 www.ziyouz.com kutubxonasi sug'oriladigan yerlarda tumanlashtirilgan bug'doy navlari ekishni qisqa muddatlarda o'tkazilishi talab qilinadi. O'zbekiston sharoitida iliq kuz davrining uzunligi, ayrim yillar qish davrida ham kuzgi ekinlar o'sishining davom etishi ekish muddatlarini aniqlashda navning biologik xususiyatlarini hisobga olish zarur ekanligini ko'rsatadi. Ekislining optimal muddatda erta yoki kech o'tkazilishi don hosili va sifatining kamayishiga olib keladi. Kuzgi bug'doyning qishlashda noqulay sharoitga chidamliligi, kuz davrida o'sishni to'xtatish muddati, harorat rejimi hisobga olinib, optimal ekish muddatlari asoslanadi. Kuzgi bug'doy qishga ketish davrida bir o'simlikda 3—4 poya hosil qilganda yax shi qishlashi va yuqori hosil berishi aniqlangan. Kuzgi bug'doyning bun day rivojlanish holati yetarli darajada rivojlangan yer usti massasi, ildiz tizimi, hamda ko'p miqdorda plastik moddalami hosil qiladi. O'zbekiston sharoitida o'tkazilgan tajribalar har bir o'simlik qishlash oldidan 4-5 poya hosil qilganda ular qish davridagi noqulay sharoitlar ga, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli bo'lishini ko'rsatdi. Kuzgi o'sish davrining oxiriga kelib liar bir o'simlikda 4—5 tadan poya hosil bo'lishi uchun bug'doy qishki sovuqlar tushishiga 40—60 kun qolganda ekiladi. Bunda 5 °C dan ortiq sutkalik haroratlar yig'indisi shu davrda 450—600 °C bo'ladi. Kuzgi bug'doyni kuzdagi o'sish davrining davomiyligi, sutkalik harorat yig'indisi, tuproq iqlim sharoitiga, navga qarab o'zgaradi. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida har bir mintaqada, tumanda, xo'jalikda navga, tuproqqa, uning namligi va unumdorligiga, ob-havo sharoitiga qarab optimal ekish muddatlari aniqlanadi. Ekish usullari. Kuzgi bug'doy qatorlab (qator oralari 15 sm), tor qatorlab (qator oralari 7,5 sm), ikki tomonlama qatorlar kesishtirilgan usullarda ekiladi. Tor qatorlab ekish ilg'or usul hisoblanadi. Bunda o'simliklar maydonda bir tekis taqsimlanadi. Tuproqda yetarli namlik va oziqa moddalar bo'lganda ular yaxshi o'sadi, rivojlanadi, yorug'likdan, namlikdan, oziqa moddalardan yaxshi foydalanadi, bir-birini qisib qo'ymaydi, tuplanishi va mahsuldorligi yuqori bo'ladi. Bunda o'simliklar begona o'tlar tomonidan kam qisiladi, tuproqdan namlik kam bug'lanadi. Kuzgi bug'doyni tor qatorlab va qatorlarni kesishtirib ekishda tup roqda nam yetarli bo'lsa hosildorlik bo'yicha oddiy qatorlab ekishdan afzalligi yo'q. Tor qatorlab ekishda makkajo'xoridan bo'shagan maydonlarga kuzgi bug'doy ekishda tuproqda nam yetarli bo'lsa, hosildorlik oddiy qatorlab ekishga nisbatan 1,7—6,1 s/ga ortgan. Qatorlarni kesishtirib ekishni tor qatorlab ekishdan afzalligi yo'q. Hozirgi paytda urug'lami maydonga bir tekis taqsimlaydigan va tu proqqa yaxshi ko'madigan qatorsiz seyalkalar yaratilmoqda. Dastlabki tajribalar qatorsiz ekish usulining yuqori samaradorligini ko'rsatmoqda. Keyingi yillardagi tajribalar kuzgi bug'doyni ang'izga ekadigan seyal kalar bilan ekish yaxshi natijalar berishini ko'rsatdi. Ang'izga ekadigan 111 www.ziyouz.com kutubxonasi SZS—9 seyalkasida ekish, diskali soshnikka ega SUK—24 ekishga nis- batan 2—6 s/ga qo'shimcha hosil olishga imkon bergan. Tuprog'i og'ir, sizot suvlari yuza joylashgan mintaqalarda kuzgi bug'doyni pushtaga ekish tavsiya etiladi. Pushtaga ekilgan o'simliklar namning ko'pligidan zararlanmaydi, suv to'planib qolmaydi. Bunda tup roqning suv, havo, issiqlik rejimi yaxshilanadi, aerob mikrobiologik jara yonlar uchun qulay sharoit yaratiladi. Urug'larni ko'paytirish uchun keng qatorlab ekish usuli keng qo'llaniladi. Uning eng qulay varianti lenta (tasma) usulidir. Bunda lentaga uch qator, oralari 15 sm qilib joylashtiriladi. Lentalar orasi 45 sm bo'ladi. Buning uchun uchta soshnik ekadi, ikkitasi yopib qo'yiladi. Bu usulda 1 ga maydonga 50—70 kg urug' sarflanadi. «Texnologik izlar» qoldirib ekishda SZ—3,6 seyalkasida 6; 7 va 18; 19 soshniklarda urug' yo'li berkitiladi. Natijada ekilmagan eni 45 sm bo'lgan, traktorlami o'tishi uchun «texnologik iz» qoladi. Bunday iz- lardan o'simlikni o'sish davridagi parvarishlar o'tkaziladi. Ekinzorda qatorlar shimoldan janubga qaratib joylashtirilsa, quyosh yorug'ligidan, ayniqsa, ertalabki va kechkisidan yaxshi foydalaniladi, kun yarmida bo'ladigan jazirama issiqdan kam zararlanadi, hosildorlik 2—3 s/ga oshadi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling