R. O. Oripov, n X. Xalilov
tog'li mintaqalarda qo'llaniladi. Boshqa mintaqalarda beda, almashlab ekish
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
tog'li mintaqalarda qo'llaniladi. Boshqa mintaqalarda beda, almashlab ekish sxemasidan chiqarilgan dalalarga, xo'jalik xususiyati hisobiga olinib, umu- miy haydaladigan yerning kamida 12—15% joylashtiriladi. Toza shudgor tuproqning chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshi laydi, qurg'oqchilikning zararli ta’sirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug'doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug'doy toza shud gorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog'ingarchiliklar ko'p bo'lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug'doyning o'sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o'tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi. Band shudgorda ekinlar ekish muddatlari bo'yicha erta bahori (zig'ir, maxsar, kungaboqar silosga, xashaki ko'k no'xat, no'xat), o'rtacha ba hori (makkajo'xori, jo'xori, kungaboqar silos), kechki bahori (xo'raki va xashaki tarvuz, qovun, kunjut, jo'xori makkajo'xori, kungaboqar) guruhlariga bo'linadi. Lalmikor yerlarda band shudgorda poliz, no'xat, xashaki ko'k no'xat, kungaboqarni silosga ekish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, nam bilan ta’minlangan mintaqada dala begona o'tlardan tozalanib, agrotexnika yaxshilanib borishi bilan band shudgorlar samarasi oshib boradi. Kuzgi bug'doy hosili poliz ekinlaridan keyin 10,6, silosga ekilgan kungaboqardan keyin 9^2, oq jo'xoridan keyin 9,7, toza shudgorga ekilganda 13,6 s/ga ni tashkil qilgan. Bunda band shudgorga ekilgan bug'doy hosili toza shudgorga nisbatan 30% gacha kam bo'lgan. G'allaorolda o'tkazilgan tajribalarda yog'ingarchiliklar ko'p bo'lgan yillari kuzgi bug'doy toza shudgorga ekilganda, ang'izga ekilgandagiga nisbataii 1,8 s/ga, band shudgorda 1,5—3,4 s/ga qo'shimcha hosil olingan yoki band shudgorda toza shudgorga nisbatan hosildorlik ancha oshgan. Qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin joylashtirilgan kuzgi bug'doydan band qilinmagan toza shudgordagiga qaraganda kam olingan don o'rni ana shu ekinlardan olingan hosil bilan to'ldirilishi mumkin. Lalmikorlikda tuproq unumdorligini tikiash va oshirish vositasi sifa tida beda kuzgi bug'doy uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Ammo bedaning kuchli rivojlangan ildiz tizimi tuproqning yuza va chuqur qat- lamlarini quritib yuboradi. Shuning uchun ta’minlangan va yarim ta’minlangan mintaqalarda bedaning o'tmishdosh sifatidagi samaradorligi 119 www.ziyouz.com kutubxonasi pasayadi. Yog'ingarchiliklar kam bo'lgan yillarda kuzgi bug'doy bedadan keyin ekilganda ang'izga ekilgandagiga nisbatan hosili kamaygan. Aksincha, yog'ingarchiliklar me’yor atrofida bo'lganda, kuzgi bug'doy bedadan keyin ekilganda, ang'izga ekilgandagiga nisbatan hosili o'rtacha to'qqiz yil davo mida 1,9 s/ga ga oshgan, ob-havo qulay kelgan yillari kuzgi bug'doy ho sili toza shudgorda va bedadan keyin ekilganda deyarli bir xil bo'lgan. 0 ‘g‘itlash. Lalmikor yerlarda kuzgi bug'doyzorlarda o'g'itlarni qo'llash samaradorligi sug'oriladigan yerlardagiga nisbatan past. 0 ‘simliklarning nam bilan ta’minlanishi yaxshilanishi bilan lalmikorlikda o‘g‘itlar sa maradorligi ham ortib boradi. Lalmikorlikda go‘ng, yerni kuzgi bug'doyni ekish uchun asosiy ish lash paytida yoki shudgorga boshqa ekin ekish oldidan solinadi. Go‘ng gektariga 10—12 t yoki unga 40 kg fosfor qo‘shib solinganda yaxshi natija olinadi. Yerlarni hosil yig'ib olinishi bilanoq haydash yoki ang'izni lush- chilnik bilan ishlab keyin chuqur haydash ekin ekish oldidan haydash- ga qaraganda ko'proq samara beradi. Ertagi toza shudgor 20—22 sm chuqurlikda haydaladi. Bunda borona lash o'tkazilmaydi. Yerlar lalmikorlikdagi tekislik (Qarshida) va tekislik- tepalik mintaqaning yuqori qismida (Kattaqo'rg'onda) martda, tekislik- tepalik mintaqada (G'allaorolda) mart oyining oxiri va aprelning bosh- larida, tog'li mintaqada aprelning ikkinchi yarmi va may oyida shudgor- lanadi. Yerlar erta yoki kech shudgorlansa, kuzgi bug'doy hosili ka- mayib ketishi mumkin. Bahorda yog'ingarchiliklar ko'p bo'lgan yillari, tekislik-tepalik minta qalarda yerlarni may oyida ishlash yaxshi natija beradi. Bunda dalalar oldin lushchilniklar bilan ishlanib (aprelda) keyin may oyi ichida qayta haydaladi. G'allaorolda o'tkazilgan besh yillik tajribalarda toza shudgor aprelda ishlan- ganda bug'doy hosili 15—12 s/ga, mart oyida 13—7,4 s/ga, oldin lushchiln iklar bilan ishlanib keyin may oyida haydalganda 14—5,2 s/ga bo'lgan. Shudgor yoz davomida yumshoq saqlanishi, begona o'tlardan toza bo‘lishi kerak. Buning uchun shudgor yil davomida vaqti-vaqti bilan 8—10 sm chuqurlikda kultivatorlar yordamida yumshatib turiladi. Kuzgi bug'doy yaxshi ishlangan shudgorga yog'ingarchilik boshlan- guncha ekiladigan bo'lsa, toza shudgor oxirgi marta iyun-iyul oylaridan kechiktirmay ishlanadi va bir yo'la g'altakli mola bostiriladi. Kuzgi qora shudgorning unumdorligi ertagi toza shudgornikiga qara ganda kamroq bo'ladi. Qora shudgor qilib qo‘yilgan yerlarning tuprog‘i tez zichlashadi. Shuning uchun mart oyida yana haydashga to'g'ri ke ladi va yerni haydash uchun xarajatlaming ikki baravar ortishiga olib keladi. Qora shudgor uchun yerlar kech kuzda otvalli pluglarda dast labki yog'ingarchiliklardan keyin 20—22 sm chuqurlikda ishlanadi. Qora shudgor parvarishi yozda toza shudgorniki singari o'tkaziladi. Band shudgorda dala kungaboqar, poliz ekinlari maxsar va boshqa 120 www.ziyouz.com kutubxonasi ekinlardan bo'shagandan keyin, begona o't bosgan bo'lsa, 20—22 sm chuqurlikda qayta haydaladi yoki g'altakli mola tirkalgan lushchilnik bi lan 10—12 sm chuqurlikda yuza ishlanadi. Qator oralari ishlanadigan ekinlar bilan band qilingan dalalar ekish oldidan o‘tkaziladigan kul- tivatsiyadan tashqari, qatqaloq va begona o'tlarga qarshi erta bahorda boronalanadi. Yoppasiga ekiladigan ekinlar (no'xat, sudan o‘ti, ko'k no‘xat)dan bo'shagan dalalar kuzgi bug'doy ang'izini ishlagandek ishlanadi. Beda ekilgan maydonlarda kuchli rivojlangan ildiz tizimi tuproqni zarang qilib quritib yuboradi. Shuning uchun bedapoyalarni yomg'irlar mavsumi- gacha haydash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bedapoyalar birinchi o'rimdan keyin haydalganda tuproqni ishlash osonlashadi, kesak hosil bo‘lmaydi. Shuningdek, qirqilgan o'simliklaming ildiz bo'g'izi yozda yuqori harorat ta’sirida qurib qoladi, qayta ko'karmaydi. Bedapoya kuzda haydalganga nisbatan birinchi o'rimdan keyin haydalsa, besh yillik ma’lumotlarga ko‘ra bug'doy hosili 1,23 s/ga yoki 20 % oshgan. Uch yil davomida o'tkazilgan tajribalar bedapoya chimqirqarli plug bi lan 30 sm chuqurlikda haydalganda kuzgi bug'doy hosili bedapoya 20—22 sm chuqurlikda haydalganga nisbatan 4,6 s/ga yoki 48 % ga oshgan. Urug'ni ekishga tayyorlash. Lalmikor yerlarga tumanlashtirilgan, maz- kur mintaqaning tuproq-iqlim sharoitida yuqori va sifatli hosil beradigan bug'doy navlari ekiladi. Umg'lar yirik, og'ir, to'la, qobig'i shikastlanma- gan va yaxshi ekish sifatlariga ega bo'lishi zarur. Birinchi sinf talablariga javob beradigan bug'doy urug'larining unuvchanligi 95 %, tozaligi 99 %, ikkinchi sinf urug'lar unuvchanligi 92 % va tozaligi 98,0 % dan kam bo'lmasligi kerak. Ekish uchun faqat 1 va 2-sinf urug'lardan foydalanadi. Urug'lami saralash, tozalash kasallik va zararkunandalarga qarshi zaharli preparatlar bilan dorilash sug'oriladigan yerlarga ekish uchun bug'doy urug'ini tayyorlash singari bajariladi. Ekish muddati. Kuzgi bug'doy lalmikorlikda sentabming ikkinchi yar mida, oktabr, noyabr va hatto dekabrda ekiladi. Urug'lami erta kuzda qurib qolgan tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun kuzgi bug'doy mintaqa ob-havo sharoitiga qarab yog'ingarchiliklar yaqinlashib qolganda, yoki yog'ingarchiliklardan keyin ekiladi. Kuzgi bug'doyning op timal ekish muddati lalmikorlik mintaqalarining geografik joylashishiga, kuzgi ob-havo sharoitiga bog'liq. Lalmikorlikning tog'li, nam bilan ta’minlangan mintaqasida optimal ekish muddati sentabr oyining ikkinchi yarmi oktabrning boshlari, tog' oldi tekislik-tepalik va oraliq mintaqada noyabming ikkinchi yarmi va dekabr oyiga to'g'ri keladi. O'zbekistonning janubiy qismida bug'doy noyabr, dekabrda ekiladi, maysalar qish davrida hosil bo'ladi. Kuz quruq kelgan yillari bug'doyni kecliroq ekishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda 10—15 % maydonga qishda va ko'klamda ekish kerak (janubiy rayonlar bundan mustasno). Aksincha, seryog'in va iliq kelgan уШаг bug'doyni erta ekish maqsadga muvofiq. 121 www.ziyouz.com kutubxonasi Lalmikorlikda bug'doy optimal muddatlarda ekilganda maysalar kuzda yoki qishda undirib olinadi. Lalmikorlikda kuzgi bug'doy ekish uchun optimal muddat Kat- taqo'rg'onda — dekabr, Qarshida — noyabr, Qamashida — oktabrning ikkinchi yarmi, G'allaorolda — oktabr, Baxmalda — sentabr, oktabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan erta yoki kech ekilganda kuzgi bug'doy hosili kamayadi. Ekish me’yori. O'zbekistonning lalmikor yerlarida kuzgi bug'doyning ekish me’yorini aniqlash bo'yicha olimlar ko'p yillar davomida tad- qiqotlar o'tkazishgan. Lalmikor bug'doyzorning nam bilan ta’minlanishi, shu joyning dengiz sathidan qancha baland bo'lib borishi bilan oshib boradi. O'simliklar tup qalinligi yuqori bo'lgan bug'doyzorda ko'pincha donning m e’yorida pishishi uchun namlik yetishmaydi va ular qurg'oqchilikdan zararlanadi, donlar yengil va mayda bo'lib qoladi. Qurg'oqchilikning zararli ta’sirini kamaytirishda ekish me’yorlarini mavjud ob-havoga qarab o'zgartirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda lalmikorlikda mintaqalar bo'yicha xo'jalik jihatdan 100% yaroqli bo'lgan kuzgi bug'doy uruglarini quyidagi me’yorlari belgi- langan (17-jadval). 17-jadval Ekish me’yorlari Lalmikor mintaqalari Ekish me’yori gektariga mln dona gektariga, kg Tekislik 2,0 60 - 6 5 Tekislik-tepalik 2,5 7 5 - 8 0 Tog‘ oldi 2,5 9 0 - 9 5 T oglik 2,5 110 —125 va undan yuqori Tavsiya etilgan ekish me’yori o'rtacha yiriklikdagi urugiar vazniga qarab belgilangan. Bunda 1000 dona urug' vazni tekislik va tekislik- tepalikda 30-32g, tog' oldida 3 5 -4 0 g, tog'li mintaqada 4 0 -4 5 g hiso- bida olingan. Ekish me’yorlari dalaning nam bilan ta’minlanganligi bi lan bir qatorda, ekinzorning ifloslanganligi, tuproq unumdorligi, nishablik yo'nalishi, ekish usuli, ekish sifati va boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq holda o'zgaradi. Masalan, kuzgi-qishgi davrda, ob-havo noqulay sharoit- larda, hamda kuzda ancha erta ekilganda, maydonlar kuchli ifloslanganda ekish m e’yorlari 10—15% oshiriladi. Shuningdek, tuproq yuza qatlami yuvilib ketgan, unumdorligi past maydonlarda, tor qatorlab yoki qator- larni kesishtirib ekilganda ham ekish me’yorlari 10—15% oshiriladi. Lalmikorlikda ekiladigan bug'doy navlarining tuplanish xususiyatlarini liisobga olib aytish mumkinki, dehqonchilik madaniyatining, tuproq unum- dorligining oshib borishi bilan ekish me’yorlari kamayib boradi. Uruglarni ekish chuqurligi. Lalmikorlikda kuzgi bug'doy urug'lari 3 dan 7 sm gacha chuqurlikda ekiladi. Umg'lar juda chuqur ekilsa, unig'ning bo'rtishi va unib chiqishi uchun nam yetishmaydi, mog'or zamburug'i 122 www.ziyouz.com kutubxonasi bilan Zararlanadi, unuvchanligi pasayadi va hosildorlik kamayadi. Urug'larni ko'mish chuqurligi urug'likning yirikligiga, ekish muddatiga, o'tmishdoshga, tuproqning namligiga, yetishtiradigan mintaqaga bog'liq bo'ladi. O'zbekistonning janubi, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida maysalar kuzda yoki qishning iliq kunlarida paydo bo'ladi. Bu mintaqalarda kuzgi bug'doy optimal muddatlarda ekilsa, urug'lar 5—6 sm chuqurlikda ekila di. Lalmikorlikning tekislik, tekislik-tepalik va tog' oldi mintaqalarda urug'lar toza shudgorga 3 sm, ang'izga 3—5 sm chuqurlikda ekiladi. Kuzgi bug'doy kech noyabr-dekabr oylarida ekilsa, tuproqda yetarli nam bo'lganda hamda toza shudgorga ekilsa, urug'larni 5—6 sm chuqurlikka ekish mumkin. Tog'li mintaqada urug'lar 5—7 sm chuqurlikka ekiladi. Urug'lar bir xil chuqurlikka ko'milishi uchun ang'iz haydalganda agregatga g'altakli molalar tirkaladi. Ular kesaklarni maydalash bilan birga tuproqni zichlaydi. Toza shudgorda tuproqni oxirgi marta ishlash tishli g'altak bilan o'tkaziladi yoki yog'ingarchiliklar yog'ib tuproq cho'kkandan keyin ekish o'tkaziladi. Seyalka tuproqni ishlash yo'nalishiga nisbatan ko'ndalangiga yurgiziladi. Urug'lar chuqur ko'milmasligi uchun seyalkalarning diskalariga cheklagichlar qo'yiladi. Yuqoridagi talablar bajarilmasa urug'lar bir xil chuqurlikka ko'milmaydi va ko'pincha ancha chuqur ko'milib maysalar siyrak hosil bo'ladi. Ekinzomi parvarish qilish. Kuzgi bug'doy parvarishiga uni oziqlan tirish, erta bahorda boronalash, xatosiga urug' ekish, begona o'tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, qor, yomg'ir suvlarini tu- tib qolish, yuqori nav tozaligini saqlash hamda boshqa tadbirlar kiradi. Erta bahorda bug'doyzorlarda o'tkazilgan boronalash natijasida qish mobaynida zichlashib qolgan tuproq yumshatiladi, unda havo alma- shinishi yaxshilanadi, begona o'tlar yo'qotiladi, nam yaxshi saqlanadi. Bug'doyzor erta bahorda tuproq yetilishi bilan qator’ariga ko'ndalang yoki diagonal qilib «Zig-zag» markali boronalar bilan ishlanadi. Ko'pincha qatqaloq natijasida unib chiqmagan maysalar boronalashdan keyin tez maysa hosil qiladi. Boronalash o'simliklar yaxshi rivojlangan, tuplangan bug'doyzorlarda o'tkaziladi. Kuzgi bug'doy bahorda oziqlantirish oldidan boronalanadi. Bunda o 'g 'itlar tuproqqa yaxshi ko'm iladi. Gerbitsidlar sug'oriladigan bug'doyzorlardagi singari qo'llaniladi. Lalmikor dehqonchilik qilinadigan tog' oldi va tog' mintaqalarida qish davrida qor ancha qalin yog'adi. Qalin qor qatlami kuzgi bug'doyni sovuq urushidan saqlaydi hamda erigan qor suvining tuproqqa yaxshi yutilishini ta’minlaydi. Qor qatlami bo'lmagan bug'doyzorlar qishlovda noqulay sharoitlarda ko'p zararlanadi. Shuning uchun qor qalin yoqqan yillari lalmikorlikda bug'doy hosili yaxshi bo'ladi. Qor qatlami ni- shabliklarda, shamol ko'p bo'ladigan joylarda ko'p turmaydi va shamol yordamida uchirib ketiladi. Shuning uchun qorni tutib qolish choralari ko'riladi. Qorni tutib qolish uchun shamolning yo'nalishiga ko'ndalang 123 www.ziyouz.com kutubxonasi qilib yog'och yoki qamish to'siqlar, poxol va qamish bog'lari, kunga- boqar, maxsar poyasi qo'yiladi. Qor qalin yoqqanda uchburchak qor haydagichlar bilan qor uyumlanadi yoki g'altaklar bilan taxta qilib zich- lanadi. Qish davomida bu ishlar shamol esishiga ko‘ndalang qilib bir necha bor takrorlanadi. Qorni tutib qolishning eng yaxshi usuli al mashlab ekish dalalari ehekkasida va ichida shamol qaysi tomondan esishini hisobga olib ixota o'rmon palosalarini tashkil qilishdir. O'zbekistonning tog‘ oldi mintaqalarida seryog‘in yillari erigan qor va sel suvlaridan foydalanib kuzgi bug'doyni sug'orish ham muhim ahamiyatga ega. Lalmikorlikda bunday sug'orishlar respublikamiz hudu- dida qadimdan qo'llanilgan. Bunday sug'orishlar bug'doyning naycha lash fazasida yoki undan oldinroq o'tkaziladi. Sug'orish davrida o'simlik yaxshi rivojlangan va barglar yer yuzasini qoplagan bo'lishi kerak. Suv juda ko'p bo'lgan yillari boshoqlash yoki donning to'lishi fazalarida ham sug'orish o'tkaziladi. 2.5. KUZGI ARPA Kuzgi arpa Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jum ladan, O'zbekistonda ko'p ekiladi. U asosan yem-xashak va yorma ekini sifat ida yetishtiriladi. Donida oqsil miqdori kam, shuning uchun pivo sa- noati uchun yaxshi xomashyo. - Kuzgi arpaning qishga chidamliligi kuzgi bug'doy va kuzgi javdarni- kidan past. Shuning uchun uning ekilish mintaqalari cheklangan. O'zbekistonda kuzgi афа oraliq ekin sifatida oziqa uchun ham yetish tiriladi. Kuzgi arpani monokorm sifatida yetishtirish yem-xashak yetish- tirishni ko'paytirishda katta ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlarda kuzgi афа beda uchun qoplama ekin sifatida ham ekiladi. Qishi yumshoq mintaqalarda kuzgi афа tarqalgan. Uning asosiy ekin maydonlari Mar kaziy Osiyo, Kavkazorti, Ukraina, Rossiyaning va Qozog'istonning janu- bida, Yevropa mamlakatlarida joylashgan. O'zbekistonda ko'p yillar kuzgi va bahori arpa ekin maydonlari deyarli teng bo'lgan^ hozirda sug'oriladigan yerlarda asosan kuzgi arpa keng tarqalgan, bahori афа ko'pincha qoplama ekin sifatida beda bilan ekiladi. Kuzgi афа bahori aфaga nisbatan ikki baravar serhosil, ammo qishga chidamliligi pastligi bahori афа o'miga ham kuzgi афа ekish im- koniyatini cheklaydi. Kuzgi arpa kuzgi bug'doy, javdar, tritikalega nisbatan erta, O'zbekiston sharoitida jazirama issiqlar, garmsel boshlanguncha yeti ladi. Shuning uchun tuproq va havo qurg'oqchiligidan kam zararlanadi. Kuzgi, qishki, bahordagi namliklardan yaxshi foydalanadi. Doni yirik, tarkibida oqsil miqdori kam bo'lganligi tufayli kuzgi афа eng yaxshi pivobop don beradi. Poxoli, somonining oziqaviy qim- mati yuqori, 100 kg somonida 33 oziqa birligi saqlanadi. 124 www.ziyouz.com kutubxonasi Biologik xususiyatlari. Kuzgi афа urug'lari 1—2 °C haroratda una bosh laydi. Urug'laming unib chiqishi uchun optimal harorat 15—20 °C. Tup lanish fazasida 12—14 °C sovuqqa bardosh beradi. Qor qoplami bo'lmaganda, o'simliklar tuplana olishga ulgurmaganda —7—8 °C sovuq ham kuzgi афа uchun xavfli. O'zbekistonda biologik kuzgi, bahori hamda ikki faslli (du varak) navlar kuzda ekiladi. Ammo qishga chidamlisi biologik kuzgi nav lar, keyin duvarak navlar hisoblanadi. Bahori афа navlarining qishga chidamliligi past. Sug'oriladigan yerlarda qish tushguncha yaxshi tuplanib ildiz otgan o'simliklar O'zbekiston sharoitida yaxshi qishlab chiqadi. Namlikka talabi. Kuzgi arpa kuzgi bug'doyga nisbatan qurg'oqchilikka, issiqlikka chidamli. Shuning uchun bahorikorlikda kuzgi афа kuzgi bug'doyga nisbatan ко‘pincha yuqori hosil beradi. Namga eng talabchan davri naychalashdan boshoqlashgacha. Sug'orishga talab chan, o'suv davrida tuproqda cheklangan dala nam sig'imi (CHDNS) 70 % dan kam bo'lmaganda yuqori hosil beradi. YorugHikka talabi. Kuzgi афа uzun kun o'simligi. Qisqa yorug'lik kunida uning boshoq tortishi kechikib, kech yetiladi. Yarovizatsiya davri 0—2 °C, 40—45 kun. Tezpishar, kuzgi bug'doyga nisbatan O'zbekiston sharoitida 10—15 kun erta yetiladi. O'zbekiston sharoitida kuzgi афа may oyining birinchi yarmidan (Surxandaryoda) boshlab iyun oyining birinchi o'n kunligiga qadar pishib yetiladi. Bu xususiyati sug'oriladigan yerlarda ikki hosil yetishtirishga imkon beradi. Tuproqqa talabi. Kuzgi афа kuzgi bug'doyga nisbatan sho'rga, sho'rxokka ancha chidamli. Uni sizot suvlar yaqin joylashgan tuproq larda ham yetishtirish mumkin. Unumdor, g'ovak, strukturali tuproq larda yuqori hosil beradi. Mexanik tarkibi og'ir, loy, botqoqlashgan, juda sho'rlangan yerlar kuzgi афа uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti pH 6—7 bo'lishi аф а uchun maqbul. Oziqa moddalarga talabi. Sug'oriladigan yerlarda yetishtirilganda kuzgi arpa oziqa moddalarga, ayniqsa, azotga talabchan. Navlari. Afrosiyob. Samarqand qishloq xo'jalik institutida yaratilgan. 1990-yildan Surxandaryo viloyati sug'oriladigan yerlarida tumanlashtirilgan. Pallidium. Boshog'i to'rt qirrali. 1000 don massasi 32,8 g. O'rta tezpishar, o'suv davri 192 kun. Uzun DNU o'rtacha hosildorligi 57,2 s/ga bo'lgan. Temur. Sam QXIda yaratilgan. Pallidium tur xiliga mansub. Duva rak. Ertapishar. 1000 don vazni 42—45 g, bo'yi 100—110 sm. Donida oqsil 13—14 %. Hosildorligi 80—90 s/ga. 1991-yildan sug'oriladigan yerlar uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Marokand. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling